2. Oqil, sog‘lom fikr.
3. Jozibali, e’tiborli maslahat.
4. Intizom.
5. Xodimga nisbatan adolatli bo‘lish.
6. Tezkor, ishonchli, to ‘liq, aniq va muntazam hisob-kitob.
7. Dispetcherlik ishini olib borish.
8. M e’yorlar vajadvallar.
9. Sharoit bilan ta’minlash.
10. Operatsiyalarni m e’yorlash.
11. Standart yo‘riqnomalami tayyorlash.
12. Unumdorlikni rag‘batlantirish.
K o‘rinib turibdiki, G.Emersonning diqqat-e’tiborida, eng
avvalo ikki aniq qo‘yilgan maqsad v ag ‘oya, shuningdek, oqilonafikr
turibdi. G.Emerson ishchining ish vaqtida bajaradigan harakatlarini
o ‘rganib, ishchiga beriladigan ish hajmi m e’yorlarini, ishni
bajarishning ortiqcha, unumsiz harakatlarini bartaraf etuvchi eng
muvofiq usullarini ishlab chiqdi. Bunda masalan, nisbiy ish
haqining
maxsus tizimi oqilona fikr asosida qo‘llanilib, unga ko‘ra berilgan
m e’yorni bajargan ishchilarga tarif stavkalari va koeffitsientlari
oshirilar, uni bajara olmagan ishchilarga esa stavkalar 20—-30 foiz
pasaytirilib, jarim a solinar edi. Lekin, berilgan vazifani yuqori
darajada bajarilishi uchun sharoit ham yaratilishi kerak.
«Ilmiy menejment» maktabining vakillari o ‘z ilmiy ishlarini
asosan
korxona,
tashkilot
boshqaruvini
takomillashtirishga
bag‘ishlashgan. Ular boshqaruvning quyi darajasidagi boshqaruv
bilan shug‘ullanishgan. M a’muriy maktabning vujudga kelishi
esa mutaxassislarning umumtashkilot darajasidagi boshqaruv
muammolari bilan shug‘ullanishlari uchun imkon yaratgan.
«Mumtozchilar»
tashkilotga
keng
qamrovli
kelajak
nuqtai nazaridan yondashib, undagi umumiy xususiyatlar va
qonuniyatlarni aniqlashga urinishgan. Maqsad — boshqarishning
universal usullarini yaratish orqali muvaffaqiyatga erishish edi.
Ular boshqarishning quyidagi ikki jihatiga e’tibor qaratishgan:
42
• Tashkilotning oqilona boshqaruv tizimini ishlab chiqish. Ular
tashkilotni bo‘linmalar yoki ishchi guruhlarga bo'lishni, moliya,
ishlab chiqarish va marketing boshqarishni takomillashtirishning
muhim tomonlari deb hisoblashgan.
• Tashkilotning oqilona tarkibi va ishlovchilaming oqilona
boshqarilishiga erishish. Shu maqsadda boshqarishda yakkaboshlik
bo‘lishini va ishchi faqat bitta boshliqdan topshiriq olishi va unga
bo‘ysunishi lozim degan g ‘oyani ilgari surishgan.
Ilmiy menejmentning Yevropa yo‘nalishidagi ta ’limotning
XIX asr oxiri va XX asrning 20-yillarida eng yorqin arbobi A nri
Fayol hisoblanadi. Anri Fayol boshqaruv fanining rivojlanishiga
salmoqli hissa qo‘shgar. fransuz olimidir. U Fransiyadagi k o ‘mir
qazib oluvchi yirik kompaniyani boshqargan. Anri Fayol o ‘zining
boy amaliy tajribasini «Umumiy va sanoat boshqaruvi» (1916)
nomli kitobida umumlashtirgan.
Do'stlaringiz bilan baham: