6
1.Reklama va uning mohiyati.
Biz reklama deganda nimani tushunamiz Hozirgi kunda odatda Reklama –
bu “savdo yetakchisi” degan iborani eshitamiz. Lekin biz reklamaga boshqa ta’rif
beramiz: Reklama – bu birovga biror narsa haqida ma’lumot berish. Ammo
reklama juda keng ma’no anglatadi va turli hil izoh berish mumkin, nafaqat bir
ta’rif bilan chegaralanib qolmaslik kerak. Reklama - bu turmahsulot va
iste’molchi orasidagi bilvosita aloqa shaklidir. Reklamada ommaviy aloqa
vositalaridan, ayniqsa, katalog, broshura, afisha kabi nashr materiallaridan
foydalaniladi. Reklama maqsadi - diqqatni jalb etish, qiziqish uyg‘otish,
iste’molchilarga ma’lumot yetkazish va uni ma’lum tartibda harakat qilishga
majbur qilish (masalan, turagent bilan bog‘lanish, qo‘shimcha ma’lumotlar so‘rab
olish va hokazo).
Bu savolga chuqurroq qarasangiz agar, umuman olganda reklama haqida
hammaga bilish foydali va darkor! Bu mavzuda so’z borayotganda, biz nafaqat
biznes haqida fikr yuritamiz, balki umuman bizning atrofimizdagi har kungi
hayot haqidadir. Biz hammamiz reklama bilan bog’liq va gar ishlaringiz rivojini
hohlasangiz, reklamaga katta e’tibor bering.
Reklama qilish imkoniyati faqat puliborlarda emas, balki kim yaxshi
reklama qilsa, o’shaning qo’liga pul keladi. Albatta omad uchun boshqa narsalar
ham muhim, misol uchun sog’liq! Va albatta omad uchun ancha narsalarni qilish
kerak va keyin bu ishlar natijasini reklama qilishga o’tish kerak!
Relkama – tovarlarning sifati, ularni sotib olishdan ko’riladigan naf
haqidagi axborot; bevosita yoki bilvosita foyda olish maqsadida yuridik va
jismoniy shahslar yoki mahsulot to’g’risida tarqatiladigan maxsus axborot.
Reklama marketingning tarkibiy qismi hisoblanib, talab va iste’molchilar
didining shakllanishiga ta’sir ko’rsatadi. Reklama korxona imijini yaratish (uzoq
davrli ta’sir ko’rsatish), joriy sotish hajmini ko’paytirish(qisqa davrli ta’sir
ko’rsatish), haridorlarga nima sotish olishni va uni nima uchun sotibolish
zarurligini hal qilishda yordamlashish va boshqa maqsadlarda olib boriladi.
Reklamaning asosiy vazifasi – haridorni qiziqtirish, mijoz haridorlarni
yo’qotmaslik va ularni kengaytirishga qaratiladi.
Reklamaning paydo bo’lish tarixi juda qadimiy, Yunoniston va Qadimgi
Rimda og’zaki va yozma reklama, hatto tovar belgisi qo’yib tamg’alash yo’li
bilan tovarlar reklama qilinganligi haqida ma’lumotlar bor. Hozirgi shakldagi
reklama ilk marta AQSHda paydo bo’lgan. Bu yerda 19-asrning 2-yarimida
birinchi reklama agentliklari faoliyat ko’rsatgan va reklama katta daromad keltira
boshlagan. Dastlab yozma reklama haridorlarni magazine va unda sotiladigan
tovarlardan xabardor qilish vazifasini bajargan. Bu ish taxtalavxa yozish va
vitrinalar tashkil etish orqali amalga oshirilgan. Keyinchalik reklama potensial
haridorga nashrlar orqali murojaat shakliga aylandi – afishalar, kitoblar ,
jurnallar, gazetalarda axborot reklama e’lonlari paydo bo’ldi. Reklama ishiga
ommaviy axborot vositalari (matbuot, radio, televideniya,kino) jalb etildi.
7
Reklama bir necha vazifalarni bajaradi:
1.tovarlar va xizmatlar iste’molchilarni xabardor qilish, ma’lumotlar berish
vazifasi – reklama e’lonlarida tovar va xizmatlarning sifati, ishonchliligi, ularni
qo’llash sohari, ishlab chiqaruvchilari va sotib olish yo’llari haqida ma’lumot
beriladi;
2. Ishontiruvchi reklama – mavjud tovarga iste’molchi va haridorlarning
moyilligini oshirishga xizmat qiladi;
3. eslatuvchi reklama – mavjud, ammo nir qadar unutilgan talabni, haridorlarning
o’zlariuchun ma’lum bo’lgan tovarlarga munosabatni kengaytirishda muhim
o’rinda turadi. Bunday reklama davriy yangilanib turadigan va mavsumiy tovarlar
uchun qo’llaniladi.
Har bir firma o’z reklama faoliyatini reklama agentlarini yo’llash yoki
reklama xizmati tuzish yoki maxsus reklama agentliklari xizmatlaridan
foydalanish asosida amalga oshiradi. Reklamaning samaradorligi ko’p jihatdan
talabni o’rganishni tashkil qilishga bog’liq bo’lib, haridorlar doirasini aniqlash va
ularga ta’sir o’tkazish usullariga yordam beradi. Hozirgi davrda reklama
matbuot,radio, televideniya orqali olib boriladi, maxsus reklama filmlari
namoyish etiladi. Reklama qilish maqsadida plakat, buklet, tovar kataloglari
ko’rkam qilib chiqariladi va tarqatiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida reklama xizmatlarining ahamiyati kuchayib,
muomala harajatida reklama harajarlarining hissasi ortib boradi, reklama
tadbirkorlikning alohida bir tarmog’iga aylanadi va reklama maxsus qoidalar va
qonunlarga muvofiq tashkil etiladi. Qonuniylik, aniqlik, ishonchlilik, reklamadan
foydalanuvchiga zarar, shuningdek, ma’naviy zarar yetkazmaydigan shakllar va
vositalardan foydalanish reklamaga doir asosiy talablardir.
Do'stlaringiz bilan baham: