Tirsakli val, o’zak podshipniklari va maxovik. Tirsakli val porshеn orqali shatundan kеlayotgan kuchni qabul qiladi va uni aylanma harakatga o’zgartirib bеradi. Tirsakli valda hosil bo’lgan aylanma harakatning oz qismi dvigatеl mеxanizmi va qurilmalarini yurgizish uchun sarf qilinadi. Qolgan asosiy qismi esa kuch uzatmalari vositasida gildiraklarga uzatiladi. Yuqorida aytilgan vazifalarni bajarish jarayonida valga eguvchi, burovchi, siquvchi va cho’zuvchi kuchlar ta'sir qiladi. Shuning uchun tirsakli val ana shu kuchlarga bardosh bеradigan mustahkam va qattiq matеrialdan tayyorlanishi kеrak. Bundan tashqari, uning shatun va o’zak bo’yinlari yeyilishga chidamli bo’lishi kеrak.
Tirsakli valni shtamplash usuli bilan yuqori uglerodli po’latdan yoki magniy bilan boyitilgan legirlangan cho’yandan tayyorlanadi va bo’yinlariga termik ishlov beriladi, keyin jilvirlanadi va jilovlanadi.
18-Rasm. Tirsakli val.
Tirsakli val va uning birikmalari quyidagi asosiy qismlardan tashkil topgan: tirsakli valning oldingi uchiga gaz taqsimlash valining shesternyasiga harakat uzatuvchi shesternya shponka yordamida mustahkamlanadi, bundan tashqari, dvigatelni dastak bilan yurgizuvchi xrapobik, moy qaytargich hamda suv nasosi va ventilyatorni harakatga keltiruvchi shkiv joylashgan. Ba’zi dvigatellarda tirsakli valning tebranma harakatini so’ndiruvchi tuzilma bor. Tirsakli valning o’zak bo’yinlari valning asosiy tayanch bo’yinlari hisoblanib, ular bir xil diametrga ega.
Valning o’q bo’ylab siljishiga tirak shaybalar to’sqinlik qiladi. Bu shaybalar asosan birinchi o’zak bo’yinining ikkala tomoniga joylashtirilgan. O’zak bo’yinlardan shatun bo’yinlarga moy yuborish uchun kanal parmalangan.
MEXNAT MUXOFAZASI VA TEXNIKA XAVFSIZLIGI
XULOSA
Krivoship-shatunli mexanizm porshenning ilgarilama-kaytma xarakatini tirsakli valning aylanma xarakatiga uzgartirib beradi.
Krivoship-shatunli mexanizm kuyidagi detallardan tashkil topgan:
Tsilindrlar bloki, silindrlar blokining golovkasi, silindr gilzalari, porshen va porshen xalkalari, porshen barmoklari, shatunlar, tirsakli val va uning podshipniklari (vkladishlari), maxovik va dvigatyel kartyeri.
Tsilindrlar bloki
Dvigatyelda ish siklining barcha jarayonlari silindr ichida sodir buladi. Silindrlar bloki dvigatyelning asosiy bazis detali bulib u tuzilish jixatidan nisbatan murakkab xisoblanadi. Shuning uchun silindrlar blokini tayyorlash nisbatan kimmatga tushadi. Silindrlar blokini ishlash muddatini oshirish maksadida yuk avtomobili va ayrim yengil avtomobili dvigatyellarida uni gilzali kilib tayyorlanadi (1-rasm). Silindr yuzalari, yoyilish natijasida, yaroksiz xolatga kelsa gilzalarni 2 almashtirish bilan silindrlar blokini 3 kaytatdan tiklanadi. Ba'zi dvigatyellarda (GAZ – 24, GAZ – 53 A, ZIL – 130) silindrlar gilzasining ichki yukori kismiga yupka devorli kalta gilza 1 tigizlab (presslab) urnatiladi. Bunday gilzalar yoyilishga chidamli, zanglamaydigan legirli (xrom, nikel, molibden, mis) chuyandan tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |