Vaqtni va mahsulot sotishni boshqarish
Vaqt zaxiraga olib qo‘yilishi mumkin bo‘lgan narsa emas. Soat millari vaqtni hisoblagani sari vaqt ko‘proq yo‘qotilib boradi. Kun oxirida qo‘shimcha ishlatilishi mumkin bo‘lgan vaqt qolmaydi. Barcha tadbirkorlar vaqtdan samarali foydalanishlari darkor, vaqtdan samarali foydalanish kaliti esa vaqtni boshqara olishdan iboratdir. O‘z vaqtini rejalashtirish orqali tadbirkorlar yaxshiroq natijalarga erishadilar. Vaqtdan foydalanish samaradorligini oshirish yo‘llari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: maqsadlarni belgilash, muddatlarni belgilash, har bir muhim sohaga maqsadli vaqt ajratish.
Ijodiy yondashuv, muammolarni hal eta olish, yangi imkoniyatlarni izlab topish — tadbirkorlarning o‘ziga xos xususiyatlaridir. Shuning uchun ular bunday ishlarga alohida vaqt ajratishlari lozim. Тadbirkorlar muhim, deb hisoblagan vazifalarga ajratiladigan vaqt iloji boricha samarali ishlatilishi kerak. Inson vaqtni «zaxiraga olish yoki olmaslik, uni tejash yoki tejamaslik»ni tanlay olmaydi. Vaqt tadbirkorning eng qimmatli aktivlaridan biridir.Тadbirkorlar turli yo‘llar bilan vaqtlarini bekor o‘tkazishlari mumkin, jumladan:
ish bilan bog‘liq bo‘lmagan shaxsiy masalalar haqida gap sotish;
keraksiz yoki juda uzun majlislar o‘tkazish;
ishda haddan tashqari ko‘p tanaffuslarga yo‘l qo‘yish;
nouyushqoqlikka yo‘l qo‘yish;
kam vazifalarni boshqalarga berish yoki umuman, vazifalarni taqsimlamaslik;
jur’atsizlik, shuningdek, uchrashuvlarga doimiy kechikish yoki ularga bormaslik.
Bunday holatlar vaqtni o‘ta samarasiz sarflanishiga olib keladi va tadbirkordan o‘z vaqtini qat’iy nazorat qilish talab qilinadi. Har bir aqlli tadbirkor o‘z vaqtini boshqarish qobiliyatiga ega bo‘lishi shart. Agar siz tadbirkor sifatida faoliyat yuritadigan bo‘lsangiz, tadbirkorligingiz davomida vaqtni quyidagi usullar bilan samarali boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lishingiz mumkin.
Vaqtni boshqarish usullari. Vaqtni boshqarish ishni yaxshi tashkil etish tajribasiga egalik qilishga o‘xshaydi. Vaqtdan samarali foydalana olish berilgan vaqt oralig‘ida eng yuqori natijalarga erishish deganidir. Bunga bir necha yo‘l orqali erishish mumkin:
kunlik maqsadlarni belgilash;
manfaatdor bo‘lish;
muddatlarni belgilash;
telefondan foydalanish;
doimo eslatmalar qilish.
kerakli ish bilan shug‘ullanish;
qulay vaqtdan foydalanish;
o‘z-o‘zingizga savollar berish;
aniq amallarga asoslanish;
o‘z qadamlaringizni o‘ylash;
ish kunlaringizning xohlagan biri uchun rejalashtirilgan ishlarni bajarishga tayyor turish;
vaqtdan qanday foydalanayotganingizni doimo tahlil etib borish. Quyida ularni batafsil ko‘rib o‘tamiz:
Ma’lum kun uchun aniq vazifalarni belgilash. Siz ma’lum kunda qanday vazifalarni bajarishni istashingizni bilishingiz zarur. Ishdan oldin yoki ishga kelib bajarish kerak bo‘lgan vazifalar ro‘yxatini muhimligining darajasi pasayib borishi tartibida yozib chiqing. Boshqa barcha ishlarni qo‘yib, eng muhim vazifani bajarishga kirishing. Тashqi omillarning ishingizni bajarishga xalaqit qilishiga yo‘l qo‘ymang. Asosiy maqsadlarga erishish anchagina kuch talab etadi; maqsadga erishilgunga qadar mustaqil ishlashga harakat qiling. Ishingiz to‘xtab qolishi yoki birov sizga xalaqit berishiga yo‘l qo‘ymang. Ishxonangiz ish tartibi shunday tashkil etilgan bo‘lishi kerakki, siz yo‘qligingizda ham ish o‘z maromida davom eta olsin. Agar ishxonadagi ishlar diqqatni jamlashga xalaqit bersa, ish tartibini o‘zgartirishga harakat qilish kerak.
O‘zini manfaatdor qilish. Тadbirkorlar, odatda, o‘zlari yuqori manfaatdorlikka ega bo‘lib, ular qanday ish bajarishlaridan qat’i nazar, undan rohatlanishadi. Ko‘pchilik odamlar ular xohlayotgan maqsadga yaqin turgan niyatga osonlikcha erishadilar. Ammo tadbirkorlar o‘zlarini o‘zlari ham manfaatdor qila olishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |