Olimning toʻliq ismi Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Fargʻoniydir. Manbalarda uning fargʻonalik ekanligidan tashqari deyarli boshqa maʼlumotlar saqlanmagan



Download 18,59 Kb.
Sana08.11.2019
Hajmi18,59 Kb.
#25408
Bog'liq
Al Ahmad Farg'oniy

Olimning toʻliq ismi Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Fargʻoniydir. Manbalarda uning fargʻonalik ekanligidan tashqari deyarli boshqa maʼlumotlar saqlanmagan. Lekin shuni ham eʼtiborga olish kerakki, oʻrta asrlarda musulmon oʻlkalarida boʻlgan anʼanaga binoan, mamlakat poytaxti yoki markazini ham mamlakat nomi bilan atashgan. Masalan, 995 yilgacha Xorazmning poytaxti boʻlgan Kotni, keyingi poytaxti Gurganjni ham Xorazm deyishgan. Baʼzi arab mamlakatlarida bu odat hozir ham saqlanib qolgan. Misr poytaxti Qohiraning Misr, Shom (Suriya) poytaxti Damashqning Shom deyilishi shundan. Ana shu odatga koʻra, oʻrta asrlardagi Fargʻona vodiysining markaziy shahri Axsikatni ham Fargʻona deyishgan. Al-Fargʻoniy Fargʻona vodiysining Qubo (Quva) qishlogʻida tugʻilgan. Shunisi maʼlumki, al-Fargʻoniy xalifa Xorun ar-Rashidning sharqiy yerlaridagi muovini, oʻgʻli Abdullohning (boʻlajak xalifa al-Maʼmunning) Marvdagi olimlari doirasiga kirgan. Ehtimol, Abdulloh yoshligidan bilimga chanqoq boʻlgani uchundir, 806 yili Marvga noyib boʻlib tayinlanganida, Movarounnahr, Xuroson, Xorazmdan olimlarni va isteʼdodli yoshlarni toʻplay boshlagan. Bu olimlarning asosiy qismi Abdulloh u yerga kelganidan avvalroq toʻplangan boʻlishi ham ehtimoldan xoli emas, chunki Marv avvaldan, Sosoniylar davridanoq yirik ilmiy markaz hisoblangan. 651 yili eng soʻnggi Sosoniy shahanshoh Yazdigard ibn Shahriyor arablar taʼqibidan qochib bu yerga kelganida poytaxtdagi kutubxona kitoblarini ham olib kelganligi maʼlum. Marv arablar qoʻl ostida ham oʻz mavqeini yoʻqotmadi, aksincha to moʻgʻul isilosigacha oʻsa bordi. Shunga koʻra, uning IX asr boshida xalifalikning yirik ilmiy va madaniy markazi boʻlganligi tabiiydir.

Xalifa Xorun ar-Rashid 809 yili Tusda toʻsatdan vafot etadi va uning vasiyatiga koʻra Bagʻdodda taxtga katta oʻgʻli – Muhammad al-Amin nomi bilan oʻtiradi. Saroydagi xurosonlik aʼyonlar esa Abdullohni taxtni qoʻlga olishga daʼvat etadilar. 811 yildan 813 yilgacha aka-uka Muhammad va Abdulloh oʻrtasida taxt uchun olib borilgan kurash Abdullohning gʻalabasi bilan tugaydi va Muhammad katl qilinadi. Oʻsha yili Abdulloh taxtga al-Maʼmun nomi bilan oʻtiradi. Lekin u Bagʻdodga bormay 819 yilga qadar Marvda yashaydi. Natijada, Marv 813 yildan to 819 yilgacha xalifalikning vaqtincha poytaxti boʻlib turadi. 819 yili al-Maʼmun butun saroy aʼyonlari va ulamolari bilan birga Bagʻdodga koʻchadi. Ular orasida al-Fargʻoniy ham bor edi. Shunday boʻlsa ham al-Maʼmun qoʻl ostida u tuzgan ilmiy markaz “Bayt ul-hikma”da ishlagan olimlar orasida al-Fargʻoniyning nomi eslatilmaydi. Buning sababi, bizningcha, shunday boʻlishi mumkin: u davrda xalifalikda ikkita rasadxona faoliyat olib borardi, biri Bagʻdodning ash-Shammosiya mahallasida va ikkinchisi Damashq yaqinidagi Kasiyun tepaligida edi. Bu rasadxonalarning har birida “Bayt ul-hikma” olimlarining ikkita doimiy guruhlari ishlar edi. Ana shu olimlarning oʻzi rasadxonalari hojatidan kelib chiqib, ilmiy ekspeditsiyalar uyushtirardilar va umumiy rahbarlik Bagʻdoddan turib boshqarilardi. Balki al-Fargʻoniy Damashqdagi olimlar guruhida boʻlishi, al-Maʼmun uni Bagʻdodga kelishi bilanoq u yerga yuborgan boʻlishi mumkin. Abu Rayhon Beruniyning bir xabari shunday taxminga asos boʻladi. Uning aytishiga koʻra, Bagʻdod rasadxonasining ishida Yahyo ibn Abu Mansur, al-Xorazmiy va boshqa olimlar, Damashq rasadxonasida esa Xolid ibn Abdumalik va al-Fargʻoniy bilan birga ikkinchi guruh olimlar ishlaganlar U shuningdek, al-Fargʻoniyning Suriya shimolida, Sinjor sahrosida 832 – 833 yillar Tadmur va ar-Raqqa oraligʻida yer meridiani bir darajasining uzunligini oʻlchashda ishtirok etganini ham aytgan.



Nihoyat, al-Fargʻoniyning hayoti haqidagi eng soʻngi va eng aniq xabar 861 yil bilan bogʻlanadi. Mavjud maʼlumotlarga koʻra, u shu yili Qohira yaqinidagi Ravzo orolida nilometrni, yaʼni Nil daryosi suvi sathini belgilovchi uskunani yasagan yoki taʼmirlagan. Biroq al-Fargʻoniy qanday qilib va qanday sharoitda Misrga borib qolgani haqida ham aniq maʼlumot yoʻq. Al-Fargʻoniy hayotining muddati haqida ham qiyoslar qilish mumkin. Agar uning hayotini al-Xorazmiyning hayoti bilan qiyos qilsak, quyidagi xulosaga kelamiz. Maʼlumki, al-Xorazmiyning nomi yozma manbalarda oxirgi marta 847 yili xalifa al-Vosiqning oʻlimi munosabati bilan eslatiladi va shundan soʻng uchramaydi. Shunga koʻra, uning oʻlgan yili deb 850 yil qabul qilingan. Al-Fargʻoniyning nomi oxirgi marta 861 yili Nil sathini oʻlchagich uskunani taʼmirlash munosabati bilan eslatiladi… Al-Fargʻoniy 861 yildan keyin koʻp yashamagan va uning oʻlgan yili deb 865 yilni qabul qilish mumkin. Agar u al-Maʼmun bilan 819 yili Marvdan Bagʻdodga ketayotganda 20 – 25 yoshlar chamasida boʻlgan desak, u holda uning tugʻilgan yili deb 797 yoki 798 yilni qabul qilish mumkin. U holda uning hayot muddati 67 – 68 yoshni tashkil qiladi. Al-Fargʻoniyning asosiy astronomik asari “Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum kitobi” (“Kitob al-harakat as-samoviya va javomiʼ ilm an-nujum”) XII asrda Ovroʻpoda lotin tiliga ikki marta va XIII asrda boshqa Ovroʻpo tillariga ham tarjima qilinganidan soʻng, uning lotinlashtirilgan nomi “Alfraganus” shaklida Gʻarbda bir necha asr davomida keng tarqaladi. Uning bu kitobi shu asrlar davomida Ovroʻpo universitetlarida astronomiyadan asosiy darslik vazifasini oʻtadi. Al-Fargʻoniy asarining lotincha tarjimasi birinchi marta 1493 yilda nashr etilgan boʻlib, u eng qadimgi nashr qilingan kitoblardan hisoblanadi. 1669 yili mashhur Golland matematigi va arabshunosi Yakob Golius al-Fargʻoniy asarining arabcha matnini yangi lotincha tarjimasi bilan nashr etganidan soʻng, al-Fargʻoniy va uning asarining Ovroʻpodagi shuhrati yanada ortdi. Ovroʻpo Uygʻonish davrining buyuk namoyandalaridan biri boʻlgan mashhur olim Regiomontan XV asrda Avstriya va Italiya universitetlarida astronomiyadan maʼruzalarni al-Fargʻoniy kitoblaridan oʻqigan. Al-Fargʻoniy nomini Dante (XV asr) va Shiller (XVIII asr) ham eslagan.

Ovroʻpo olimlaridan Dalambr, Brokelman, X. Zuter, I. Yu. Krachkovskiy, A. P. Yushkevich va B. A. Rozenfeldlar al-Fargʻoniyning ijodini yuqori baholaganlar.
Download 18,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish