4-Ma’ruza Sig’imli induktiv
datchiklar
Reja:
Sig’imli datchiklar
Induktiv datchiklar
Tenzometrik datchiklar.
Ko'chishning sig'imli o'zgartgichlari.
Sig'imli o'zgartgichlarda plastinalar o'rtasidagi masofani o'zgarishi bilan elektrik sig'im o'zgaradi. Sig'imli o'zgartgich - kondensator bo'lib, ikki plastinadan tuzilgan. Plastinalardan biri qo'zg'aluvchan (2 - rasm) kirish kattaligi o'zgarishi P bilan qo'zg'aluvchan plastina harakatlanadi va plastinalar o'rtasida masofa o'zgaradi. Bu esa kondensatorning elektrik sig'imini o'zgartiradi. Kondensatorning elektrik sig'imi quyidagi formula bilan aniqlanadi.
S = (1.5)
bu yerda,
- muhitning dielektrik o'tkazuvchanligi;
S - plastina yuzasi;
- kondensator plastinalari o'rtasidagi masofa.
Kondensator sig'imini o'zgarishi bilan plastinalar orasidagi bog'lanish grafigi chiziqli bo'lmagan xarakterga ega bo'ladi.
6-rasm. Kondensator sig'imi o'zgarishi bilan plastinalar orasidagi bog'lanish grafigi.
a) Ishchi cho'lg'amlar induktivligini magnitlanish turiga bog'liqligi;
b) Boshqarish toki bilan nagruzka toki o'rtasidagi bog'lanish.
Sig'im S ning o'zgarishi o'zgartgichning sig'imi qarshiligini o'zgartiradi,
(1.6.)
Bu yerda f - tok chastotasi;
Natijada zanjirda hosil bo'lgan tok o'zgarishini asbob ko'rsatadi. Asbob shkalasi o'lchanayotgan kattalik birliklarida darajalangan.
Differensial sig'imli o'zgartgich (3. rasm) elektrodlar (1 va 2) o'rtasida metall qo'zg'aluvchan plastina o'rnatilgan kondensatordan iborat. Bu plastinaga o'lchanadigan kattalik R ta'sir etadi.
Kichik burchakli 0 dan 180 gradus ko'chishlarni o'lchash uchun (3.rasm) plastinalar yuzasi o'zgaradigan o'zgartgichlar ishlatiladi.
7- rasm. Sig'imli o'zgartgichlarning sxemalari.
Plastinalardan biri qo'zg'almas, ikkinchisi burchak ostida aylanadi. Aylanish burchagini o'zgarishi bilan qo'zg'aluvchan plastina yuzasi S o'zgaradi va plastinalar orasidagi sig'im S o'zgaradi. Aylanish burchagiga bog'liq o'zgaradigan elektrik sig'im quyidagicha topiladi:
S = E (1- ) 4 (1.7.)
Sig'imli o'zgartgichlar o'zining yuqori sezgirligi, yuqori aniqligi, kichik inersionligi va konstruksiyasining oddiyligi bilan xarakterlanadi. Tashqi elektr maydon, tasodifiy sig'imlar va temperatura ularning ishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.
Ko'chishning induktiv o'zgartgichlari.
Induktiv o'zgartgichlarning ishlash prinsipi po'lat o'zakli g'altakning po'lat yakor harakati tufayli induktiv qarshiligining o'zgarishini o'lchashga asoslangan.
4.-a-rasmda induktiv o'zgartgich yordamida buyumning qalinligini o'lchash ko'rsatilgan. 4 va 6 roliklar orqali buyum 5 o'tishida rolik 4 bilan bog'langan shtok 3 yordamida yakor 2 harakatlanadi. Havo bo'shlig'ining o'zgarishi magnitli o'tkazgichning magnit oqimi F - ni o'zgartiradi.
Natijada g'altakning induktivligi L induktiv qarshiligi hamda g'altakda tok o'zgaradi.
L = (1.8.)
X = 2 ; (1.9.)
I = ; (1.10)
Bu yerda, - havo bo'shlig'idagi magnit o'tkazuvchanlik;
W - g'altakning o'ramlar soni;
S - magnitli o'tkazgichning kesim yuzasi;
f - manbaa kuchlanishi chastotasi;
- havo bo'shlig'i kattaligi;
U - manbaa kuchlanishi;
Z - o'zgartgich chulg'amining to'liq qarshiligi;
R - o'zgartgich chulg'amining aktiv qarshiligi.
Formulada o'zgartgichdan o'tayotgan tok uning konstruktiv o'lchamlari o'zgarmas bo'lganda havo bo'shlig'i kattaligiga bog'liq o'zgaradigan induktiv L ga bog'liq 5. - rasmda o'zgartgichdan o'tayotgan tokning (1 egri chiziq) va g'altak induktivligi L ning o'zgarishi (2 egri chiziq) tasvirlangan.
8- rasm. Induktiv o'zgartgichlaryning sxemalari
9-rasm. Tok va induktivlikning havo bo'shlig'iga bog'liqlik grafigi.
Do'stlaringiz bilan baham: |