Chekish, spirtli ichimliklar ichishning miyaga ta`siri
Kishi salomat bo`lgandagina o`z oldiga quygan barcha maqsadlarini amalga oshira olishi, yaxshi hayot kechirishi, sog`lom va baquvvat bo`lishi mumkin. Inson avvalambor o`z turmush tarzini yaxshi tashkil etishi, zararli odatlardan o`zini ehtiyot qilishi kerak Ba`zi yoshlar ana shu zararli odatlarga o`rganib qolib, o`z salomatliklariga asta-sekin putur yetkaza olmayotganliklarini bilmay qoladilar. Organizm bir butun funktsional sistema bo`lganligi uchun zararli odatlar chekish, spirtli ichimliklarni ichish, narkotik moddalar ist`emol qilish kabilarga o`rganib qolsa organizmdagi funktsional sistema izdan chiqadi, odam salomatligi yomonlashadi.
Tamaki, nos, nasha chekish, spirtli ichilliklarni ichish birinchi navbatda nerv sistema hujayralarini zaharlaydi. Buning natijasida nerv sistemaning boshqaruvchilik faoliyati izdan chiqadi. Adabiyotlarda ko`rsatilishicha bitta nerv hujayra 27500 ta nerv hujayralar bilan bog`lanib funktsiyalanar ekan.
Tamaki tarkibidagi nikotin juda zaharli bo`lib, uning nerv tuqimasining faoliyatiga ta`siri turli tajribalarda isbotlangan. Itlarning bosh miya qutisi ochilib, bosh miyaning turli bo`limlariga nikotin eritmasi tomizib qo`yilganda muskullar harakati tezligining ortganligi kuzatilgan. Ba`zi tajribalarda muskullarda tirishishi kuzatilgan. Nikotin bir necha marta ta`sir ettirilganda muskullar tortilib, tirishmaydigan bo`lib qolgan. Bu tajribadan nerv hujayralari nikotin eritmasiga moslashib qrlishi mumkin, degan xulosaga nerv sistemasida qo`zg`oluvchanlikning ortishi kuchayadi, so`ng bu xolat birmuncha susayadi. Chekuvchilar bu reaktsiyani sezadilar. Bunday xolatni chekuvchilar, nashavandlar hayotida kuzatish mumkin.
Masalan, charchagan odam tetiklashish uchun tamaki chekadi, bunda o`zini bir oz tetik sezadi, lekin tez-tez chekish tufayli battar charchab, ishchanlik qobilyati keskin susayadi.
O`smirlik yoshida nerv sistemaning barcha bo`limlari, nerv hujayralari morfologik jixatdan faol ravishda o`sadi, kattalarinikidek shakillanib boradi. Fiziologik funktsiyalar .ham murakkablashib, miya katta yarimsharlarida yangi nerv bog`lanishlari vujudga keladi. Shuning uchun, o`smirlarning nerv sistemasiga tamaki, giyoxvand moddalar, spirtli ichimliklar kuchli ta`sir etib, turli xastaliklarni keltirib chiqaradi. Chekish, giyohvandlik, spirtli ichimliklar vegitativ nerv sistemaning funktsiyalariga ham zaharli ta`sir etadi.
Nikotin vegitativ nerv sistemasining tugunlariga zaharli ta`sir etib, impulslarning o`tishini susaytirib qo`yadi. Ayrim xollarda nerv tugunlaridan (gangliylardan) impulslar butunlay o`tib qolishi mumkin. Nikotin ta`sirida nerv sistemada, bosh miya qon tomirlari dastlab bir oz kengayadi, so`ng torayadi, natijada miyaning qon bilan ta`minlanishi keskin pasayadi. Shuning uchun, tamaki chekkan, nashavand, giyoxvandlarning xotirasi susayib boradi.
Ichilgan spiritli ichimlikning 30 foizidan ko`prog`i miyaning nerv hujayralarida qoladi. Agar nerv hujayralari odam tanasi og`irligining faqat 2,5 foizini tashkil etilishi hisobga olish, bu jihatda katta me`yordagi (dozadagi) zahardir. Miya to`qimalarining o`zida ham etanol notekis tarqaladi. Tajribalarda shu narsa aniqlanganki, etanolning ko`p qismi ichki organlarning miya deb ataluvchi limbik sistemasiga, harakatlar koordinapiyasining markazi bo`lgan miyachaga, katta yarim sharlarning ko`rish qismiga to`g`ri kelar ekan.
Nerv hujayrasidagi qismlar spirtli ichimlikdan turlicha ta`sirlanishini ham aytib o`tish kerak. Sinaps tuzilmalari nerv sistemasining eng zaif qismi hisoblanadi. Bir hujayradan ikkinchisiga axborot o`tkazilganda dastlab possinaptatik membranalar zararlanadi. Chunki, etanol kationlarining membrana orqali o`tishida faol energetik mexanizmning funktsiyasi o`zgaradi, Shuning uchun, ichkilik asosida axborotning sanapslar bo`ylab berilishiga ta`sir etadi va reflekelarni tormozlaydi. Ichkilik muntazam iste`mol qilinganda reflektor faoliyatning susayish kuzatilgan. Bu ayniqsa ko`rish sistemasida namoyon bo`ladi, ya`ni ko`rish o`tkirligi kamayadi, idrok etish susayadi. Shunga ko`ra, xatto shirakayf holatda ham masalan, avtomobil haydovchisining to`satdan paydo bo`lgan xavfga javob reakpiyasi susayadi va avariyaga sabab bo`ladi.
Spirtli ichimlik oksidlanish jarayonlarining pasayishiga olib keladi. Bunda miyaning kislorod qabul qiladigan bo`limlari ko`proq zaharlanadi. Bosh miya po`stlog`i va uning dientsifal sohasi ana shunday bo`limlarning biridir.
Ichimlik miya funktsiyalariga turlicha ta`sir etadi. Birinchi navbatda ichki tormozlanish zararlanadi. Ichki tormozlanish susaygandan keyin idrok etish va axborotni o`tkazish qobiliyati ham izdan chiqadi. Natijada odam boshqalarning gapini eshitmaydigan bo`lib qoladi, nutqning ravonligi buziladi, o`zini boshqara olmaydi. Mast odam o`ziga juda ishonadigan, aqli esa sust bo`ladi. Hech qanday sababsiz, gox quvnoq, gox g`amgin bo`lib qoladi. U xatto yig`laydi ham. Mastlik boshlanishida bosh miya po`stlog`ining markaziy nerv sistemasida joylashgan po`stloq osti qismida tormozlanish ta`siri susayadi va shu tufayli odamning faolligi ortadi. Bu esa qilinmaydigan xulq-atvorda namoyon bo`ladi. eng avvalo ruxiy funktsiyalar buziladi, etanol hamda atsetilaldegid ta`sirida yuz beradigan fizik-kimyoviy o`zgarishlar odam xolatining brsqichma-bosqich o`zgarishiga sabab bo`ladi. Mast odam dastlab bo`shashadi, so`ng charchog`i ketib tinchlanadi, quvnoq va beparvo bo`lib qoladi. Mast odam sergap, vaysaqi bo`lib qoladi, xatti-harakatini nazorat qilmaydi, hech narsadan qo`rqmaydi. Bosh miya po`stloq osti hosilalariga avvalo, emotsionegen, strukturalariga ta`sir kuchi kamayadi. Buning natijasida qaxr-g`azab, gumon paydo bo`ladi, ba`zan yig`i keladi. Sitoplazmatik membralardagi fosfolipidlar yuvilib ketishi natijasida ularning to`sqinlik qilish funktsiyasi kamayib ketadi. Shuning uchun, faqat o`rtacha molekulyar emas balki oqsillar ham ular orqali o`taverady. Bunday membrani orqali hujayra ichiga, undan tashqariga ham moddalar bemalol o`taveradi. Shunga ko`ra, sitoplazma moddalari- fermentlari va ba`zi bopsha birikmalar qonda ko`p bo`ladi. Boshqa a`zolardan qonga to`shadigan zaharli moddalar osonlik bilan nerv hujayrasiga o`tadi. Oddiy sharoitda ular gemotoentsefalik to`siq orqali qonga o`taolmaydi. Ichaklardagi mikroblar hayotiy faoliyatining chiqindi maxsulotlari, turli kasalliklar vaqtida paydo bo`lgan zaharli moddalar, ximikatlar nerv hujayrasi ichiga osongina kirib, unga yana kuchli ta`sir etadi. Spirtli ichimlik jinsiy funktsiyami boshqaruvchi dientsefal va gipotalamus markazlariga ta`sir etadi, bosh miya strukturalari, gipotalamus, limbik sistema zararlanadi. Natijada qo`zg`oluvchanlik pasayib, jinsiy faoliyat yo`qoladi.
Ichkilik kam iste`mol qilinganda ham bosh miyaning qon-tomirlari sistemasida muhim o`zgarishlar sodir bo’lar ekan. Bular tomirlarning yo`g`onlashuvida, spazmada va qon bilan to`lishida, o`tkazuvchanligining kuchayishida, mayda va yirik qon tomirlarining o`zilishida (qon quyilishida) namoyon bo`ladi.
Qon tomirlarning kengayishi va o`tkazuvchanlik xususiyatining o`zgarishi neyronlar butun-butun qismlari nobud bo`lishining sabablaridan biridir.
Tomirlar devorlarining qalinlashuvi, birinchidan qonning normal oqishiga to`sqinlik qilsa, ikkinchi tomondan qon to`qimalarini qon bilan yetarli ta`minlanmaydi va arterio sklerozning rivojlanishiga sabab bo`ladi.
Asosiy adabiyotlar
Z.T.Rajamurodov, A.L.Rajabov “Odam va hayvonlar fiziologiyasi” T. 2010 y.
E.N.Nuriddinov “Odam fiziologiyasi” T.“Aloqachi” 2005 y.
Almatov K.T., Allamuratov.SH.I. “Odam va hayvonlar fiziologiyasi” T. Universitet. 2004 y.
Qo’shimcha adabiyotlar:
The Rignt Start to a Healthy Life. Contact : i.stegeman @eurohealthnet.eu, c.costongs @eurohealtnet.eu EuroHealthNet, Rue de la Loi 67 , 1040 Brussels, Belgium
TARQATMA MATERIAL:
Oliy nerv faoliyatini tipologik tafsiflang
Nerv faoliyati tipi
|
Qo`zg`olish va tormozlanish jarayonlarining xususiyatlari
|
Kuchli
|
Muvazanatli
|
Harakatchanligi
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |