YOysimon elaklar
YOysimon elaklar egri chiziqli yuzaga egadir. Ular material zarralarini o‘lchamlari 0,15 - 2,5 mm bo‘lgan ho‘l materiallarni elashga moslashtirilgan. YOysimon elaklar shartli ravishda bosimli va bosimsizlarga bo‘linadi. Elaklarning markaziy burchagidagi ishchi yuzasi 90 gradusdan kichik bo‘lsa, u bosimsizga, 90 gradusdan katta bo‘lsa bosimliga kiradi. YOysimon elakning asosiy ishlash sharoitlari o‘rganilganda, kichik burchakli elaklarda elanish materialni xohlagan kichik tezligida sodir bo‘ladi, 160 – 180 gradus burchak ostidagi elaklar chegaraviy tezlikni kamayishi bilan elanish sodir bo‘lmaydi. Bu elaklarning qurilishi bo‘yicha soddadir va katta ishlab chiqarish unumdorligiga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |