3-bob. Dissertatsiyalarda plagiatni aniqlash yuzasidan ekspertizadan o‘tkazish va dissertatsiyalar mavzularini chop etish uchun sarf-xarajatlarni to‘lash tartibi va miqdorlari
11. OAKda ilmiy darajalar olish yuzasidan dissertatsiyalarda plagiatni aniqlash yuzasidan elektron ekspertiza o‘tkazish va “OAK Byulleteni” jurnalida dissertatsiyalar mavzularini e’lon qilish uchun sarf-xarajatlarni to‘lash quyidagilar hisobidan amalga oshiriladi:
talabgor mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yoki dissertatsiya bajarilgan tashkilot va muassasalarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan, — dissertatsiya ilmiy darajalarni beruvchi ilmiy kengash tomonidan talabgor oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutida o‘qish davrida qabul qilingan taqdirda;
talabgorning o‘z mablag‘lari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan, — dissertatsiya ilmiy darajalarni beruvchi ilmiy kengash tomonidan talabgor oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutida o‘qish muddati tugaganidan so‘ng qabul qilingan taqdirda.
12. OAK tomonidan quyidagi to‘lov miqdorlari belgilanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
OAKda fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish yuzasidan dissertatsiyada plagiatni aniqlash yuzasidan elektron ekspertiza o‘tkazish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida;
(12-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
OAKda falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish yuzasidan dissertatsiyada plagiatni aniqlash yuzasidan elektron ekspertiza o‘tkazish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida;
(12-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
“OAK Byulleteni” jurnalida dissertatsiyalar mavzularini e’lon qilish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 25 foizi miqdorida.
(12-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
OAKda ilmiy darajalar olish uchun dissertatsiyalarda plagiatni aniqlash yuzasidan elektron ekspertiza o‘tkazish va “OAK Byulleteni” jurnalida dissertatsiyalar mavzularini e’lon qilish uchun to‘lov OAKning budjetdan tashqari g‘aznachilik hisob raqamiga belgilangan tartibda kirim qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |