Havo va gazlarni changdan tozalovchi apparatlar
Temir-beton mahsulotlarini ishlab chiqarishda ko‘p texnologik jarayonlarda changni ajratilishi kuzatiladi. CHang manbai ko‘proq transport qurilmalari, sement omborlari va aralashtirgich, kukunlash qurilmalari va boshqa shunga o‘xshashlardir.
Ishlab chiqarish binolarida changsiz havoli bo‘shliqni hosil qilish uchun texnologik jarayonni o‘zgartirish va har xil chang yutuvchi qurilmalarni o‘rnatish (siklonlar, elektrofiltrlar, engli tozalagichlar) bilan amalga oshiriladi. Siklonlar havoni yirik zarralardan tozalash uchun mo‘ljallangan. Unda ushlangan chang ko‘rinishdagi materiallar yoki texnologik agregatlarga yuboriladi yoki tashqariga chiqariladi. Siklonlar keltirilgan gaz yoki changlangan havo kirish qismiga tangensial holda kiradi va spiral chizig‘i bo‘ylab pastga yo‘naladi. Markazdan qochma kuchlar ta’sirida chang zarrachalari, qobiqning silindrik qismi ichki devorlariga uloqtiriladi va ular sirpanib konussimon qismiga tushadilar. Keyin cho‘kib qolgan chang eshik va chiqish qismi orqali siklondan chiqib ketadi. Tozalangan gaz spiral yo‘nalishi bo‘yicha yuqoriga ko‘tariladi va chiqish qismi orqali ketma-ket o‘rnatilgan filtrlarga yoki atmosferaga chiqib ketadi. Bir necha siklonlarni parallel va gruppa qilib birlashtirilsa, zarur bo‘lgan tozalash darajasini va ish unumdorligini ta’minlash mumkin. Bunday qurilmalar batareyali siklonlar deyiladi.
Issiq va agressiv gazlarni tozalash uchun suvli plyonkali (skrubberlar) siklonlar ishlatiladi.
CHang va suv quyqa hosil qilib, qobiqning konus qismiga oqib o‘tadi va eshik orqali siklondan chiqib ketadi. Tozalangan gaz silindrni yuqorigi ochiq qismi orqali atmosferaga chiqib ketadi. Gazlarning tezligi: siklonga kirayotganda 17-23 m/s, siklon ichida 6 m/s atrofida bo‘ladi. Siklonning diametri D=0,6 - 1,5 m ; balandligi N=5D. Suv sarfi 1 m3. Tozalangan gaz uchun (0,07-0,13) 10-3 m3 ni tashkil qiladi. Tozalash darajasi esa 80 – 90 % ga teng.
Elektrofiltrlarda yuqori energiya yordamida gazlar ionlashganda zarrachalar cho‘kadi. Elektrofiltrlar trubkali va plastinkalilarga bo‘linadi. Plastinkasimon elektrofiltrlarda gaz oqimining elektr maydonidan o‘tishiga qarab gorizontal va vertikallarga bo‘linadi. Tozalanayotgan gazdagi chang zarrachalari zaryadlanish va urishish ta’sirida trubaning ichki yuzasida harakatlanib uning devorlariga o‘tiradi.
Elektrodga o‘tirgan chang vaqti-vaqti bilan tozalanib bunkerga tushiriladi, keyin chiqib ketadi. Tozalangan gaz chiqish yo‘li orqali atmosferaga chiqadi. Trubasimon elektrofiltrlarda elektrodning diametri 200-300 mm, uzunligi esa 3-5 m ga teng.
Elektrofiltrlarda zarur bo‘lgan ish unumdorligini ta’minlash uchun uni alohida elementlarni parallel seksiyalarga yig‘iladi, tozalash darajasini oshirish uchun esa alohida seksiyalarni ketma-ket qilib quyiladi.
Plastinkasimon elektrofiltrlarda elektrod sifatida bir-biridan 250-300 mm masofada plastinalar qo‘llaniladi. Plastinalar orasiga simlardan tashkil topgan yuqori zaryad beruvchi elektrodlar o‘rnatiladi.
Engli filtrlar havoni va gazlarni tozalashni gazmol orqali filtratsiya qilish yo‘li bilan amalga oshirishga mo‘ljallangan. Ular dumaloq yoki yoysimon kesim yuzasiga ega bo‘ladi.
Tozalanayotgan gaz truba tarmoqlaridan qobiqning pastki qismiga beriladi o‘zini yo‘nalishini o‘zgartirib yuqoriga ko‘tariladi. Keyin esa gazmoldan surilib o‘tadi va truba tarmoqlari orqali atmosferaga chiqarib yuboriladi. Gazmol yuzasida gaz bilan kirib kelgan yangi zarralar ushlanib qoladi.
Bu vaqtda filtr qarshiligi keskin oshadi. SHuning uchun vaqti-vaqti bilan eng qismini silkitib va havo bilan tozalab turiladi. Filtrlash materiali sifatida ipgazlamani, yungli gazlamani, sun’iy va shisha gazmollar ishlatish mumkin.
Ipgazlamali filtrlar temperaturasi 650S gacha bo‘lgan gazlarni va havoni tozalashda ishlatiladi, yungli gazmollar esa 800S da, sun’iylari esa - neyloni 900S gacha, orlonni 1200S gacha, dakronni esa 1350S gacha bo‘lganda ishlatiladi. Temperaturasi 3500S gacha bo‘lgan gazlarni tozalashda shisha gazmolli filtrlar qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |