Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari



Download 17,08 Kb.
Sana05.04.2022
Hajmi17,08 Kb.
#529105
Bog'liq
Bayzakova FEVRAL


O’zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 20.04.2017 yil 2909 “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari” to’g’risidagi qarori e’lon qilindi. Ushbu farmonda Oliy ta’lim tizimida o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha dunyoning etakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatish, o‘quv jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribalarini joriy etish, ayniqsa, istiqbolli pedagog va ilmiy kadrlarni xorijning etakchi ilmiy-ta’lim muassasalarida stajirovkadan o‘tkazish va malakasini oshirish borasidagi ishlar etarli darajada olib borilmayapti. Oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqanholda, kadrlar tayyorlash mazmunini tubdan qayta ko‘rish, xalqaro standartlar darajasiga mos oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratilishini ta’minlash shart sharoitlari keltirib o‘tilgan. Hayotimizning barcha sohalari kabi ta’lim tizimini ham modernizatsiyalash bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Innovatsion ta’lim muhitini yaratish, uni xalqaro andozalarga to‘liq mosligini ta’minlash yoshlarimizni bugungi tez o‘zgaruvchan ijtimoiy hayotga muvaffaqiyatli ijtimoiylashtirishning muhim omilidir. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni amalga oshirish uzluksiz ta’lim tizimining tuzilmasi hamda mazmunini zamonaviy fan yutuqlari va ijtimoiy tajriba asosida takomillashtirishni ko‘zda tutadi. Buning uchun, avvalo, barcha ta’lim muassasalaridagi dars jarayonlarini ilg‘or, ilmiyuslubiy jihatdan asoslangan zamonaviy uslubiyot bilan ta’minlash lozim. YOsh avlodga ta’lim-tarbiya berishning maqsadi, vazifalari, mazmunini yangilash tizimi oldida turgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Barchamiz bugun chuqur anglab oldik-faqatgina zamonaviy asosda ta’lim-tarbiya olgan, jahonning manaman degan mamlkatlaridagi tengdoshlari bilan bellasha oladigan, jismoniy va ma’naviy jihatdan barkamol yoshlar biz boshlagan ishlarni munosib davom ettirish va yangi bosqichga ko‘tarishga qodir bo‘ladi. Har tomonl
Har tomonlama yetuk, barkamol yoshlarni yetishtirish uchun albatta malakali, o’z mutaxassisligini chuqur egallagan o’qituvchilar zarur. SHuning uchun xozirgi kunda o‘qituvchilar oldiga juda ko‘p vazifalar qo‘yilmoqda. SHu bilan birga talabalarga xam. Har qanday ijtimoiy jamiyatda yosh avlod ta’lim-tarbiyasi muayyan maqsad asosida tashkil etiladi. Ta’lim-tarbiyaning maqsadi ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, uning rivojlanish yo‘nalishi, ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib chiqib belgilanadi. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida tashkil etilayotgan ta’limtarbiyaning asosiy maqsadi komil insonni tarbiyalab voyaga etkazishdan iborat. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da alohida ta’kidlangan milliy model O‘zbekiston Respublikasining milliy-hududiy xususiyatlarini inobatga olish hamda Professor-o‘qituvchilarning eng muhim vazifasi - yosh avlodga puxta ta’lim berish, ularni jismoniy va ma’naviy etuk insonlar etib tarbiyalashdan iboratdir. KASBIY TA’LIM METODIKASI 9 ilg‘or fan, texnika va texnologiya yutuqlari asosida tayyorlangan kadr (mutaxassis) – komil inson va etuk mutaxassis qiyofasini o‘zida to‘laqonli aks ettiruvchi namunadir. Mazkur ma’ruza matni orta-maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilarning kasbiy-pedagogik salohiyatini oshirish uchun zarur bo‘lgan materiallar to‘plamidan iborat bo‘lib, kasb ta’limiyo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan. Ma’ruza matni o‘quv jarayoniga tadbiq etilayotgan zamonaviy pedagogik tajrivalar, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari va interfaol usullarni qo‘llash haqidagi tajribalardan namunalar va fikr-mulohazalar jamlangan.
Ta’lim olish qobiliyatlarini yuksaltirish dasturining maqsad va usullari Ta’lim olish qobiliyatlarini yuksaltirish dasturining umumiy maqsadi Valun shahridagi Kalarado universiteti o‘qish va o‘rganish tizimini yaxshilashdir. Bu dastur o‘qituvchilarga talabalarni o‘qitish uchun yordam berish maqsadi nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda ishlaydi. Dastur o‘qituvchilarni ta’lim berishning aniqlangan usullar qismini o‘z ichiga oluvchi usullari va tushunchalarini bog‘laydi. Guruh mashg‘ulotlarida ”O‘qish va o‘qitish jarayonlarida xilma-xillik” ni joriy etish uchun o‘qish va o‘qitish metodikalarini (yuqori malakali qator o‘quv seminarlar, simpoziumlar ma’ruzachisi )ni taxlil qilish taklifini kiritish. Ta’lim beruvchilar uchun alohida ”Maslahat bo‘lim”lari ajratish (Faculty Consultation Services). Quydagi yaratilgan dastur tadbiq etish yosh pedagoglar uchun katta yordam beradi1 .
Kasb ta’limiga bo‘lgan e’tiborning ortib borayotganligini quyidagilar bilan izohlash mumkin: 1. Ta’lim islohatlari natijasida gimnaziya, litsey, kollej va boshqa turdagi yangi o‘quv muassasalarining shakllantirilishi va rivojlantirilishi; 2. Oliy o‘quv yurtlarida kasb ta’limini tashkil qilish, alohida bo‘lim va fakultetlarning tashkil etilishi; 3. Kasb pedagogikasining boshqa fanlar bilan yanada jipsroq bog‘lanib borishi, istiqbolda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan, bilim sohalari tutashuvida yangi konsepsiya va nazariyalarning yuzaga kelishi; 4. Kasb ta’limi muassasalarining aholiga ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish turlarining ortib borishi, o‘z bazasida tayyor mahsulot ishlab chiqarish va unga xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yishi, mehnatni tashkil qilishning ilg‘or shakllarini joriy etishi va boshqalar. O‘qitish va o‘zlashtirish xaqida umumiy tushuncha Malumki ta’lim berish – insonparvarlik san’ati, mahorati hisoblanadi. Ko‘pgina kuzatuvchilar ma’lum o‘quv rejasi yoki mashg‘ulot rejasida, tadqiqotlarda, darsliklarga tayangan holda ta’lim berishni juda muqaddas ekanligi xaqida ko‘p marotaba ta’kidlaydilar. Ta’lim berish birinchi navbatdaxar doyim ta’lim oluvchilar va ularni rivojlanishiga qaratilmog‘i lozim. SHundagina biz xar kun o‘zimizlan mashg‘ulot jarayonidan amalga oshiradigan operatsiyalarimiz “tadabalarimning rivojlanishi uchun yordam beradimi ?, men qanday rivojlantirishni bilaman ? va qanday ko‘rsatgichlarda rivojlantirishni xoxlayman ?” shunda bu kabi svollarga javoblarni topi orqali ushbu jarayonda darsliklarni tanlash, dasturni loyhalash, tadqiqotni taqdim etish, munozaralarni amalga oshirish samarador bo‘ladi. Bizning yuqoridagirivojlanish xaqidagi fikrimizga ba’zilar qo‘shilmasligi va qilgan ishlarimizni samarasiz deb topishi mumkin. Bizdarga pedagog sifatida bu kabi muammolarni echimini torishda doimo talabaning erishgan natijalarini o‘z kriteriyalarimiz asosida taqqoslab borishimiz muhimdir2 .. Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyil ko‘yidagilardan iborat: • ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi; • ta’limning uzluksizligi va izchilligi; • umumiy o‘rta, shuningdek o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining majburiyligi; • o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining yo`nalishi: akademiy litsey yokikasbhunar kollejida o‘qiishni tanlashning ixtiyoriyligi; • ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi; • davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning xamma uchun ochikligi; • ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv; bilimli bo‘lishni va iste’dodni rag`batlantirish; • ta’lim tizimida davlat va jamoat boshkaruvini uyg`unlashtirish. Respublikamizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar o‘sib kelayotgan yosh avlodda intellektual kobiliyatlar va kasbiy bilimlarni rivojlantirishni ko‘zda tutadi. Bunday kelib chikkan holdamutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi fanining maksadi bo‘lajak mutaxassislarning ixtisoslik fanlaridan ta’lim berish metodikasi, oliy ta’lim tizimida o‘qitish shakllari hamda o‘kitishning ilg`or pedagogik va axborot texnologiyalariga oid bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishdan iboratdir
Download 17,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish