NAVOIY VILOYATI XALQ TA’LIM BOSHQARMASI ZARAFSHON SHAHAR XALQ TA’LIM B O‘LIMI
Umumta’lim maktablarida
“Bosh kiyim turlari. Do‘ppi tikish uchun o‘lchov olish, andoza tayyorlash. Do‘ppini bichish” mavzusini o‘qitishda ilg‘or pedagogik
texnalogiyalardan foydalanish
USLUBIY QOʻLLANMA
Zarafson shahar 8-umumiy o‘rta ta’lim
maktabining
texnologiya fani o‘qituvchisi
SAFAROVA DILOROM
NASULLAYEVNANING
Zarafshon – 2021
MUNDARIJA.
KIRISH………………………………………………...…………...……3
Zamonaviy o‘qituvchiga q o‘yiladigan talablar………………………...…5
Tarbiya darslarida qo‘llaniladigan texnologiyalarning dars
samaradorligini oshirishdagi roli..……………………..….….……...……8
Tarbiya fanini o‘qitishda ilg‘or pedagogik texnalogiylardan
foydalanish…………………………………..……………………...….....9
5-sinf tarbiya fanini mavzularni o’qitishda qo’llaniladigan
interfaol usullar.....…………………………………………………..…...21
Xulosa……………………………………………………………………23
Foydalanilgan adabiyotlar..………………….……………………...…...24
“Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan”.
Sh.Mirziyoyev
KIRISH
O'zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida bo‘layotgan o‘zgarishlar davlatimizning istiqbolini ta’minlovchi asosiy omillardan biri sifatida jahon ommasi tomonidan e’tirof etilmoqda. O‘z navbatida «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning qimmati unda har bir shaxsni jamiyat ehtiyojiga javob beruvchi kasb egasi qilib tarbiyalashga asosiy e’tibor qaratilgan1igi bilan belgilanadi. Ushbu asosda o‘quvchilarni ijodkorlik faoliyatiga tayyorlash ishlarining samarali yo‘lga qo‘yilishi ta’lim islohotlari muvaffaqiyatini ta’minlovchi muhim omil vazifasini o‘taydi. Ta’lim islohotlarining hozirgi bosqichida erkin fikrlovchi shaxsni tarbiyalash muammosi alohida dolzarblik kasb etmoqda. Bu boradagi milliy ta’lim modelining asosiy g‘oyasi va mazmuni «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da o‘z ifodasini topgan. Respublikam izda umumiy o‘rta ta’lim muassasalari oldiga qo‘yilgan o‘quvchilarni xalq xo‘jaligining turli sohalarida samarali mehnat qilishga, kasb-hunarlarni ongli ravishda tanlashga tayyorlash bo‘yicha ijtimoiy buyurtmasini bajarishda texnologiya fani o‘qituvchisining roli beqiyosdir. Davlat ahamiyatiga molik ushbu vazifani bajarish uchun texnologiya fani o‘qituvchisidan umum - mehnat bilim, ko‘nikma va malakalarini, kasbiy kompetensiyalarni takomillashtirishni hamda dinamik ravishda rivojlanib borayotgan pedagogik jarayon talablari darajasida pedagogika, psixologiya, metodika fanlari yutuqlari, zamonaviy texnika va ilg‘or texnologiyalar, ishlab chiqarish va bozor iqtisodiyoti munosabatlari bo‘yicha mukammal bilim hamda ko‘nikmalarni egallashni taqazo etadi. Shu munosabat bilan, texnologiya fani o‘qituvchisining bilim, ko‘nikma hamda malakalari ko‘lami va sifati, uning ta’lim-tarbiya jarayonini umumiy o‘rta ta’lim DTS talablari asosida tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha erishgan yutuqlari va yo‘l qo‘ygan kamchiliklari, kasbiy mahorati va shu kabi mehnat faoliyatiga oid murakkab va ko‘p qirrali faoliyatini takomillashtirish jarayonining didaktik shart-sharoitlarini aniqlash, nazorat maqsadiga muvofiq ravishda uning shakl, tur, usul va vositalarini optimal tanlash asosida nazorat o‘tkazish metodikasini ishlab chiqish, uning mazmunini boyitish, bu sohada mamlakatimiz miqyosida amalga oshirilayotgan tashkiliy ishlarning tahlili bu borada amalga oshirilayotgan barcha tadbirlarni ilmiy uslubiy asosda tashkil etilishini talab qilmoqda. Mazkur metodik qo’llanma ta’lim tizimi to‘g‘risida bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilariga mehnat ta’limi jarayoni bo‘yicha tushuncha berish orqali yosh avlodni tarbiyalash, shaxsni kamol toptirish, e’tiqod va maslaklarini shakllantirish, ma’naviy-axloqiy yuksaltirish jarayoniga olib kiradi. «Texnologiya fani o‘qitish m etodikasi, kasb tanlashga yo'llash» bo'yicha darslik fanning dasturiga muvofiq, pedagogika oliy ta’lim muassasalari ning m ehnat ta'lim i yo'nalishi talabalariga mo'ljallab yozilgan. Darslikda um um iy o'rta ta'lim m aktablarining 5 ~ 9 -sin f o'quvchilari uchun m ehnat ta ’lim ining maqsadi va vazifalari, Davlat ta'limi standartlari m azm uni va tamoyillarining uzluksiz holati yoritilgan. U m um iy ta ’lim m aktablarida asos qilib tanlangan «Texnologiya va dizayn», «Servis xizmati» va «Qishloq xo'jaligi asoslari» yo'nalishlari ishlab chiqarish bilan uyg'unlashtirilgan holatda o'z aksini topgan. Darslikda m ehnat ta ’limi o'qitish metodikasi, kasb tan lash ga yo'llash fanining maqsad va vazifalari, tarixiy taraqqiyoti metodologik asoslari hamda ilmiy-tadqiqot metodlari kabi masalalar dastlabki boblarda yoritilgan. Shuningdek, darslikning asosiy m azmunini fanning didaktik asoslari, fanni o'qitish metodikasi, rejalashtiruvchi hujjatlar, o'qituvchining darsga hamda o'quv yiliga tayyorgarlik masalalari va kurs ishi hamda bitiruv ishlarini bajarish metodikasi kabi masalalar tashkil etadi. O'quvehilarni kasb tanlashga yo'naltirish masalalari alohida mavzular ko'rinishida berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |