3-topshiriq. P.Baratov va M.Mamatqulovlarning «O'zbekiston tabiiy geografiyasi» (7-sinf o'quvchilari uchun darslik. «O'qituvchi» nashriyoti, Toshkent, ) kitobidagi O'zbekiston hududini tabiiy-geografik rayonlashtirish karta chiz- masini yozuvsiz xaritaga tushirib bilib oling.
Chirchiq — Ohangaron rayoni.
Farg'ona rayoni.
Mirzacho'l rayoni.
Zarafshon rayoni.
Qashqadaryo rayoni.
Surxondaryo rayoni.
Qizilqum rayoni.
Quyi Amudaryo rayoni.
Ustyurt rayoni.
4-topshiriq.O'zbekiston hududini tabiiy-geografik rayonlashtirishning yuqorida qayd qilingan ikkala chizmasini bir- biriga solishtirib ko'ring. Ular orasidagi umumiylik va tafovutlar nimalardan iborat ekanligini aniqlang. Solishtirish chog'ida O'zbekistonning geologik, tabiiy, iqlimiy va tuproq-o'simlik xaritasi bo'lishi maqsadga muvofiq. Chunki rayonlashtirishda o'sha xaritalardagi ma'lumotlar qanchalik aks ettirilganligi bilib olinadi.
5-topshiriq.O'rta Osiyo tabiiy xaritasi bilan so'nggi vaqtda nashr etilgan tabiiy xaritasi va kosmosdan olingan rasmlarni bir-biriga taqqoslab, Orol dengizi qirg'og'ida, xususan, Quyi Amudaryo tabiiy-geografik okrugi hududiga qarashli qirg'oq chizig'ida qanday o'zgarishlar yuz berganligini tahlil qiling.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Baratov P. «O’zbekiston tabiiy geografiyasi» (Oliy o’quv yurti talabalari uchun o’quv qo’llanma) T. «O’qituvchi» 1996.
Baratov P. O’zbekiston tabiiy geografiyasidan amaliy mashg’ulotlar. T. «Cho’lpon» 2005.
Baratov P. «O’zbekiston tabiiy geografiyasi» T. «O’zbekiston» 1983
Baratov P. O’rta Osiyo daryolari. Toshkent, 1991
AMALIY MASHG’ULOT -2
Mavzu: USTYURT OKRUGI
Ustyurt оkrugi O`zbеkistоnning eng shimоliy – g`аrbiy qismidа jоylаshib, shimоldа vа g`аrbdа Qоzоg`istоn bilаn, Jаnubdа Turkmаnistоn, shаrqdа esа Quyi Аmudаryo оkrugi vа Оrоl dеngizi bilаn chеgаrаlаngаn.
Ustyurt аrid – dеnudаsiоn plаtо hisоblаnib, bаlаndligi 100 – 200 m аtrоfidа chinklаr bilаn o`rаlgаn. Ustyurt plаtоsi gеоlоgik tuzilishi jihаtdаn epipalеozоy plitаsining bir qismi hisоblаnib, nеgizi pаlеоzоy yotqiziqlаridаn ibоrаt, ustini qаlin 3 – 4,5 km mеzаzоy vа kаynоzоy dаvrining cho`kindi jinslаri qоplаb оlgаn.
Maqsad: Ustyurt okrugini tabiiy geografik o`rnini, rel`efini, geologik tuzilishini, iqlimini, suvlarini, flora va faunasini, tabiatini muhofaza qilish masalalarini o`rganish.
Dars jixozi: O’zbekistonning tabiiy geografik rayonlashtirish xaritasi ,O`zbekistonning tabiiy xaritasi,O`zbekiston respublikasi atlasi. Ustyurt okrugini tabiiy geografik xaritasi.
1-topshiriq; Yozuvsiz kartada Ustyurt okrugini kartasini ishlang. Okrug hududida joylashgan tekisliklar, qumliklar, botiqlar va qoldiq qirlarni aniqlang. Ularni yozuvsiz xaritaga tushirib, nomlarini yozib qo'ying.
2-topshiriq; Ustyurt okrugini tabiiy geografik o`rnini, relyefini, geologik tuzilishini, iqlimini, suvlarini, flora va faunasini, tabiatini muhofaza qilish masalalarini amaliyot daftariga yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |