Oliy o‘quv yurtlarining nomutaxassislik fakultetlari



Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/174
Sana15.10.2022
Hajmi3,37 Mb.
#853332
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   174
Bog'liq
Узбекист тарихи Дарслик (Муртазаева)

Gujayli 
qabristonidan chorvachilik va 
dehqonchilik qabilalariga tegishli bo‘lgan ashyolar, Farg‘ona vodiysi 
Yangiariq hududidan dehqonchilik buyumlari va dehqonchilik bilan 
bog‘liq qoyatosh suratlar, Chustdan hunarmandchilik va dehqonchilikka 
oid buyumlar ko‘plab topilgan. 
Bu davrda hunarmandchilik sohasida ham katta yutuqlar qo‘lga 
kiritiladi. Xususan, kulolchilik charxida tayyorlangan sopol idishlar keng 
tarqaladi. Bunday idishlar qo‘lda ishlangan sopollardan ancha farq qilib, 
asosan dehqonchilik madaniyati uchun xosdir. Kulolchilik charxining 
hunarmandchilikka keng kirib kelishi, sopolchilik ishlab chiqarishi yangi 
texnikasining yaratilishiga sabab bo‘lib, keyinchalik ixtisoslashgan 
hunarmandchilikka o‘tishning asosiy omillaridan biri bo‘lib xizmat qildi. 
Mil. avv. II ming yillikka kelib O‘zbekistonning dasht hududlariga 
chorvador qabilalar kelib o‘rnasha boshlaydilar. Ularning makonlaridan 
topilgan moddiy manbalar Janubiy Qozog‘istonning cho‘llaridagi 
Andronov madaniyatiga o‘xshab ketadi. Dasht qabilalari tarqalganligidan 
ayniqsa, sopol idishlar, metall buyumlar va chorvador qabilalarga mansub 
qadimgi qabrlar tuzilishi dalolat beradi. Bu o‘rinda tadqiqotchilar bronza 
davridayoq O‘rta Osiyo hududlarida ma’lum darajada etnik madaniy 
jarayonlar bo‘lib o‘tgan degan fikrni ilgari suradilar. 
Bronza davrining xo‘jalik sohasida erishgan eng katta yutuqlaridan 
biri qadimgi dehqonchilikning keng yoyilishi va mil. avv. II ming yillikda 
chorvachilikning dehqonchilikdan ajralib chiqishidir. Metall qurollar 
qadimgi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni tezlashtirgani tufayli O‘rta Osiyo 
dasht va tog‘ oldi hududlarida yashagan aholi boshqa aholidan 
(dehqonlardan) ajralib chiqadi va asosan chorvachilik bilan mashg‘ul 
bo‘ladi. Bu tarixiy jarayon - kishilik jamiyati taraqqiyotidagi dastlabki 
yirik mehnat taqsimoti edi. 


36 
Bu davr manzilgohlarini o‘rganib, bu davrda ikki xil madaniyat 
hukm surgan deyish mumkin. Birinchisi - qadimgi qabilalar dehqonchilik 
uchun qulay yerlarga joylashib yuksak dehqonchilik madaniyatini 
yaratgan bo‘lsalar, ikkinchisi - xuddi birinchi madaniyat sohiblari 
darajasida ishlab chiqaruvchi kuchlarga ega bo‘lgan holda dasht va tog‘ 
oldi yaylovlarda chorvachilik madaniyatini yaratganlar. 
Bronza davri O‘rta Osiyoning ijtimoiy tuzumida ham o‘zgarishlar 
sodir bo‘lib o‘tdi. Urug‘chilik tuzumi bu davrda ham davom etdi. Ammo, 
bu davrda ona urug‘ining mavqei yo‘qolib bordi. Metall eritish va 
xo‘jalikning rivojlanishi natijasida jamiyatda erkaklar mehnat va mavqei 
birinchi darajali ahamiyatga ega bo‘lib bordi. Natijada jamiyat 
taraqqiyotida, 
dehqonchilik, 
chorvachilik, 
ovchilik 
va 
hunarmandchilikning rivojlanishida erkaklar yetakchilik qiladilar. 
Xotinlar erkaklar ishlab chiqargan narsalarni iste’mol qilishda ishtirok 
etsalar ham, unga egalik qilishdan mahrum bo‘ladilar. Ishlab chiqarishda 
hukmronlik qilish shu tariqa erkaklar qo‘liga o‘tadi va ona urug‘i tuzumi 
o‘rnini ota urug‘i (patriarxat) tuzumi egallaydi. 
O‘rta Osiyo hududlarida yozuv yaqin kunlarga qadar mil.avv. V-IV 
asrlarda paydo bo‘lgan deb kelinar edi. So‘nggi yillardagi tadqiqotlar 
boshqacharoq xulosalar bermoqda. Xususan, 2000 yilda Janubiy 
Turkmanistondagi Gonurtepa qo‘hna shahrida ochilgan qabrlarning 
biridan mil.avv. III ming yillikka oid o‘yma sopol muhr topildi. Unda 
mixxat yozuvlar bor edi. Janubiy Turkmaniston qadimiyatining bilimdoni 
V. Sarianidi va amerikalik mutaxassis T. Sharlachlarning fikricha, bu 
xildagi muhrlar faqat podsho atrofidagi, podsho saroyiga yaqin shaxslarga 
tegishli bo‘lishi mumkin. Mesopotamiyadagi Sargon muhrlarini (mil.avv. 
2250-2200 yy.) eslatuvchi Gonurtepa muhri mahalliy xom ashyodan 
tayyorlangan bo‘lib, undagi mixxat yozuvlar «Lukaks xo‘jalik va qullar 
hukmdori», deb o‘qildi. Ushbu yozuv bu yerdagi bronza davridayoq 
yakka hukmdor boshqaruvi va Mesopotamiya bilan o‘zaro aloqalardan 
dalolat beradi. 
Shuningdek, 
so‘nggi 
arxeologik 
ma’lumotlarga 
ko‘ra, 
O‘zbekistonning janubidan ham piktografik belgi-yozuvlar topilgan. 
Tadqiqotchi Sh. Shaydullayevning fikricha, Jarqo‘ton yodgorligidan 
sopollarga bitilgan 47 ta belgidan iborat yozuvning topilishi 
ajdodlarimizning bronza davrida piktografik yozuvni yaratgani va o‘z 
fikrini turli belgilarda ifodalaganini ko‘rsatadi. Shuningdek, Sheroboddagi 
G‘oz qishlog‘i yonidagi ilk temir asriga oid yodgorlikdan tosh o‘g‘ir (keli) 
topilgan bo‘lib, uning sirtida umumiy soni 14 ta bo‘lgan piktorafik belgi-


37 
yozuv mavjud. Sh. Shaydullayev bu belgini Misr iyeroglifikasi bilan 
solishtirib ulardan biri «haqiqat», yana biri esa dunyoning aylanishi, ya’ni, 
«charxpalak» deb o‘qilishi mumkinligini taxmin qiladi. Xullas, bronza 
davri va uning oxirlariga kelib o‘lkamiz hududlarida yozuv paydo 
bo‘lganligi ilmiy asoslanmoqda hamda keyingi tadqiqotlar bu masalaga 
yanada oydinlik kiritishi shubhasizdir.

Download 3,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish