Eslatma. n elementni k taga ko‘ra joylashtirish deb, k ta elementni o‘z ichiga olgan berilgan to‘plamning har qanday tartiblangan qism to‘plamiga aytiladi.
Joylashtirish to‘g‘risida boshqacha fikrni ham aytish mumkin, u matematik tomondan unchalik qat’iy bo‘lmasada, biz uchun ancha tushunarli bo‘ladi.
n elementni k taga ko‘ra joylashtirish deb, nafaqat elementlari, balki ularning joylashish o‘rni bilan farqlanadigan k ta elementdan tashkil topgan berilgan to‘plamning har qanday qism to‘plamiga aytiladi.
Masalan, M = {1, 2, 3, 4} to‘plamdan 4 tasidan 2 tadan 12 ta har xil joylashtirishlar hosil qilish mumkin.
{1, 2} {1, 3} {1, 4} {2, 3} {2, 4} {3, 4}
{2, 1} {3, 1} {4, 1} {3, 2} {4, 2} {4, 3}
Do'stlaringiz bilan baham: |