Oliy ta’lim muassasasi talabalrining o‘quv faoliyatida axborotning tutgan o‘rni



Download 26,29 Kb.
Sana04.04.2022
Hajmi26,29 Kb.
#527688
Bog'liq
4- sho\'ba Turobova Ziyoda


OLIY TA’LIM MUASSASASI TALABALRINING O‘QUV FAOLIYATIDA AXBOROTNING TUTGAN O‘RNI
Turobova Ziyoda Shuhratovna
NavDPI Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim)1-bosqich magistranti
4- sho‘ba, 90-745-18-82
Annotatsiya Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning o‘quv faoliyatida axborotning tutgan o‘rni, turli axborotlarning o‘quv faoliyatidagi samarasi haqida yoritilgan.
Kalit so‘zlar Oliy ta’lim muassasasi, talaba, o‘quv faoliyat, bilim, axborot, izlanish, o‘zlashtirish
Аннотации
В данной статье рассматривается роль информатции в образовательной деятелности студентовб обучающихся в высших учебных заведениях, эффективность использования различной информации в образовательной деятелности.
Ключевые слова
Высшее учебное заведение, ученик, образовательная деятелность, учебная деятелность, информатция, исследованние, ассимиляция
Annotations
This article discusses the role of information in the educational activities of students studying in higher education institutions, the effectiveness of various institution in educational activities
Keywords
Higher education institution, student, educational activities, learning activity, information, research, assimilation
Barchamizga ma’lumki, mustaqillik yillaridan hozirgi kunga qadar yoshlar masalasiga alohida e’tibor qaratilib, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning muvafaqqiyati – ta’lim-tarbiya tizimini o‘zgartirish, jamiyatda yashayotgan yoshlarning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini shakllantirishning va ularning har tomonlama kamol topishini ta’minlash hisoblanadi. Ma’lumotlarga qaraganda O‘zbekiston yoshlarinining yuqori foizini oliy ta’lim muassasasida tahsil olayotgan talaba yoshlar tashkil etadi. Bundan kelib chiqadiki, demak biz yoshlarni yuqoridagi talablarga javob berishlari uchun olib borayotgan sa’y-harakatlarimizni, izlanishlarimizni, avvalo, yoshlarning asosiy qismini tashkil etgan talabalar salohiyatini oshirishga qaratsak, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Oliy ta’lim muassasasida tahsil olayotgan talaba yoshlarning hozirgi zamon talablariga mos bo‘lib shakllanishida ulardagi faoliyatlarning eng muhimi, ya’ni o‘quv faoliyati katta ahamiyat kasb etadi.
O‘quv faoliyati - bu shunday faoliyatki, unda shaxsning psixik jarayonlari shakllanadi va rivojlanadi, uning asosida yangi faoliyatlar yuzaga keladi. O‘quv faoliyati insonning butun hayoti davomida namoyon bo‘luvchi uzluksiz jarayondir.[1] Demak, hayotimiz davomida yuzaga keladigan faoliyatlar zamirida o‘quv faoliyat turar ekan. Biz o‘quv faoliyati orqali ongimiz, ongosti va psixik jarayonlarimizni rivojlantirib boramiz. Shu sababli ham o‘quv faoliyati borasida juda ko‘p tadqiqotlar olib borilgan. Jumladan, rus psixologi A.N. Leontev inson faoliyatining psixik va amaliy shakllari mavjudligini hamda bola ongi aynan o‘quv faoliyatida o‘sishini ta’kidlaydi D.B.Elkonin esa o‘quv faoliyatining xususiyatlarini ko‘rsatib, uni mohiyati, mazmuni va o‘zining namoyon bo‘lish shakliga ko‘ra ijtimoiyligini ta’kidlaydi. [1]
O‘quv faoliyati — bu talabaning nazariy bilimlar—o‘zlashtirishga qaratilgan va fikrlashning o‘sishini ta'minlaydigan faoliyatlaridan biri sifatida ko‘rsatiladi. O‘quv faoliyati talabaning o‘zi amalga oshirib o‘zini o‘zgartirish uchun maxsus tashkil qilingan faoliyat bo‘lagidir.
O‘quv faoliyati shaxsning yangi bilim, malaka va ko‘nikmalarni egallash jarayoni.[2] Talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashi o‘quv faoliyati asosida shakllanar ekan, ularning o‘quv faoliyatini to‘g’ri tashkil etishda nimalarga ahamiyat berish lozim?, ushbu faoliyati samarali bo‘lishi uchun qanday tadqiqotlar olib borish zarur? kabi savollarga javob izlar ekanmiz, bir savol tug’iladi. Xo‘sh, o‘quv faoliyatda asosiy o‘rinni nima egallaydi? Talabalar ushbu faoliyatda o‘z bilimlarini nimaga tayangan holda egallaydilar? Albatta axborotga. Umuman olganda har bir yosh avlod dunyo haqidagi axborotni bevosita uni o‘rab turgan borliqdan oladi, ammo yoshlar bu bilimlarni o‘zi yaratmaydi, balki ularni katta avlodlardan «narsa (buyumlar), maxsus tashkilot va yangi avlodning bu narsalar bilan bog'liq faoliyati orqali» oladi. Nega biz axborotni o‘zaro bilim bilan bog’layapmiz? Chunki, axborot bilishning zaminida turadi. Axborotda bilim, aniqrog’i uning mazmuni ifodalanadi, aloqa kanalida bir sub’ektdan boshqasiga yetkaziladi, shunday qilib, aloqa kanalida bilim axborotga aylanadi. Ayrim adabiyotlarda “axborot” va “bilim” tushunchalari aynanlashtiriladi. Vaholanki, bilim axborot emas, u ongdagi obrazlar, tushunchalar va tasavvurlardan iborat bo‘lib, nutqda aloqa kanalidaaxborotning mazmuni bo‘lib qoladi. Bundan kelib chiqadiki, axborot insonning butun hayotini qamrab olgan desak mubolag’a bo‘lmaydi. Biz har bir ish faoliyatimizni axborotlarga tayangan holda amalga oshiramiz. Axborot o‘zi nima? , unga ilmiy jihatdan qanday ta’rif beriladi?
“Axborot” so‘zi biror ish holat yoki kishi faoliyati haqida ma’lum qilish, xabar berish, biror narsa haqidagi ma’lumot, degan ma’noni anglatadi. Axborot tushunchasi inson faoliaytining barcha sohalarida foydalaniladi. Axborot - bu har qanday ma’lumot emas, balki u mavjud noaniqliklarni kamaytiruvchi yangi bir ma’lumotdir. [4]
Axborot – ijtimoiy, iqtisodiy, tabiiy fanlarning, tafakkur ilmining taraqqiyoti natijasida yuzaga kelgan bilim va ma’lumotlar, kishilarning amaliy faoliyati davomida to‘plagan tajribalari majmuyi demakdir. Inson axborot oqimi ichra yashar ekan, turli- tuman voqea, hodisalar va jarayonlarning bir-biriga aloqadorligini, o‘zaro munosabati mohiyatini tahlil etish, mushohada va mulohaza qilib ko‘rish maqsadida ko‘pdan- ko‘p dalil va raqamlarga murojat qiladi. Axborot tufayli nazariy bilimlar amaliyot bilan birlashadi. [3]
Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning o‘quv faoliyatini samarali tashkil etishda turli axborotlardan foydalaniladi. Bularga misol qilib quyidagilarni keltirishimiz mumkin:

  • Huquqiy axborot;

  • Texnik axborot;

  • Ijtimoiy axborot;

  • Iqtisodiy axborot;

  • Siyosiy axborot;

  • Ilmiy axborot kabi bir qancha turlarini keltirishimiz mumkin.

Axborot qaysi sohadan xabar berishiga ko‘ra turlarga bo‘linadi desak ham xato bo‘lmaydi.
O‘quv faoliyatida asosiy o‘rinda turadigan ilmiy axborot haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, fan tizimida qo‘lga kiritilgan yangi natijalar matnda qayd qilinib, ilmiy nashrlarda chop etiladi, aloqa kanali yoki internetga uzatilgandan keyin ilmiy axborotga aylanadi. Fanda ilmiy axborotni hosil qilish va iste’molchilarga uzatish ishlarini axborot texnologiyasi tizimlari bajaradi.
Shu o‘rinda shuni aytishimiz mumkinki, turli axborotlar ichidan kerakli o‘quv faoliyatiga mos turini tanlab o‘zlashtirish talabadan yuqori malaka talab qiladi. Hozirgi kunda axborotlar okeanidan kerakli ma’lumotlar izlash nihoyatda murakkablashib bormoqda. Unga oid maxsus bilish yo‘nalishiga ega talabagina turli axborotlardan o‘quv faoliyatiga keraklisini aniqlab o‘zlashtira oladi.
Axborotni izlash, u bilan ishlashni tashkil qilishda ba’zi – bir uslubiy qoidalarga e’tibor berish kerak:

  • Ilmiy-texnik axborot tizimlari to‘g’risida aniq tasavvurni hosil qilish;

  • Mutaxassislik bo‘yicha axborot manbalarini mumkin qadar to‘liq bilish;

  • Axborotni izlashning eng oqilona yo‘lini tanlash, uni qayta ishlash usuli va vositalarni o‘ylab ko‘rish, tayyorlash;

  • Yordamchi bibliografik va axborot materiallaridan foydalanish uquviga ega bo‘lish.

Oliy ta’lim muassasalarida talabalarning o‘quv faoliyatida barcha axborot turlarini yuqorida keltirilgan qoidalarga binoan mustaqil izlab topib, zaruriy maqsad asosida unumli foydalanish zarur. Chunki, turli ko‘rinishdagi axborotlarni talabalar o‘zlashtirishlari orqali ulardagi o‘quv faoliyati samarali ko‘rinishda tashkil topadi. Buning natijasida esa talabalarda ilmiy salohiyat ortib borishi ta’lim sifati yuqoriga ko‘tariladi.
Adabiyotlar ro‘yxati
1. B.M. Umarov PSIXOLOGIYA Toshkent – 2012
2. Pedagogika. Psixologiya fanidan o‘quv- metodik majmua – Samarqand: Sam DU nashri, 2010
3. R.X. Alimov, G.T. Yo‘lchiyeva, O.Q. Rixsimboyev, SH.A. Alishov “Axborot texnologiyasi va tizimlari” TOSHKENT – 2011
4. R.X. Alimov, B.A. Begalov, G.T. Yo‘lchiyeva, SH. Alishov “IQTISODIYOTDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI”
Download 26,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish