O‘zbekiston Respublikasining OQXJga raisligi 2013-yilning avgust oyidan OQXJga raislik qilish O‘zbekiston Respublikasiga o‘tdi. 2013-yilning 16-sentabrida O‘zbekiston Respublikasi va OQXJning amaldagi Prezidenti tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasi 68-sessiyasinig rasmiy hujjati tariqasida “Orolning qurishi oqibatlariga barham berish va Orolbo‘yi ekotizimi halokatini oldini olish tadbirlari Dasturi” tarqatildi.
Ushbu Dastur BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvatlandi.
“Orolning qurishi oqibatlariga barham berish va Orolbo‘yi ekotizimi halokatini oldini olish tadbirlari Dasturi” Orol muammosi oqibatlariga barham berish bo‘yicha quyidagi muhim tadbirlarni amalga oshirishni ko‘zda tutadi:
I. Orolbo‘yida yashash, aholi genofondini qayta tiklash va saqlash uchun sharoit yaratish;
II. Suv resurslari boshqaruv tizimini takomillashtirish va undan tejamkorlik bilan foydalanish. Orol dengizi akvatoriyasida tabiiy havzalar tizimi saqlash;
III Qurib borayotgan Orol dengizi o‘rnida daraxtzorlar tashkil etish va ushbu mintaqani sahroga aylanishini oldini olish bo‘yicha keng ko‘lamda tadbirlarni amalga oshirish;
IV. Bio xilma-xillikni saqlash, biologik resurslarni qayta tiklash, hayvonot va o‘simlik dunyosini saqlash;
V. Kelgusida OQXJning institutsional asoslarini takomillashtirish va ushbu tashkilot doirasida mintaqa mamlakatlari hamkorligini mustahkamlash, shuningdek Orol fojeasi bilan bogliq muammolarni hal etishga jahon hamjamiyatining etiborini qaratish;
Shu bilan birgalikda, Orol dengizi qurishining ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy va gumanitar oqibatlarining keskinlashuvini hamda Orolbo‘yida yashovchi aholi turmush sharoiti inqirozinining kuchayayotganligini hisobga olib, BMT va jahon hamjamiyatining jiddiy ko‘magisiz ushbu global muammoni hal etish mumkin emasligi tobora aniq bo‘lib bormoqda.
Orol dengizi mintaqasida ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yahshilashga qaratilgan dastur va loyihalarni amalga oshirish borasidagi jahon hamjamiyatning sa’y-harakatlarini safarbar qilish hamda xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirishni takomillashtirish va ekologik falokatning ta’sirini kamaytirish maqsadida 2014-yilning 28-29-oktabr kunlari Urganch shahrida “Orol dengizi mintaqasidagi ekologik ofat oqibatlarini yumshatish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Xalqaro konferensiya yakunigalariga binoan milliy va mintaqaviy loyihalarni amalga oshirish maqsadida umumiy miqdori 3 mlrd. AQSh doll.ni tashkil qilgan kelishuv va shartnomalar imzolangan. Mazkur mablag‘ning 200 mln. AQSh doll. teng miqdorini grant mablag‘lar tashkil qilmoqda.
2015-yil 24-martda Toshkentda Jamg‘armaning mintaqavaiy organlari ishtirokida "Orol dengizi mintaqasida ekologik falokatlarni kamaytirish" mavzusida “davra suhbati”, shuningdek, 2015-yilning 12-17-aprel kunlari Koreya Respublikasining Degu va Gyongbuk shaharlarida o‘tkazilgan 7-Butunjahon suv forumi doirasida Orol dengizi muammolariga bag‘ishlangan maxsus sessiya bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekison Respublikasi o‘zining OQXJga raisligi davrida Fondning boshqa ta’sischi davlatlari va xalqaro donor tashkilotlar bilan yaqin hamkorlikda yuqoridagi Dasturda qayd etilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.