17. Ijaraga olingan xonadonda istiqomat qilsangiz, Sizni qanday muammolar qiynaydi? (bir nechta variantni belgilashingiz mumkin)
1. Bir xonadonda haddan tashqari ko’p odam istiqomat qiladi.
2. Xonadon ta’mirtalab. Etarli sharoitlar yo’q.
3. Ijara haqi yuqori.
4. Isitish tizimi talab darajasida emas.
5. Yong’in xavfsizligiga javob bermaydi.
6. Uzoqda joylashgan.
7. Qo’shnilar yaxshi emas.
8. Universitet rahbariyati holimdan xabar olmaydi.
9. O’z variantingizni yozing:_________________________________
18. Ta’lim muassasasi rahbariyati (rektor, prorektor, dekan) talabalar bilan tez-tez yig’ilish o’tkazib turadimi?
1. Ha
2. Yo’q
3. Ba’zan
19. Ta’lim muassasasi va o’qish bilan bog’liq muammongizni hal etish uchun birinchi bo’lib kimga murojaat etasiz?
1. Dekanga
2. Dekan o’rinbosariga
3. Guruh murabbiyiga (tyutor)
4. Men bilan yaqin bo’lgan ustozimga
5. Rahbariyatga (rektor, prorektor)
6. Guruh sardoriga, kursdoshlarimga
7. Ota-onamga, tanishlarimga
8. Ta’lim muassasasidagi Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti vakillariga
20. Ta’lim muassasasi rahbariyati bilan uchrashganda, muammolaringiz hal bo’ladimi?
1. Ha.
2. Yo’q, rahbariyatning bir nechta vakiliga uchrashishga to’g’ri keladi.
3. “Rozi” qilsangiz, hamma ishingiz “besh” bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |