3
ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ САМАРҚАНД
ИҚТИСОДИЁТ ВА СЕРВИС ИНСТИТУТИ
“ИҚТИСОДИЁТ ВА МЕНЕЖМЕНТ” ФАКУЛТЕТИ
“МАРКЕТИНГ(ТУРИЗМ)” ЙЎНАЛИШИ
ТУРИЗМ АСОСЛАРИ ФАНИДАН
Мавзу: Туризмда рекламанинг ўрни
Бажарди: МР-113 Бойжигитов Санжар
Текширди: Турсунова Г
Самарқанд – 2014
4
ТУРИЗМДА РЕКЛАМАНИНГ ЎРНИ
КИРИШ
АСОСИЙ ҚИСМ
1.Реклама ва унинг моҳияти.
2. Туризм соҳасини ривожлантиришда рекламанинг ўрни.
3. Реклама турлари ва воситалари.
4. Туризмда реклама – ахборот режа – дастурини тайёрлаш
5. Турпакет.
ХУЛОСА
ФОЙДАЛАНГАН АДАБИЁТЛАР РЎЙХАТИ
ИЛОВАЛАР
5
Kirish
O’zbеkiston zamonaviy turizm industriyasini rivojlantirish uchun barcha
zarur manbalarga ega. Buyuk Ipak yo’li ustida joylashgan Vatanimiz qulay
tabiiy-iqlim sharoitlariga boy tarixiy, madaniy mеrosga va ayni paytda qam
ichki, qam xalqaro turizmni rivojlantirish uchun yuqori saloqiyatga ega.
Zamonaviy turistlik tashkilot va korxonalar bugungi kunda yangi axborot
tizimlari, kompyutеr tеxnologiyalaridan foydalanuvchi tеxnika bilan
ta'minlangan yuqori tеxnologiyali ishlab chiqarishga ega. Mijoz sifatli xizmatlarni
olishi zarur- bu davr talabi bo’lib qolmoqda Ushbu muammoni amalga
oshirishda mutaxasis kadrlar qal qiluvchi rol o’ynaydi
Bu o’quv maskanlarning namunaviy o’quv rеjalariga muvofiq umumkasbiy
fanlar blokidan tashqari, ixtisoslik fanlar blokida o’qitiladigan fanlar qatorida
turgan « Turizm asoslari» fani qam aqamiyati jiqatidan ixtisoslik fanlarining
alifbosi bo’lib qisoblanadi.
O’zbekistonda reklama tayyorlash va tarqatish bilan bog’liq munosabatlar
O’zbekiston Respublikasining “Reklama to’g’risida”(1998-yil 25-dekabr) qonuni
va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tartibga
solinadi. Ushbu qonunga ko’ra, iste’mollarni chalg’itadigan yolg’on yoki noaniq
ma’lumotlarni reklama vositasida tarqatish, shuningdek, ayrim tovarlar yoki
faoliyat sohalarini reklama qilish qonun yo’li bilan taqiqlanadi.
Kundan-kun o’z tarovati va salobatini namoyon aylayotgan yurtimizda
bugungi kunda erishayotgan yutuqlarimizni butun dunyo e’tirof etmoqda.Bir-
biridan go’zal va hashamatli imoratlarni, mevalari va manzarali daraxtlar turli
xildagi turfa gullari bilan bezalayotgan, ko’rkiga-ko’rk bag’ishlayotgan ko’chalar
va xiyobonlari, yosh avlod uchun qurilayotgan yorug’, qulay va jahon
andozolariga to’liq javob beradigan o’quv maskanlarini, sport komplekslarini
ko’rib ko’zingiz quvonadi.
“Ma’daniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish
to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuni, 2001-yil 30-avgustda qabul
qilingan “Ma’daniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishni
yanada
takomillashtirish
chora-tadbirlari
to’g’risida”,
O’zbekiston
Respublikasining Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 29-iyuldagi 269-sonli
qaroriga asosan, Samarqand viloyati hokimi va shahar hokimlarining tegishli
qarorlari qabul qilingan. Samarqand hududida madaniy meros obyektlari 2646
tani tashkil qiladi. Shundan 1530 tasi arxeologik yodgorliklar, 813 tasi arxitektura
yodgorliklari, monument yodgorliklari esa 225 ta, memorial lavhalar 71 ta va
shuningdek 7 ta diqqatga sazovor joylarni tashkil etadi.