Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг 2014 йил сонли буйруғига илова


Innovatsion faoliyatni rivojlanishiga ta‟sir etuvchitarkibiy qismlar



Download 2,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/82
Sana23.06.2021
Hajmi2,38 Mb.
#99158
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   82
Bog'liq
Innavatsion iqtisodiyot Y E Aliyeva

Innovatsion faoliyatni rivojlanishiga ta‟sir etuvchitarkibiy qismlar 
Tarkibiy qismlar 
 
Mazmuni 
 
Xodimlar salohiyati 
Ishchilar  tarkibi,  ishchilarning  malaka  darajasi,  xodimlarni 
tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimi 
Moliyaviy iqtisodiy 
salohiyat 
Moliyaviy  barqarorlik,  likvidlilik,  foydalilik,  korxona  rentabelligi, 
bozordagi  mavqeyi,  innovatsiyalarning  foydaliligi,  asosiy  kapital, 
ITTKIga investitsiyalar, moliyalashtirish manbalari 
Ishlab chiqarish texnologik 
salohiyati 
Ishlabchiqarishfondlariningholativatexnologikdarajasi, 
ishlabchiqarishningzamonaviyinnovatsionvaaxborottexnologiyalari, 
ilg‗oruskunalar, materiallar, laboratoriyavaofisjihozlari 
Ilmiy-texnik salohiyat 
ITTKIlarni o‗tkazish, ITTKIlar natijalarini tijoratlashtirish darajasi, 
yangi  ilmtalab  ishlanmalarni  ishlab  chiqish  tajribasi,  intellektual 
mulk  ob‘ektlari  (ro‗yxatga  olingan  va  joriy  qilish  bosqichigacha 
olib borilgan).   
Tashkiliy boshqaruv 
salohiyati 
Tashkiliy 
tuzilma, 
innovatsion 
infratuzilma, 
innovatsion 
menejmentning  samaradorligi,  innovatsiyalarni  boshqarishning 
marketing strategiyalari, innovatsiyalarni moliyalashtirishni tashkil 
qilish,  intellektual  mulk  bo‗yicha  qonunchilik  darajasi  intellektual 
mulkni boshqarish 
Innovatsion faollik omillari 
Korxonaning  mulk shakli o‗lchamlari, tarmoq mansubligi, korxona 
xodimlarining  innovatsion  faoliyatini  amalga  oshirishga  tayyorligi 
va qobiliyati 
 
Innovatsion  faoliyatni  samaradorligini  oshiruvchi  va  uni  tashkil 
etuvchi  asosiy  tarkibiy  qismlaridan  ko‗rinadiki,  innovatsion  salohiyat 
xodimlar,  moliyaviyiqtisodiy,  ishlab  chiqarishning  texnologik,  ilmiy-
texnik,  tashkiliy  boshqaruv  salohiyatidan,  innovatsion  faollik  omillaridan 
tashkil  topsa,  innovatsion  faollik  innovatsion  tizimning  asosiy  unsurlari  – 
bilim,  texnologiyalar,  AKTlardan  samarali  foydalanish  imkoniyatlari, 
shuningdek barcha yangiliklarni joriy qilishga tayyorgarlikni tavsiflaydi. 
Innovatsion  faoliyatga  ta‘sir  etuvchi  tashkiliy  innovatsiyalar  –  bu 
biznesni  yuritishda,  ish  o‗rinlarini  yoki  tashqi  aloqalarni  tashkil  etishda 
yangi  uslublarni  ishlab  chiqishdir.  Bunday  innovatsiyalar  boshqaruv  va 
transaksion  xarajatlarni  qisqartirish,  korxona  tomonidan  ishchilarning  ish 


39 
 
 
o‗rinlari  (ish  vaqtlari)  bilan  ta‘minlanganlik  darajasini  oshirish,  mehnat 
samaradorligini oshirish, bozorda mavjud bo‗lmagan aktivlarga yo‗l topish 
yoki  etkazib  berish  narxini  kamaytirish  yo‗li  bilan  korxona  faoliyatining 
samaradorligini oshirishga yo‗naltirilgan bo‗ladi.  
Umuman  olganda  innovatsiyalarni  turlarga  ajratganda  turli  olimlarni 
yondashuvi  xilma  xildir.  Masalan,  Valras  va  Bomollar  innovatsiyalarni 
turlarga  ajratishda  mikroiqtisodiy  tomondan  yondashib,  har  bir  turdagi 
innovatsiyani  model  ko‗rinishidagi  hisob  kitobini  olib  borishgan.  Ularga 
ko‗ra,  innovatsiyalarning  mahsulot  turini  kengaytirishdagi  ahamiyati 
asosiy  e‘tibor  markazi  bo‗lgan.  Romerning  fikricha  esa  innovatsiyalarni 
turlarga ajratishda biznesga kirib kelish imkoniyatini bera olish va qilingan 
xarajatlarini  hech  qiyinchiliksiz  qoplay  olish  asosiy  me‘zon  sifatida 
keltirilgan.  
Biznesni  yuritishdagi  innovatsiyalar  tadbirkorlik  faoliyatining  yangi 
tashkiliy  usullarini  ishlab  chiqishni  bildiradi  va  ular  quyidagilarni  o‗z 
ichiga oladi:  
-  bilimlarni boshqarishning korporativ usullarini joriy etish; 
-  xodimlarning 
saviyasini 
oshirishga 
va 
ko‗chib  yurishini 
kamaytirishga mo‗ljallangan o‗qitish tizimini yo‗lga qo‗yish;  
-  ishlab  chiqarish  va  etkazib  berishni  to‗liq  boshqarish,  jumladan 
etkazib  berish  zanjirini,  ishlab  chiqarishni  oqilona  tashkil  qilishni, 
shuningdek sifatni boshqarish tizimini joriy etish. 
Innovatsion  faoliyatda  ish  o‗rinlarini  tashkil  etish  bo‗yicha 
innovatsiyalar  –  bu  korxonaning  alohida  faoliyat  turi  doirasida  yoki  turli 
faoliyatlari (tarkibiy bo‗linmalari) o‗rtasida ishlarning bajarilishi bo‗yicha 
xodimlar  orasida  javobgarlik  va  vakolatlarni  taqsimlashning  yangi 
usullarini yo‗lga qo‗yishdir. SHuningdek, faoliyat tarkibini belgilash, ya‘ni 
faoliyatning  turli  yo‗nalishlarini  integratsiyalashtirish  bo‗yicha  yangi 
konsepsiyalarini joriy etishdir. 
Korxona  innovatsion  salohiyatining  tarkibiy  qismlari  innovatsion 
salohiyatni  o‗rganish  asosida  biz  innovatsion  salohiyatni  aniqlashda 
quyidagi asosiy yondashuvlarni qayd etishimiz mumkin: 


40 
 
 
- innovatsion  faoliyatni  amalga  oshirishga  jalb  qilinishi  mumkin 
bo‗lgan resurslar majmui sifatida; 
- innovatsion faoliyatni amalga oshirish imkoniyati sifatida; 
- innovatsion faoliyatni amalga oshirishga tayyorgarlik sifatida; 
- innovatsion faoliyatni amalga oshirish qobiliyati sifatida. 
Fikrimizcha,  quyidagi  yondashuvlar  o‗zaro  ta‘sir  kuchiga  ega, 
innovatsion  faoliyatga,  qobiliyatga  ega  bo‗lish  bir  qator  imkoniyatlarning 
mavjudligi  bo‗lsa,  o‗z  navbatida  bu  innovatsion  salohiyatni  amalga 
oshirishga imkoniyat va zarur bo‗lgan tayyorgarlik darajasini ta‘minlovchi 
muhim shartlardan biri hisoblanadi (2.1.3-jadval).  
2.1.3-jadval 

Download 2,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish