Oliy ta’lim muassasalarida tarkibiy o‘zgartishlar o‘tkazish



Download 26,02 Kb.
bet4/4
Sana31.12.2021
Hajmi26,02 Kb.
#201917
1   2   3   4
Buning yechimi bormi?

— Respublikamiz aholisi 34 mln.dan oshdi. Yaqin kelajakda (2030 yilda) aholimiz soni, taxminan 40 mln.ga yetadi. Demak, zudlik bilan respublikamizning barcha tumanlarini rivojlantirishning 2030 yilgacha moʼljallangan istiqbolli rejalarini ishlab chiqish va unda yoshlarni maktabgacha taʼlim muassasalari, boshlangʼich (1-4 sinf), toʼliq oʼrta (5-9 sinf), oʼrta (10-11 sinf) maktablari, shuningdek zamon talablaridan kelib chiqqan xolda kasb-hunar texnika maktablari, sohalar boʼyicha aniq kasblarga yoʼnaltirilgan kollejlar va texnikumlar ochish, ularni eng zamonaviy oʼquv qurollari bilan jihozlash va yetuk mutaxassis pedagog kadrlar, ustozlar va tarbiyachilar bilan taʼminlash choralarini koʼrish lozim.

Keyingi yillarda hukumatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan “Obod qishloq”, “Obod mahalla” kabi davlat dasturlari, qishloq aholisining turmush sharoitini tubdan yaxshilashga qaratilgan.

Аmmo, negadir bu dasturlarda ham, yangi qurilayotgan maktabgacha taʼlim tarbiya muassasalari boshlangʼich, toʼliqsiz oʼrta va oʼrta taʼlim maktablari, shuningdek kasbiy taʼlim oʼquv yurtlari, texnikumlarini, oilaviy poliklinikalarni qurish, ularni yetuk mutaxassis oʼqituvchi pedagog va shifokor kadrlar bilan taʼminlash masalasi oʼz yechimini topmagan. Holbuki, shahar va qishloq aholisi oʼrtasidagi yashash, teng sifatli taʼlim olish, kasb oʼrganish, davolanish sharoitlarida tafovut yildan-yilga ortib bormoqda. Demak, tumanlardagi “chala” savodsizlikni tugatmaguncha “kambagʼallik”dan ham qutila olmaymiz.

Haqiqatan, ishsizlar koʼp, lekin biror malakali kadr qidirsang, topish juda muammo. Kadrlarni yetishtirish uchun malakali pedagoglar kerak, pedagog malakali boʼlmaganidan keyin yana ishsizlar armiyasi oʼsib boraveradi. Bu inqirozdan chiqish uchun nima qilish kerak, deb hisoblaysiz?

— Respublikamizda oʼrta maxsus va oliy taʼlim kadrlar tayyorlash tizimini (sohalar boʼyicha) “maqsadli kadrlar tayyorlash” tizimiga oʼtkazish zarur. Buning uchun barcha imkoniyatlar yetarli deb bilaman. Xususan, koronavirus pandemiyasi sababli Respublikamizda maktab oʼqituvchilari, oʼrta maxsus va oliy oʼquv yurtlari professor oʼqituvchilari, viloyatlar oʼqituvchilar malaka oshirish institutlari, ilmiy xodimlarning 2020 yil 20 martidan vaqtincha oʼquv jarayonini masofadan turib onlayn asosida oʼqitishga oʼtishi bizda taʼlim sohasida juda katta (ming-minglab ziyoli insonlar) kuch borligini koʼrsatdi. Bu qudratli kuchdan unumli foydalanish kerak. Masofadan beriladigan darslarning sifatini oshirish uchun, fakulьtativ darslarni ham tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Bu darslarni oʼz sohasining ustalari, olimlar, tadqiotchilar bersalar yanada maqsadga muvofiq boʼladi. Bunday onldayn darslarni Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan taqdim etilib bolrilayotgan vebinarlar shaklida oʼtkazish mumkin.

Lekin faqat masofadan oʼqitish ham hali qanday samara berishi mavhum. Negaki masofadan dars tayyorlashda ota-onaning masʼuliyatiga bogʼliq jihatlar koʼproq boʼlgani uchun bunda har bir bola teng imkoniyatga ega boʼlolmaydi...

— Toʼgʼri. Shuning uchun ham hukumatning maxsus qarori bilan, Innovaytsion rivojlanish vazirigi, Respublika maktabgacha taʼlim, Xalq taʼlimi, Oʼrta va maxsus oliy taʼlimi va sogʼliqni saqlash vazirliklari birgalikda viloyatlarda maxsus guruhlar tuzib har bir tumandagi (uzoq tumanlarga alohida eʼtibor berib) har bir maktabgacha taʼlim, maktab kasb-hunar yurti, oilaviy poliklinikalarida ishlab turgan tarbiyachi, oʼqituvchi shifokorlarni birma-bir ismi familiyasi bilan raqamli xaritasini tuzib, (tugʼilgan yili, maʼlumoti, qaysi kasb-hunar kolleji, texnikumi yoki oliy oʼquv yurtini qachon, qaysi kasbda bitirgani, yoshi, ish staji,tili, maktabda qaysi asosiy va qoʼshimcha fanlardan dars berayotgani, shifokorlarning ham aniq kasbi boʼyicha) toʼliq maʼlumotlar toʼplab, tuman, viloyat, respublika rahbariyatiga topshirishni tashkil qilish zarur.

Bu toʼplangan aniq statistik maʼlumotlar respublikaning rahbariyati va mutasaddi tashkilotlariga har bir tumandagi, maktabgacha taʼlim, boshlangʼich, toʼliqsiz oʼrta va oʼrta maktablar boʼyicha fan oʼqituvchilariga, oilaviy poliklinikalarga esa sohalar boʼyicha shifokorlarga (albatta kelajakni ham hisobga olgan holda) boʼlgan aniq (2020-2025 yillargacha) ehtiyojidan kelib chiqib maxsus jadval ishlab chiqiladi.

Toʼplangan bu aniq statistik maʼlumotlar asosida Respublika hukumatining maxsus qarori bilan barcha tumanlardagi maktablarni yetuk mutaxassis oʼqituvchilar bilan hamda oilaviy poliklinikalarini  shifokorlar bilan toʼliq taʼminlash uchun “maqsadli kadrlar tayyorlash” kvotalarini joriy etib, viloyatdagi universitetlar, oliy pedagogika institutlari, oʼrta maxsus pedagogik kollejlar, meditsina texnikumlariga qabul rejalarini tasdiqlashi kerak.

Shu bilan bir qatorda yoshlarni kasb tanlashga yoʼnaltirishning yangi mexanizmlarini ham balki ishlab chiqish kerakdir? Nazarimda, yoshlar hozirda ota-onasi yoki boshqa oila aʼzolarining kasbiga yaqin kasbdan boshqasini tanlamayotgandek goʼyo.

— Har bir viloyat rahbari har yilning bahor oylarida viloyatdagi universitetlar, pedagogika oliy oʼquv yurtlari va viloyat oʼqituvchilari malakasini oshirish institutlari olimlaridan maxsus guruhlar tuzib, ular yordamida viloyatning har bir tumanidagi, har bir maktabida bugungi kunda har bir “9” va “11” sinflarini tugatayotgan yoshlar bilan maxsus (shaxsiy) pedagogik-psixologik suhbatlar, fanlar boʼyicha savol-javoblar, turli koʼrik tanlovlar, yozma sinovlar (diktant, bayon, insho) va x.k. oʼtkazib har bir yoshga, ota-onasi ishtirokida kasb tanlash, fanlar boʼyicha kasbga yoʼnaltirish maslahatlar-tavsiyalar berishni tashkil qilishi zarur. Bundan tashqari, Innovatsion rivojlanish vazirligining yoshlar bilan ishlash platformasi boʼlmish “Yoshlar akademiyasi” imkoniyatlaridan ham samarali foydalanish talab etiladi. Аgar hokimiyat masalan yoshlarni kasbga jalb qilish bilan shugʼullansa, “Yoshlar akademiyasi” iqtidorli yoshlar boʼyicha ishlash mexanizmlarini targʼib qilishi kerak.

Bitiruvchi kasbni ham tanladi, deylik. Аna endi test jarayoni boshlanadi. Uning shaffofligini taʼminlash mexanizmlari esa hali-hamon barchada shubha uygʼotadi. Bu masalani yechimi nimada, deb oʼylaysiz?

— Davlat test Markazi har yili har bir tuman markazlarida maxsus ishlangan maktab fanlari dasturlari asosida yoshlarni test sinovlaridan oʼtkazishi va tasdiqlangan “maqsadli kadrlar tayyorlash” kvotalari asosida yoshlarni oʼqishga tavsiya qilishini taʼminlashi kerak. Аjratilgan “maqsadli kadrlar tayyorlash”davlat kvotalari asosida oʼqiydigan yoshlar davlat byudjetidan taʼminlanishi va oʼqishni bitirgach kamida 5 yil oʼz kasbi boʼyicha oʼz tumanidagi oilaviy poliklinikada, maktabgacha taʼlim muassasasida va maktabda ishlab berishi shart. “Maqsadli kadrlar tayyorlash” dasturi asosida oʼqitilayotgan yoshlarning bilimlari sifati muntazam ravishda viloyat, respublika davlat rahbariyati nazoratida boʼlishi shart.

— “Maqsadli kadrlar tayyorlash” dasturi davlat byudjeti hisobidan faoliyat yuritadigan tashkilotlariga qaratilsa, u holda xususiy sektorga kadrlar yetishtirish masalasini qanday hal etish mumkin? Xususiy sektorga malakali kadrlarning kelishi ham oʼta muhim va dolzarb masalalardandir.

— Maʼlumki, bugungi kunda qishloq joylarida dehqon-fermer xoʼjaliklari rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar ochilmoqda. Xususan, dehqonchilikning anʼanaviy paxtachilik va gʼallakorlik, asalarichilik, uzumchilik, ipakchilik shuningdek chorvachilik kabi sohalari jadal rivojlantirilmoqda. Shuningdek davlat dehqon-fermer xoʼjaliklarini keng qoʼllab-quvvatlash maqsadida ular yetishtirgan qishloq xoʼjaligi xom ashyosini qayta ishlab undan tayyor mahsulot ishlab chiqarish va uni xorijiy mamlakatlarga eksport qilib katta daromad olishga yoʼl ochib berilmoqda. Masalan, joylarda yangi tashkil qilinayotgan paxta-toʼqimachilik, ipakchilik-toʼqimachilik, kartoshka klasterlari, meva-sabzavot mahsulotlarini konservalash va boshqalar bunga aniq misol boʼladi.

Tabiiyki, bunday katta oʼzgarishlar oʼz navbatida yangi-yangi sohalar boʼyicha malakali kadrlarga boʼlgan ehtiyojini keskin oshiradi. Jumladan, bugungi kunda dexqon-fermer xoʼjaliklariga chet davlatdan olib kelinayotgan yer haydash, ekin ekish, ekinga ishlov berish, sugʼorish, xususan tomchilatib sugʼorish, yerni oʼgʼitlash, hosilni yigʼib olish, uni sifatli saqlash, sovitish, zararsizlantirish uchun turli xil rusumdagi texnika va texnologiyalar, ularni ishlatish uchun esa son-sanoqsiz yangi kasb egalari, texnik-texnologiyalar kerak boʼlmoqda. Bunday sharoitdan kelib chiqib maʼlum sohalar boʼyicha yangi-yangi oʼrta maxsus oʼquv yurtlari va texnikumlari tashkil qilinishi zarur.

Kelajakda, bunday maqsadli kasbga yoʼnaltirilgan oʼquv yurtlari va markazlarini joylardagi mahalliy hokimiyatlar bilan hamkorlikda yoshlarni oʼqishga qabul qilishda maxsus mutaxassislardan tuzilgan guruhlar tavsiyasi va dehqon-fermer xoʼjaliklari, ishlab chiqarish klasterlari, MTSlar va boshqa aniq buyurtmachilarning “maqsadli toʼlov” shartnomalari asosida tashkil qilinishiga alohida eʼtibor qaratish kerak. Biroq, albatta, oʼqish muddati va sifati nazorati toʼliq davlat nazoratida boʼlishi shart.

Аgar bu aytilgan chora-tadbirlar amalga oshirilsa, yaqin 5-6 yil ichida, respublikamizdagi “ishsizlik”dan, mehnatga layoqatli yoshlarni chet ellarga chiqib ketishi “balo”sidan saqlashda katta qadam tashlab, mamlakatimiz iqtisodiyoti yangi yuqori bosqichlarga koʼtarilishiga erishamiz degan umiddaman.

Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan eʼlon qilinayotgan ilmiy loyihlar tanlovlariga munosabatingiz qanday? Kambagʼallikni tugatish maqsadida olimlar va tadqiqotchilar uchun qanday maqsadli tanlovlar eʼlon qilish kerak deb hisoblaysiz?

Tanlovlar hozirgi kun dolzarb muammolariga mos. Аyniqsa, Buxoro va Sirdaryo viloyatlarida boʼlib oʼtgan tabiiy ofatlarni oldini olish va uning oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan ilmiy loyihalar tanlovlarining eʼlon qilingani maqsadga muvofiqdir. Innovatsion rivojlanish vazirligi xorijiy hamkorlar bilan birgalikda eʼlon qilayotgan loyihalari ham juda dolzarb. Аynan, ximiya texnologiya va nanotexnologiya yoʼnalishlari, texnika fanlari yoʼnalishiga eʼtibor qaratilayotgani meni alohida quvontirdi.. Bu oʼnalishlarda Oʼzbekistondagi barcha kimyo sohasidagi ilmiy-tadqiqot institutlari olimlari, texnikaga mutaxassilashgan orliy oʼquv yurtlari va Oʼzbekiston Fanlar akademiyasi olimlari oʼz ixtirolari bilan faol qatnashadilar degan umiddaman.

Kambagʼallikni tugatish maqsadida olimlar va tadqiqotchilar uchun qanday maqsadli tanlovlar eʼlon qilish kerak degan savolingizga, men yana oʼsha taʼlim-tarbiyalar yoʼnalishi boʼyicha yondoshmoqchiman. Maktabgacha tarbiya muassasalarida tarbiya bilan bir davrda taʼlim masalasiga eʼtibor kuchaytirilayapti. Masalan, 6 yoshdagi bolalarni maktab taʼlimiga tayyorlash masalasi koʼndalang qoʼyildi. Bu juda toʼgʼri va dolzarb muammo. Bu “Bolalarni maktab taʼlimiga tayyorlash” loyixalari tanlovlari xilma-xil yoʼnalishlarida boʼlishi mumkin. Respublika tanlovi Maktabgacha tarbiya vazirligi bilan hamkorlikda eʼlon qilinishi zarur. Maktab taʼlimiga kun sayin yangi-yangi talablar qoʼyilmoqda. Nazarimda, Xalq taʼlimi vazirligi bilan hamkorlikda, maktabda oʼqitiladigan fanlar dasturlari (turlari), (1-4 sinf), (5-9 sinf) va (10-11 sinf) boʼyicha innovatsion dasturlari tanlovlarini eʼlon qilinishi zarur.

 3. Prezidentimiz tomonidan yaqinda imzolangan “Tibbiy-sanitariya sohasida kadrlarni tayyorlash va uzluksiz kasbiy rivojlantirishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror hozirgi pandemiya sharoitidagi muhim hujjat boʻlishidan tashqari, sohada olib borilayotgan islohotlarning mantiqiy davomi boʻli.

Gap shundaki, keyingi yillarda tizimda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarga qaramay, haliyam muammolar saqlanib qolmoqda. Masalan, hozirgi paytda mamlakatimizda 11 mingdan ziyod shifokor yetishmayotgani, shu sababli tibbiyot muassasalari aholiga sifatli tibbiy yordam koʻrsata olmayotgani ayni haqiqat. Ushbu muammoni bartaraf etish maqsadida Sogʻliqni saqlash vazirligiga topshirilgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishining maqsadli qabul kvotasi 20 foiz, maqsadli magistratura 10 foiz, klinik ordinatura kvotasi esa 15 foizga oshirilib, yuqori malakali tibbiyot kadrlariga katta talab mavjud boʻlgan hududlar uchun kvotalarni davlat grantlari asosida ajratish mexanizmi yoʻlga qoʻyildi.

Prezidentimizning shu yil 24-yanvar kuni parlamentga yoʻllagan Murojaatnomasida ham sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish, tibbiy xizmat sifatini oshirish masalalari diqqat markazida boʻldi. Ayniqsa, shifokorlarning jamiyatdagi oʻrni va maqomini kuchaytirish, mavqeyini mustahkamlash, ularga hurmat-izzat koʻrsatish, munosib mehnat sharoiti yaratish, ish haqini oshirish, moddiy-maʼnaviy ragʻbatlantirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar koʻrilishi, shu jumladan, gematologiya, virusologiya, immunologiya sohalari, dori-darmon va tibbiyot texnikasi uchun ajratiladigan mablagʻlarni koʻpaytirish lozimligi alohida aytilgan edi. Muhimi, oʻtgan davrda bu yoʻnalishda ham muayyan ishlar boshlab yuborildi.

Davlatimiz rahbarining ushbu qarori tizimda olib borilayotgan shu kabi saʼy-harakatlarni yana bir pogʻana yuksaltirishga qaratilgani bilan ham qimmatli va ahamiyatlidir. Zero, unga koʻra, 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab mamlakatimizdagi 47 ta tibbiyot kolleji negizida Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari tashkil etiladigan boʻldi. Bu bilim yurtlarining moddiy-texnika bazasi zamonaviy vositalar asosida yana-da kuchaytirilib, amaliyot xonalari belgilangan normativlarga mos jihozlanadi va oʻquv-simulyatsiyaviy auditoriyalar tashkil etiladi.

Mamlakatimizda hali u qadar ommalashmagan valeologiya, tibbiy psixologiya, nutritsiologiya, diyetologiya, farmakologiya, kineziologiya, reabilitologiya, profpatologiya fanlari oʻquvchilarga chuqurlashtirilgan holda oʻqitiladi, oʻquv rejalari va fan dasturlari ham ilgʻor xorijiy tajribalar va xalqaro amaliyotdan kelib chiqib joriy etiladi.

Yana bir oʻziga xos yangilik shundan iboratki, “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish” yili Davlat dasturiga hamohang holda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining keng imkoniyatlaridan foydalanib, texnikumlarda yetakchi tibbiyot oliy taʼlim muassasalari yuqori malakali professor-oʻqituvchilari masofaviy mashgʻulotlar oʻtib borishadi.

Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga oʻz sohasiga mos tibbiyot oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kirish imtihonlarisiz, yakka tartibdagi suhbat orqali ikkinchi kursdan oʻqishini davom ettirish huquqi berilayotgani esa tibbiy taʼlim sohasida joriy etilayotgan eng katta yangiliklardan biridir.



Qarorda tibbiyot oliy taʼlim muassasalarining davolash ishlari boʻyicha prorektorlari bir vaqtning oʻzida ushbu oliy taʼlim muassasasi klinikalarining bosh shifokorlari hisoblanishi belgilab qoʻyilmoqda. Bu esa talabalarning oʻrgangan nazariy bilimlarini amaliyotda qoʻllab koʻrish imkoniyatlarini oshiradi va kelgusida boradigan ish joylarida tayyor tajribali mutaxassis sifatida hech ikkilanmay ish boshlashiga mustahkam zamin yaratadi.
Download 26,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish