Oliy nerv faoliyatining tiplari Evolyutsiyaning turli bosqichlaridagi hayvonlarning nerv sistemasining funktsional xususiyatlari bir xil emas. Bu funktsional xususiyatlar nerv sistemaning evolyutsion rivojlanishda morfologik farqdariga asoslanadi. Hayvonlarning ma`lum turida nerv sistema bir qator funktsional xususiyatlari bilan farq bo`ladi. Shu bilan birga bitta turga mansub turli xil individlar nerv sistemasi ma`lum individual xususiyatlari va belgilari bilan farq qiladi. I.P. Pavlov turli hayot vaziyatda odam va hayvonlarda shartli reflektor faoliyat xususiyatlarini o`rganib oliy nerv faoliyati tiplari xaqidagi ta`limotni yaratdi. Bu ta`limbt ilm va xalq xujaligining turli sohalarining vakillarini nerv sistemani funktsional xolatiga faol, ijodiy, ongli ta`sir etish imkonini berdi. I.Pavlov nerv sistemaning tipi deganda nerv sistemaning individual xususiyatlarini tushunadi. Odam oliy nerv faoliyatiga nisbatan nerv tiplari deyilganda harakter yoki temperamentlari tushuniladi. Nerv tipining ko`rsatkichlari bo`lib, tabiiy va laboratoriya ta`sirida shartli reflektor faoliyatning xususiyatlari hisoblanadi. Oliy nerv faoliyatining tipologik ko`rsatkichlari sifatida hammadan avval shartli reflekslarning hosil bo`lish tezligi hisoblanadi. Bu xususiyat bir turdagi turli hayvonlarda turli xildir. Oliy nerv faoliyatining individual xususiyatining boshqa ko`rsatkichi bo`lib shartli refleksii balandligi hisoblanadi. Oliy nerv faoliyatining uchinchi ko`rsatkichi shartli omilni sharsiz omil bilan mustahkamlanishdagi shartli refleksning mustahkamligidir. Bu ko`rsatkich bilan oliy nerv faoliyatining quyidagi inbividual harakteristikasi - reflekslarni tormozlanishining chuqo`rligi va davomiyligi bilan aniqlanuvchi tashqi va ichki tormozlanshgshing intinsivligiga bog`liq. Oliy nerv faoliyati tipining byoshinchi ko`rsatkichi bo`lib, qo`zg`olish va tormozlanish jarayonlaridagi irradiatsiya va kontsentratsiya (induktsiya)ning tezligi hisoblanadi. Oliy nerv faoliyati tipining oxirgi ko`rsatkichi budib, hayvonni turli ta`sirotlarga katta yoki kichik beriluvchanliga hisoblagnadi. Nerv sistemaning bu ko`rsatkichi nerv sistemani turli patologik xolatlarga olib kelishi mumkin. I.P. Pavlovning nazariy xulosalariga muvofiq turli hayvonlarda po`stloqning qo`zg`olish va tormozlanish jarayonlari quyidagi xususiyatlari; kuchi, muvazanati va harakatchanliga bilan farqlanadi. Qo`zg`olish va tormozlanish jarayonlarining kuchi tushunchasida fiziologik jarayonlarni katta yoki kichik ifodalanishi boshqacha aytganda qo`zg`olish va tormozlanshpda katta: yoki kichik effekt bo`lishi tushuniladi. Qo`zg`olish va tormozlanish jarayonlarining muvazanati deyilganda qo`zg`olish va tormozlanishning nisbati tushuniladi. Qo`zg`olish va tormozlanish jarayonlarining haraktchanligi deylganda qo`zg`olishni tormozlanishga, tormozlanishni qo`zg`olishga o`tish tezligi tushuniladi. Qo`zg`olish va tormozlanish jarayonlarining parametrlaridan biri bo`lib, miya yarim sharlarda idraditsiya va koyatsentrapiyasidir. Qo`zg`olish va tormozlanish jarayonlarini asosiy xususiyatlarini bu uchta xususiyatini o`rganib I.P. Pavlov oliy nerv faoliyatining to`rtta tipi bo`lishi mumkin degan xulosaga keladi. Bu to`rtta tipdan I.P. Pavlov uchtasini kuchli deb aniqlaydi. Bu tiplarda oliy nerv faoliyatida qo`zg`alish va tormozlanish jarayonlari kuchini yuqori bo`lishi aniqlangan. Ikkita kuchli tip vakillarida qo`zg`alish va tormozlanish jarayonlari muvazanatlashgan bo`ladi. Uchinchi kuchli tip vakillarida qo`zg`alish tormozlanish jarayonlarini muvazanatligini, qo`zgalish jarayonlarini ustun bo`lishi harakterlidir. Bu tip nerv jarayonlarining yuqori harakatchanligi bilan boshqa tiplardan farq qiladi. Shunday qilib, I.P. Pavlov tomonidan nerv sistemasi kuchli tiplar quyidagilarga bo`lingan: - kuchli muvazanatlashgan va harakatchaat yoki harakatchang muvazanatlashgan va inert yoki inert muvazanatlashmagan, harakatchang yoki tinchimas. Oliy nerv faoliyatining to`rtinchi tipiga qo`zg`alish va tormozlanish jarayonlarining kuchsizligi ya`ni bo`shligi, muvazanatsiz, inertligi xususiyatlari ustun keluvchi tip kiritilgai. Bu tip kuchsiz tip deyilib, miya po`stlog`i hujayralarining ishchanlik qobiliyatini tez pasayishi bilan harakterli. 2- jadvalda oliy nerv faoliyatining yuqorida keltirilgan to`rtta tipi keltirilgan.
Oliy nerv faoliyaning tipologik tafsifi
I.P. Pavlov laboratoriyasida olib borilgan tadqiqotlar shuni ko`rsatganki ko`pincha itlartnerv sistemasiningyuqoridagi tipologik xususiyatlariga to`g`ri kelmaydi. Bunday itlar alohida aralash nerv tiplariga kiratilgani ko`rsatiladi. Aralash tiplarga passiv himo tipdagi hayvonlar kiritilgan, bo`larda kuchli va zaif tip belgilari namoyon bo`ladi. Bunday tipdaga hayvonlar muhit tasirlariga o`zining barcha, reaktsiyalari bilan ehtiyotkor bo`ladi. Bunday itlarda himoya reaktsiyalar yaxshi rivojlangan. Aralash tipga yana misol qilib, kuchsiz muvazanatlashmagan qo`zg`oluvchan tip kiritilgan. Bunday hayvonni oliy nerv faoliyatining harakterlv xususiyati bo`lib, muhit ta`sirotlariga tormozlanishga nisbatan o`zgolish jarayovlariyai ustunligi hisoblanadi, Oliy nerv faoliyatining tipi tashqi muhitga munosabati bilan belgilanadi. Bir xil sharoitda tashqi muhnidi o`zgaishiga o`rta tipdagi hayvonlar tez moslashadilar, ya`ni harakatchang va tinch, kuchli tipdagi hayvonlar. Oliy nerv faoliyatining o`sha xususiyatlari ya`ni genotip tashqi muhit ta`sirlari davomida vaindividual hayot mobaynida jiddiy o`zgarishlarga duchor bo`ladi. Nerv sistemaning tipini o`zgarishi-fenotipini shakllavnishi ikkita yo`nalishda oliy nerv faoliyatining o`sha individual xususiyatlarini kuchayishi yoki susayishi va bu tug`ma xususiyatlarni qayta qo`rilishi bilan boradi. Oliy nerv faoliyatini qayta qurish, xoxlagan xususiyatlarni mustahkamlash, xususayatlarni yo`qotish nerv sistemasining boshqaruvchanlik funktsiyasiga ta`sir etish bilan o`zgartiriladi. Oliy nerv faoliyatiga ta`sir etish bilan uy hayvonlarini yangi zotlarini, itlarning eng yaxshi xususiyatlarini keltirib chiqarish mumkin. Masalan, armiyada turli maqsadlarda foydalaniladigan itlar. Odam va hayvonlar oliy nerv faoliyatiga ta`sir etish bilan organizmda ketayotgan barcha fiziologik jarayonlarni o`zgartirish mumkin. Shuni ta`kidlash lozimi, yoshlik davr boshqacha aytganda nerv sistemaning tipologik xususiyatlarini shakllanish davri oliy nerv faoliyatga ta`sir etish uchun, tarbiyani o`zlashtirish uchun eng qulay davr hisoblanadi, Odam oliy nerv faoliyati hayvonlar oliy nerv faoliyatidan son va sifat jihatdan murakkabliga, o`ziga xos xususiyat bilan farq qiladi. Shunga qaramasdan nerv sistemaning asosiy tipologik xususiyatlari - kuchi, muvazanati va harakatchanliga, miya po`stlog`idagi qo`zg`alish va tormozlanish jarayonlari odam va hayvonlar uchun umumiy hisoblanadi. Odam nerv sistemasi to`rtta bo`lishi mumkin. Odamlarnn uchta kuchli va bitta zayf tipga bo`lish mumkin. Gippokrat odamlarni to`rtta temperamentga bo`lgan. Kuchli, muvazavatli va harakatchang tip-sangvinik temperamentga mos keladi. Kuchli muvazanatli, tinch tip-flegmatik temperamentga mos keladi. Kuchli, muvazanatlashmagan, tinch emas tipga-xolerik temperament mos keladi. Kuchsiz (zaif), muvazantlashmagan tipga melanxolik temperament mos keladi. Odam oliy nerv faoliyati fenotipini shakllanishida ijtimoiy omillar-tarbiya va o`z-o`zini tarbiyalash muhim rol o`ynaydi. Oliy nerv faolnyatining tiplari haqidagi ta`limot tarbiyachilar, pedagoglar uchun muhim ahamiyatta ega. Oliy nerv faoliyatining tipologik xususiyatlari haqidagi ta`limot tibbiyot va mehnat fizioligiyasidagi juda dolizarb masalalarni yechishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bolalar qanchalik erta salomatligi haqida tushunchaga ega bo’lsalar ular shunchalik o’chmas iz qoldiradi. Yosh bolalarga ijobiy ta’sir ko’rsatish ularning salomatligiga ham ta’sir ko’rsatishdir. Ularga zaxira ma’lumotlarini to’plashlariga yordam berish ularning butun umrlarida foyda berishi mumkin, shu bilan birga zarar ham keltirishi mumkin. Agar Anna va Damiana iqtisodiy qiyinchlikda, ota-onalari bilan munosabatdagi kuchsizlik ya’ni kam munosabat qilish ularning hayoti, ruhiy va aqliy rivojlanishiga putur yetkazadi. Bu o’z navbatida ularning jismoniy taraqqiyotiga ham ta’sir qilib butun hayotida saqlanib qoladi.