Foydalanilgan adabiyotlar.
1.Baratov P. «O’zbekiston tabiiy geografiyasi» (Oliy o’quv yurti talabalari uchun o’quv qo’llanma) T. «O’qituvchi» 1996.
2.Baratov P. O’zbekiston tabiiy geografiyasidan amaliy mashg’ulotlar. T. «Cho’lpon» 2005.
3.Baratov P. «O’zbekiston tabiiy geografiyasi» T. «O’zbekiston» 1983
4.Baratov P. O’rta Osiyo daryolari. Toshkent, 1991
AMALIY MASHG’ULOT -11
Mavzu: G’arbiy Tyanshan okrugi.
Bu okrugga G‘arbiy Tyanshan tog‘ tizmasining O‘zbekiston hududidagi qismi kiradi.Okrug mustaqil tabiiy-geografik o‘lka sifatida g‘arbda Toshkent-Mirzacho‘l okrugi bilan o‘ralgan, shimolda, sharqda va janubda uning chegarasi shartli ravishda O‘zbekistonning Qozog‘iston, Qirg‘iziston hamda Tojikiston bilan bo‘lgan davlat chegarasiga to‘g‘ri keladi. Bu chegara shimoli-g‘arbda Qorjantog‘, shimolda Talas olztog‘i, sharkda Piskom tog‘larining o‘q qismlari, janubda esa Qurama, Mo‘rul tog‘larining suv ayirg‘ich qismlari orqali o‘tadi. G‘arbiy Tyanshan okrugi o‘zining geologik rivojlanish tarixi, yer yuzasining tuzilishi va geografik muhitning boshqa xususiyatlari jihatidan Tyanshan tog‘ tizimining qolgan qismlaridan farq qiladi.
Maqsad: G‘arbiy Tyanshan okrugini tabiiy geografik o`rnini, rel`efini, geologik tuzilishini, iqlimini, suvlarini, flora va faunasini, tabiatini muhofaza qilish masalalarini o`rganish.
Dars jixozi:O’zbekistonning tabiiy geografik rayonlashtirish xaritasi ,O`zbekistonning tabiiy xaritasi,O`zbekiston respublikasi atlasi. G‘arbiy Tyanshan okrugini tabiiy geografik xaritasi
1-topshiriq; Yozuvsiz kartada G‘arbiy Tyanshan okrugini kartasini ishlang.
2-topshiriq; G‘arbiy Tyanshan okrugini tabiiy geografik o`rnini, rel`efini, geologic tuzilishini, iqlimini, suvlarini, flora va faunasini, tabiatini muhofaza qilish masalalarini amaliyot daftariga yozing.
3-topshiriq; O'zbekiston geologik, tektonik va eng yangi tektonik xaritalarini tahlil qilib, G‘arbiy Tyanshan tabiiy-geografik okrugi hududi qaysi davrda suv ostida bo'lgan va qaysi tektonik jarayonda quruqlikka aylanib, tog'lar burmalangan (ko'tarilgan)ligini aniqlang. Okrugda uchrovchi tog' jinslari, ularning turlari hamda qaysi davrga xos ekanligini bilib oling. Okrug hududida uchrovchi qazilma boyliklar qaysi davr jinslari orasida uchrashligini aniqlang.
4-topshiriq; G‘arbiy Tyanshan okrugini tabiiy geografik o`rnini, rel`efini, geologik tuzilishini, iqlimini, suvlarini, flora va faunasi haqidagi bilimlarni mustahkamlash uchun quyidagi savollarga javob bering
- Janubi–g‘arbiy yonbag‘riga yog‘in kup tushadiyu, sharqiy yonbag‘riga kam tushadi?
- Nima sababdan Chirchiq daryosining Chotqol va Piskom irmoqlari sersuv?
- Okrugda landshaftning qanday balandlik mintaqalanishi mavjud va ularning bir-birlaridan ajralib turadigan tafovutlari nimalardan iborat?
- Okrugdagi eng muhim tabiiy boyliklarga nimalar kiradi va nima uchun xalq bog‘i tashkil etildi?
- Yuqori Chirchiq tabiiy-geografik rayonining Yuqori
Ohangaron rayonidan farq qiluvchi tabiiy sharoitlarini gapirib bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |