Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ўрта махсус, касб-ҳунар таълими маркази тадбиркорлик ва бизнес асослари



Download 392,17 Kb.
bet34/134
Sana16.07.2022
Hajmi392,17 Kb.
#809916
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   134
Bog'liq
Tadbirkorlik va biznes asoslari 9d1f9-converted

Dehqon xo‘jaligi




Dehqon xo‘jaligi ichki iste’mol va mayda tovar qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtirish bilan bog‘liq tadbirkorlik faoliyati jumlasiga kiradi. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan
«Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida»gi Qonuniga ko‘ra, dehqon xo‘jaligining faoliyati tartibga solinadi.
Dehqon xo‘jaligi oilaviy mayda tovar xo‘jaligi bo‘lib, oila a’zola- rining shaxsiy mehnati asosida, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish uchun oila boshlig‘iga berilgan tomorqa yer uchastkasida qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtiradi va realizatsiya qiladi.
Dehqon xo‘jaligini yuritishdan ko‘zda tutilgan maqsad, dehqon manfaati nuqtayi nazaridan, ichki iste’mol va tovar mahsuloti yaratish, shuningdek, boshqa faoliyat turlari orqali o‘zi va oilasining moddiy farovonligini ta’minlashdir.
Dehqon xo‘jaligining asosiy vazifasi qishloq aholisini foydali mehnat va tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish orqali ishlab chiqarish resurslaridan oqilona foydalanishga erishish, shu asosda eng kam sarf-
xarajat birligi evaziga mahsulot yetishtirishni har tomonlama ko‘paytirishdan iborat. Shuningdek, yer resurslaridan unumli foydalanish, mamlakat aholisining oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda, o‘zi joylashgan hududning ijtimoiy rivojlanishini ta’minlashda ishtirok etish kabi bir qator vazifalarni yechishga ham dehqon xo‘jaliklari o‘z hissalarini qo‘shishlari lozim.
Dehqon xo‘jaligi qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik shakllaridan biri sifatida bir qator afzalliklarga ega:

  • ishlab chiqarish hajmining kichikligi bozordagi talab va taklif nisbatiga tez moslashish hamda ko‘p mablag‘ sarflamay, o‘z faoliyati yo‘nalishlarini qayta shakllantirish imkonini beradi;

  • oila mehnatiga tayanish uy bekalari, qariyalar va bolalar mehnatidan ham unumli foydalanish hamda asrlar davomida shakllanib kelgan dehqonchilik madaniyatining avloddan avlodga o‘tib borishiga sharoit yaratadi;

  • xususiy mulk egaligi hamda yerning meros qilib qoldirish huquqi bilan umrbod egalikka berilishi mulkdan oqilona foydalanishga yo‘l ochadi.

Dehqon xo‘jaligi ichki iste’mol va mayda tovar qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtirish bilan bog‘liq hamda xo‘jalik a’zolarining shaxsiy mehnatiga asoslangan tadbirkorlik faoliyati jumlasiga kiradi.
Dehqon xo‘jaligi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining qonunlarda taqiqlanmagan har qanday turi, shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotini qayta ishlash va sotish bilan shug‘ullanishga haqli. Dehqon xo‘jaligi tashkiliy-iqtisodiy va huquqiy jihatdan o‘ziga xos xususiyatlarga ega (5.2.1-jadval).
Posyolka, qishloq va ovul fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari har bir dehqon xo‘jaligini xo‘jalik kitobiga kiritib, unda dehqon xo‘jaligining tarkibi, xo‘jalik boshlig‘i yoxud uning vazi-fasini bajaruvchi shaxs, shuningdek, xo‘jalikning tashkiliy-huquqiy shakli (yuridik shaxs tashkil etgan holda yoki yuridik shaxs tashkil etmasdan) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qayd etib qo‘yadi.
5.2.1-jadval

Download 392,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish