Oliy o'quv yurtlarida fizikadan amaliy mashg'ulotlarga masalalar ishlash.
laboratoriya mashg'uiotlari va seminarlar o'tkazish kiradi. Masalalar ishlash
ilmiy bilish tizimida alohida o'rin egallaydi, ya'ni olgan nazariy bilimni
mustahkamlash vauni amalda qo'llash vositasi hisoblanadi. Ushbu jarayonda
talabalarda amaliy va fikrlashga tegishli usul, malaka va ko'nikmalar
shakllanadi. Ijodkorlik ishlarida qatnashishga tayyorlashda, fikr yuritishning
rivojlanishida mustaqii ishlashda, dars unumdorligini oshirishning samarali
yoilarini izlab topishda masalalar ishlash muhim ahamiyatga ega.
П т va texnikaning yutuqlari. vatanimiz olimlarining ilmiy kashfiyotlari.
ilg‘or g‘oyalari va ilmiy qarashlari bilan talabalarni tanishtirishda, masala
ishlash muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega. Masala ishlashning tarbiyaviy jihati
shundaki, u talabalarni mehnat qilishni sevishga irodali bo'lishga, maqsadga
intilishga, tirishqoqlik bilan kelajakdayosh avlodni o'qitish uchun o'zlarining
metodik tayvorgarligini yetarli darajada bo'lishini ta'minlashdan iborat.
Talabalarning bilimini sayoz va yuzaki boiib qolishining oldini olishda
va egallagan bilimini amalda qoilashga o'rgatishning muhim shartlaridan biri
boiib, masala ishlash hisoblanadi.
Talabalarni umumiy fizikadan. masala ishlashga oigatish, o'qitishning
eng murakkab muammolaridan biridir. Masala ishlashning samarali boiishi,
o'qituvchining qoilagan metodikasiga va talabalarni masala ishlashning
umumlashtirilgan metodlarini o'zlashtirganligiga bog'liqdir. Masala ishlash
jarayonini quyidagi to'rt bosqichga bo'lish mumkin:
1. Masalaning sharti bilan tanishish.
2. Masalaning ishlash rejasini tuzish.
3. Masalani ishlash.
4. Masalani to'g'ri ishlanganligini tekshirish.
Masala ishlashning har bir bosqichi o'ziga xos harakat ta’sirida amalga
oshadi. Bu harakatlar quyidagilardan iborat:
s masalani ishlash yo'nalishini aniqlash, ya’ni harakat maqsadini
belgilash, o'zgartirish mumkin bo'lgan obektlaming xususiyatlarini ajratib
olish va boshq;
■ rejani o'zgartirib tuzish tarkibini va bajarishni aniqlash:
■ masalani ishlashni amalga oshirish;
■ olingan natijani tekshirib ko'rish. ya’ni uni bajarilgan ishning maqsadi
bilan taqqoslash.
Talabalarni masala ishlashga o'rgatishning asosini, ularga mtisala ishlash
algoritmini o'rgatish tashkil qiladi. Fizikadan masala ishlashning umumiy
algoritmi quyidagilardan iborat:
1. Masalaning shattini diqqat bilan o'qib chiqish, asosiy savolni aniqlash,
masalada berilgan jarayonlar va hodisalarni tasavvur qilish.
2. Masalaning shartini takroran o'qib chiqish tufayli, undagi asosiy
Do'stlaringiz bilan baham: |