https://www.youtube.com/watch?v=edq07biGpC0
Harvard
professor Clayton Christensen, disruptive innovation and higher education
5.
www.aup.ru
Innovatsiya i ekonomika, chto ix svyazыvaet?
2.3. Innovatsion iqtisodiyotda xizmatlar bozorini rivojlantirish
Globallashuv sharoitida iqtisodiy rivojlanishida ilm fanning tutgan
o‗rnini belgilab olish va uni chuqur anglashga qiziqish tobora kuchayib
bormoqda. Bilimlar iqtisodiyotiga o‗tish mamlakatda yangi bilimlarni
yangi texnologiyalarga, milliy va global bozorlarda o‗z haqiqiy
iste‘molchilarini topa oladigan mahsulot va xizmatlarga samarali tarzda
aylantira oladigan yaxlit bir tizimini shakllantirishni talab etmoqda.
O‗zbekiston Respublikasida o‗tkazilgan Respublika ―Innovatsion
g‗oyalar, ishlamalar va texnologiyalar‖, ―Sanoat yarmarkasi va
kooperatsion birjalar yarmarkasi‖da taqdim etilgan ilmiy-tekshirish
ishlamalari va texnologiyalari, qo‗shma korxonalarda ishlab chiqarilgan
tovar va xizmatlarni sifat ko‗rsatkichlari xalqaro ISO standart talablariga
mosligi va O‗zbekistonda lokalizatsiya qilingan import o‗rnini bosuvchi va
eksportga yo‗naltirilgan ko‗plab tovarlar ishlab chiqarilmoqda.
Yuqori tartibdagi raqobat afzalliklari (yangi ilmiy ishlamalar,
texnologiyalar, novotarlarning innovatsion monopoliyasi)ga asoslangan
innovatsion rivojlanishi yangi sohalar va yangi bozorlarga faol bostirib
kirishni tashkil qilish uchun katta strategik imkoniyatlar yaratadi. Bu
strategik imkoniyatlar o‗z navbatida iqtisodiy o‗sishning sifat jihatidan
yangi salohiyatini yaratadilar.
1. Birlashmalar, yutib yuborishlar yoki yangi va qo‗shma korxonalar
tashkil qilish asosida yangi sohaga kirib borish.
2. Turdosh sohalarda har tomonlama rivojlanish.
3. Turdosh bo‗lmagan sohada har tomonlama rivojlanish.
4. Ishlab chiqarishni yig‗ishtirish va tuzatish.
5. Aralash har tomonlama rivojlanish va qayta qurish.
6. Ko‗p millatli har tomonlama rivojlanish.
Agar yangi sohaga kirib borishda yangi kompaniya yoki qo‗shma
korxonani tashkil qilish strategiyasi har tomonlama rivojlanmagan
71
kompaniya tomonidan kuchli va foydali raqobat o‗rinlarini egallash uchun
qo‗llanilsa, qoloq ishlab chiqarishlarni yig‗ishtirish va tugatish,
transmilliy har tomonlama rivojlanish maqsadidagi qayta qurish,
rivojlanish strategiyasi, qoidaga ko‗ra, kuchli va etarlicha keng har
tomonlama rivojlangan koorporatsiyalarda vujudga keladi.
So‗nggi yillarda ko‗plab olimlar va mutaxassislar tomonidan
innovatsion
xizmatlar
bozorini
shakllantirish
va
boshqarish,
rag‗batlantirish yuzasidan ilmiy-tadqiqotlar ko‗lami kengayib borayotgan
bo‗lsada, ammo innovatsion xizmatlar bozorining ayrim muhim jihatlarini
tadqiq etish zarur darajada emas, xususan, mazkur bozorning faoliyat
yuritish shartlari, asosiy sub‘etklarining o‗zaro samarali aloqalarini
ta‘minlash omillarini ochib berish, hududlarda innovatsion xizmatlar
bozorini qo‗llab-quvvatlash va rag‗batlantirish yo‗llarini aniqlashga
ehtiyoj mavjud. Bundan tashqari,iqtisodiy tizimning muntazam rivojlanib
borishi innovatsion xizmatlar bozorini rivojlantirishning yangi modellarini
ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Innovatsion xizmatlar bozori deganda innovatsion xarakterga ega
bo‗lganxizmatlarni
yaratuvchilar
bilan
shunday
xizmatlardan
foydalanuvchilar (iste‘molchilar) o‗rtasidagi innovatsion xizmatlarni sotish
va xarid qilish, etkazib berishga qartilgan iqtisodiy munosabatlar
majmuasini tushunish mumkin
9
.
Zamonaviy sharoitlarda innovatsion xizmatlar bozori deyali barcha
hududlarda (makonda) mavjud bo‗lishi ko‗zda tutiladi, shu bilan birga
odatda innovatsion xizmatlar ilg‗or texnologiyalar, texnik va uskunalar,
yondashuvlarni o‗zida mujassamlashtirgani sababli, ular innovatsiyalarga
to‗lov qobiliyatiga ega talab yuqori bo‗lgan muhitda kengroq tarkib topadi.
SHu nuqtai nazardan turli hududlarda innovatsion xizmatlar bozorini
rivojlanganlik darajasi ko‗p hollarda mazkur hudud iqtisodiyoti, xususan
uning real sektorining rivojlanganlik darajasiga mutanosib ekanligi
kuzatiladi.
9
Innovatsion darajasini aniqlash bo‘yicha mezonlar xususida Ilmiy markazning 2015 yil bo‘yichatayyorlagan ilmiy
hisobotining ―Hududlar iqtisodiyotini innovatsiyalar asosida rivojlanirishning mezon va ko‘rsatkichlari‖ bo‘limida
batafsil ma‘lumotlar keltirilgan.
72
Hududiy innovatsion xizmatlar bozori hududda shakllangan
innovatsiya tizimining eng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi, chunki u
innovatsiyalar yaratuvchilar hisoblanadigan institutlarni rag‗batlantirish
orqali yangi innovatsiyalarni paydo bo‗lishiga, innovatsiyalarni amaliyotga
tadbiq etish orqali rivojlatirishga intiladigan korxona, korxonalar,
tadbirkorlik
sub‘ektlarining innovatsiyalarga bo‗lgan ehtiyojlarini
qondirish uchun asosiy makon vazifasini o‗taydi.
Agar
hududiy
innovatsiya
tizimi,
bilimlar,
texnologiyalar
innovatsiyalarni yaratish va sotish bilan band bo‗lgan, o‗zaro bog‗liq
tuzilmalar (korxonalar)ning hamda ta‘lim, ilmiy, tadbirkorlik va notijorat
korxonalarining hududiy darajada o‗zaro aloqalarini ta‘minlaydigan
huquqiy, moddiy-moliyaviy, axborot va ijtimoiy xarakterdagi tuzilmalar
ekanini inobatga olsak hududiy innovatsion xizmatlar bozorini mazkur
aloqalarni shakllanishiga xizmat qiluvchi omillardan biri sifatida talqin
etish mumkin.
XXI asrning ikkinchi va uchinchi o‗n yilliklardagi dunyoning
innovatsion o‗zgarishlari ishlab chiqarishning postindustrial iqtisodiy
uslubining shakllanishi bilan ifodalanadi. Garchi bu jarayon uzoq muddatli
va ziddiyatli bo‗lsada, hozirdanoq uning asosiy jihatlari ko‗zga
tashlanmoqda.
Birinchidan, bu integral iqtisodiy tizim. Bu xususiy mulkchilikka
yo‗naltirilgan, har tomonlama raqobatli ko‗rinishdir. Bozor iqtisodiyoti
tadbirkorlarning shaxsiy tashabbuslari va innovatsion faolligi bilan hozirgi
va kelajakdagi avlodlar uchun munosib turmush tarzini ta‘minlash,
davlatning marketing strategikinnovatsion funksiyalarini amalga oshirish,
bozor iqtisodiyotining davlat tomonidan tartibga solinishi hamda inson
kapitali, tabiiy resurslar muhitini takror ishlab chiqarishni ta‘minlovchi
nobozor sektorining rivojlanish darajasi yuqoriligi bilan bog‗lashga imkon
beradi.
Ikkinchidan, bu ko‗p ukladli iqtisodiyot bo‗lib, unda har bir iqtisodiy
uklad o‗ziga xos bo‗lgan o‗rin egallab, boshqa ukladlar ustidan
hukmronlik qilmaydi va ular bilan birlashadi. Bu erda gap turli
ukladlarning optimal tarzda birlashuvi va hamkorligi haqida boradi:
73
- texnologik o‗sishni amalga oshiruvchi, monopoliyaga qarshi kurash
bo‗yicha kuchli nazorat ostida bo‗lgan ishlab chiqarish markazlashuv
darajasi yuqori tarmoqlarda ishlab chiqarish strukturasini o‗zgartiruvchi
yirik biznes;
- millionlab fuqarolarning tadbirkorlik tashabbuslari uchun keng
imkoniyatlar ochib beruvchi, innovatsion faollikning yuqoriligi bilan
ajralib turuvchi, yirik ishlab chiqarishdan bo‗shatiluvchi va mehnat
bozoriga yangi kirib keluvchi ishchi kuchining bandligini ta‘minlovchi
kichik va o‗rta biznes;
- strategik ahamiyatga ega tarmoqlar va nobozor sektorida
mujassamlashgan hamda davlatning strategik innovatsion funksiyalarini
amalga oshirishni ta‘minlovchi davlat mulki;
- aholining hayot faoliyati muhitini (uy-joy, kommunal xo‗jalik va
atrof-muhit muhofazasi), ma‘naviy takror ishlab chiqarish salohiyatidan
foydalanishni (maktablar, madaniy muassasalar va hokazo) ta‘minlovchi
munitsipal uklad;
- inson faoliyati va takror ishlab chiqarishda eng muhim funksiyalarni
bajaruvchi, uy va shaxsiy oilaviy xo‗jalik bilan ifodalanuvchi natural
uklad.
Shunisi muhimki, har bir uklad o‗ziga xos bo‗lgan funksiyalarni
bajarish bilan birga egallab turgan o‗rnida eng samarali bo‗lishi lozim.
Chunki, iqtisodiy o‗sish sur‘atlari va ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik
bog‗liq bo‗ladi.
Barcha bozorlar kabi innovatsion xizmatlar bozori talab va taklif,
raqobat asosida, ta‘kidlash joizki, mazkur bozor anan‘aviy tovarlar va
xizmatlar bozoridan o‗zining bir qator xususiyatlari bilan keskin
farqlanadi. Innovatsion xizmatlar mahsuli aksariyat hollarda muayyan
buyurtma asosida emas, mustaqil ravishda (ishlab chiqaruvchining o‗z
tashabbusi bilan) yaratiladi va bozorga chiqariladi. Bundan tashqari, yangi
innovatsion mahsulot yoki xizmat uni amalga tadbiq etish bilan bog‗liq
qo‗shimcha amallar, xarajatlar va jarayonlarni amalga oshirishni talab
etadi. Ularning amaliyotda qanchalik foydali bo‗lishini oldindan baholash
74
mushkulligi sabab mazkur mahsulot yoki xizmatlar bilan bog‗liq risk
darajasi yuqori.
Hududlarda innovatsiya xizmatlari bozori xususida so‗z borganda
ayrim hollarda bozorga taklif etilayotgan innovatsion mahsulot uning
potensial iste‘molchilarining texnologik jihatdan etarlicha tayyor emasligi
tufayli ham talabga ega bo‗lmasligi mumkinligi ehtimolini hisobdan
chiqarish mumkin emas.
Innovatsion xizmatlar bozori hudud iqtisodiyoti rivojlanishiga ta‘siri
quyidagi jihatlar va natijalarda namoyon bo‗ladi (2.3.1-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |