2.3.2-rasm. Innovatsion xizmatlar bozorini shaklantiruvchi asosiy
elementlar
Mazkur baza innovatsion xizmatlar bozori barqaror faoliyat yuritishi
uchun zarur rag‗batlantiruvchi omillarni qo‗llab-quvvatlash hamda bozor
ishtirokchilari o‗rtasidagi iqtisodiy-huquqiy munosabatlarni tartibga
solishga xizmat qilishi lozim.
Innovatsion
xizmatlar bozorini
asosiy elementlar
talab
taklif
baho
huquqiy-
me‘yoriy
hujjatlar
76
O‗z navbatida hudularda innovatsion xizmatlar bozori bir qator
asosiy shartlar va tamoyillarga javob berishi zarur, xususan: texnik-
texnologik, tashkiliy-iqtisodiy darajaga muvofiq bo‗lish, iqtisodiy ishlab
chiqarish kuchlari darajasiga mutanosibligini ta‘minlaydi; universallik
(iqtisodiyotning barcha tarkibiy qismlari va darajalari uchun xos bo‗lgan
umumiy tamoyillarga asoslanishi) bilan hududiy o‗ziga xoslikning
(hududiy ixtisoslashuvni hisobga olish, bevosita hududning o‗zida, uning
strategik manfaatlari hisobga olgan holda shakllantirilishi) uyg‗unligini
ta‘minlashidan iborat.
Innovatsion xizmatlar bozorining asosiy sub‘ektlari innovatsion
mahsulot va xizmatlar yaratuvchilar (odatda, ilmiy-tadqiqot muassasalari,
o‗quv yurtlari, innovatsiyamarkazlari, konstruktorlik byurolari, tajriba
korxonalari va boshqalar) va innovatsion mahsulot va xizmatlardan
foydalanuvchilar hisoblanadi.
Innovatsion mahsulot va xizmatlarni yaratuvchilar va innovatsion
mahsulot va xizmatlardan foydalanuvchilardan tashqari, innovatsion
xizmatlar bozorining yana bir ishtirokchisi sifatida innovatsion mahsulot
va xizmatlarni yaratuvchilar va undan foydalanuvchilarning o‗zaro
aloqasini ta‘minlashga xizmat qiluvchi vositachi korxonalarni ko‗rsatish
mumkin.
Bunday
korxonalarga
innovatsiya
markazlari,
patent-
litsenziyakorxonalari,
axborot-konsultativ
xizmatlari
ko‗rsatuvchi
korxonalar, marketing agentliklari kabilarni kiritish mumkin.
Garchi mazkur korxonalarning asosiy vazifasi ushbu aloqani
ta‘minlashdan iborat bo‗lsada, ayrim hollarda ular innovatsiyalar bozorida
talab mavjud bo‗lgan innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqarishni moddiy
yokiboshqa reurslarni jalb etgan holda raqobatlantirish yo‗li bilan ularga
egalik qilish va kelgusida ularni sotish vazifalari bilan ham
shug‗illanishlari mumkin. Bunday korxonalar odatda innovatsion bozor
keng rivojlangan, innovatsion ishlanmalar ehtiyoj yuqori bo‗lgan
hududlarda faoliyat yuritadi. Ilmiy adabiyotlarda keltirilgan hududiy
innovatsion xizmatlar bozori sub‘ektlari tarkibiga kiritilishi mumkin
sub‘ektlarning tizimlashtirilgan holati keltirilgan (2.3.1-jadval).
77
2.3.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |