DAVLATIMIZNING YOSH AVLODNI TARBIYALASH VA SOG’LIQNI
HIMOYA QILISH YO’LIDA OLIB BORAYOTGAN ISHLARI
R e j a :
I. Salomatlik haqida umumiy tushuncha.
II. Salomatlik va ta'lim-tarbiya.
III. Davlatimizning yosh avlodni sog‘lom qilib tarbiyalash yo‘lida olib
borayotgan ishlari.
1. Yosh avlodni sog‘lom tarbiyalash borasidagi farmonlar, qarorlar va qonunlar.
2. “Sog‘lom avlod uchun”, “Sihat salomatlik” kabi gazetalarning ahamiyati.
3. “Sog‘lom avlod uchun” ordenining ta'sis etilishi.
4. Yosh avlodni sog‘lom tarbiyalash borasida o‘tkaziladigan konferensiyalar,
anjumanlar, suhbatlar, ko‘rsatuvlarning ahamiyati.
5. Sog‘lom avlodni tarbiyalash borasida sportning o‘rni va bu boradagi ishlar.
6. Sog‘lom avlodni tarbiyalash borasida kelgusida rejalashtirilgan vazifalar.
Salomatlik (sog’lik) — har qanday tirik organizmning o’zi va uning barcha a’zolari o’z vazifalarini to’liq bajara oladigan holati: nuqsonlar, kasalliklarning yo’qligi (salomatlik tushunchasining batafsil ta’rifi quyida keltirilgan). Salomatlikni o’rganadigan fanlarga dietologiya, farmakologiya, biologiya, epidemiologiya, psixologiya (salomatlik psixologiyasi, rivojlanish psixologiyasi, eksperimental va klinik psixologiya, ijtimoiy (sotsial) psixologiya), psixiatriya, pediatriya, tibbiy sotsiologiya va tibbiy antropologiya, psixoxigina, defektologiya va boshqalar kiradi. Inson salomatligini muhofaza qilish (sog’liqni saqlash) — davlatning vazifalaridan biridir. Dunyo miqyosida inson salomatligini saqlash bilan Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti (JSST) shug’ullanadi.
SALOMATLIK TUSHUNCHASI VA TA’RIFI HAQIDA
JSST nizomiga ko’ra, «salomatlik — nafaqat kasallik va jismoniy nuqsonlarning yo’qligi, balki to’liq jismoniy, ruhiy va ijtimoiy farovonlik holatidir». Biroq, bu ta’rifni populyatsion va individual miqyosda salomatlikni baholash uchun ishlatib bo’lmaydi. JSST ma’lumotlariga ko’ra, mediko-sanitar statistikada salomatlik tushunchasi ostida insonda kasalliklar va buzilishlar aniqlanmasligi, populyatsion miqyosda esa — o’lim, kasallanish va nogironlik ko’rsatkichining pasayishi jarayoni tushuniladi.
P. I. Kalyu «Salomatlik tushunchasining asosiy xususiyatlari va sog’liqni saqlashni qayta tuzishning ayrim masalalari: batafsil ma’lumot» nomli ishida dunyoning turli mamlakatlarida, turli davrlarda va turli ilmiy me’yorlar tomonidan tuzilgan salomatlikning 79 ta’rifini ko’rib chiqdi. Ta’riflar orasida quyidagilar uchraydi:
Sog’lik — organizmning barcha darajalarda normal faoliyat ko’rsatishi, shaxsiy yashab qolish va nasl qoldirishga imkon beradigan biologik jarayonlarning normal kechishi.
Organizm va uning funktsiyalarining atrof muhit bilan dinamik muvozanati.
Ijtimoiy faoliyatda va jamoat foydali ishlarida qatnashish, asosiy ijtimoiy funktsiyalarni to’liq bajarish qobiliyati.
Kasalliklar, kasal holatlar va o’zgarishlar bo’lmasligi.
Organimzning doimo o’zgarib turadigan atrof-muhit sharoitlariga moslashish qobiliyati.
Kalyuga ko’ra, barcha mumkin bo’lgan salomatlikning barcha tavsiflari quyidagi tushunchalarga tenglashtirilishi mumkin:
Tibbiy model — tibbiy belgilar va xususiyatlarni o’z ichiga olgan ta’riflar uchun; salomatlik kasallik va uning alomatlari yo’qligi sifatida.
Biotibbiy model — organik buzilishlar va nosog’lomlikning sub’yektiv hissiyotlari yo’qligi.
Bioijtimoiy (biosotsial) model — ijtimoiy belgilar birinchi o’ringa qo’yiladigan tibbiy va ijtimoiy belgilar birgalikda qaralishi qo’shiladi.
Qiymat-ijtimoiy model — qiymat sifatida insonning salomatligi qaraladi; JSSTning ta’rifi aynan shu modelga to’g’ri keladi.
TIBBIY-IJTIMOIY TADQIQOTLARDAGI SALOMATLIK DARAJALARI
Individual salomatlik — bu alohida insonning sog’lig’i.
Guruh salomatligi — ijtimoiy va etnik guruhlarning salomatligi.
Mintaqaviy (regional) salomatlik — ma’muriy hududlar aholisining salomatligi.
Jamoat salomatligi — populyatsiya salomatligi, umuman aholining sog’ligi; «kasalliklarni oldini olish, hayot davomiyligini uzaytirish va tashkiliy sa’y-harakatlar orqali sog’lomlashtirish, jamiyat, tashkilotni o’z fikriga binoan tanlash (davlat yoki xususiy, jamoat yoki individual) ilmi yoki san’ati» deya ta’riflanadi. Jamiyat sog’lig’ining profilaktikasi usullari — ta’lim dasturlarini joriy etish, siyosatni, xizmat ko’rsatishni ishlab chiqish va ilmiy tadqiqotlar o’tkazishdir. Emlash tushunchasi jamoat salomatligi tushunchasi bilan bog’liq. Davlat sog’liqni saqlash dasturlarining ulkan ijobiy ta’siri keng e’tirof etilgan. XX asrdagi sog’liqni saqlash siyosati natijasida qisman, chaqaloqlar va bolalar o’limining pasayishi kuzatildi va dunyodagi ko’plab odamlar hayot davomiyligi barqaror o’sdi. Misol uchun, amerikaliklarning o’rtacha umr ko’rish darajasi 1900 yildan boshlab 30 yilgacha, butun dunyoda olti yilga ortganligi qayd etildi.
SALOMATLIK DARJASINI ANIQLASH, UNING KO’RSATKICHLARI
Inson salomatligi — sifat ko’rsatkichi bo’lib, u miqdoriy parametrlar: antropometrik (bo’y, vazn, ko’krak qafasi hajmi, a’zolar va to’qimalarning geometrik shakli); jismoniy (yurak urish tezligi, arterial qon bosimi, tana harorati); biokimyoviy (tanadagi kimyoviy elementlar, eritrotsitlar, leykotsitlar, gormonlar va boshqalar miqdori); biologik (ichak florasining tarkibi, virusli va infektsion kasalliklar mavjudligi) va boshqa biomarkerlardan tashkil topadi.
Inson organizmi holati uchun «norma» tushunchasi mavjud bo’lib, bunda parametr qiymatlari tibbiyot fani va amaliyoti bilan belgilanadigan diapazonga to’g’ri kelishi inobatga olinadi. Qiymatning berilgan diapazondan og’ishi, salomatlik yomonlashuvining belgisi va dalili bo’lishi mumkin. Tashqi tomondan, sog’likni yo’qotish tananing tarkibiy tuzilmalari va funktsiyalarida o’lchanadigan buzilishlarda, uning moslashuvchanligi o’zgarishida ifodalanadi.
JSST nuqtai nazaridan, odamlar sog’lig’i ijtimoiy sifat hisoblanadi va shu munosabat bilan aholi salomatligini baholash uchun quyidagi ko’rsatkichlar tavsiya etiladi:
Yalpi ichki mahsulotni sog’liqni saqlashga sarflash;
Birlamchi tibbiy yordamning mavjudligi;
Aholining immunizatsiya darajasi;
Homilador ayollarni malakali xodimlar tomonidan tekshirilishi darajasi;
Bolalarning oziqlanish holati;
Bolalar o’limi darajasi;
O’rtacha umr ko’rish davomiyligi;
Aholining gigienik savodxonligi.
Ta`lim jarayonida sog`likni muhofaza qiluvchi muhit yaratish dolzarb pedagogik muammo sifatida Agar ta`lim logikasi “Nima uchun o’qitamiz?” degan savolga, ta`lim mazmuni “Nimani o’rgatamiz?” degan savolga javob bersa, pedagogik 7 texnologiyalar “Qanday o’qitamiz?” degan savolga javob beradi. Salomatlikni muhofaza qilish nuqtai nazaridan esa: ta`limni shunday tashkil etish kerakki, bunda o’qituvchi va o’quvchlarning salomatligiga ziyon etmasin, deymiz. SHunga ko’ra salomatlikni muhofaza qiluvchi texnologiyalarni istalgan ta`limiy texnologiyalarning sifat ko’rsatkichi, ya`ni “salomatlik uchun xavfsiz ekanligini tasdiqlovchi sertifikat” deb ham, pedagogik faoliyatning salomatlikni muhofaza qilish vazifalari bilan to’ldirilgan printsip, usul, metod va vositalar yig`indisi deb ham qarash mumkin. Ta`lim jarayonida salomatlikni muhofaza qilish vazifalarining qo’yilishini ikki aspektini belgilash mumkin: vazifa-minimum, vazifa-optimum. Vazifa minimum meditsina va pedagogikaning fundamental printsipi – “Zarar etkazma!” degan printsipiga javob beradi hamda o’quvchilarning salomatligiga zarar etkazmaydigan ta`lim, tarbiya va rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratishni nazarda tutadi. Bu vazifa o’quvchi mehnatini muhofaza qilish vazifasi bilan bir xil bo’lib hisoblanadi. Odatda, mehnat muhofazasi ishlab chiqaruvchining salomatligini asrash, uning shikastlanishi, sog`ligiga zarar etkazilishining oldini olishga qaratiladi. O’quvchining “ishlab chiqarishdagi ish joyi ” – bu parta, sinf, maktab; faoliyati – o’qish bo’lib, bunda ta`lim muassasasi rahbari va har bir o’qituvchining vazifasi – o’quvchini maktabda bo’lgan vaqtida jismoniy va ruhiy jihatdan unga shikast etkazishi mumkin bo’lgan omillardan asrashdir. Ana shunday faktorlar sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin: 1. ekologik-gigienik omil (atrof-muhit); 2. tashkiliy-pedagogik omil; 3. pedagogik-psixologik omil. Salomatlikni muhofaza qiluvchi texnologiyalarni amalda qo’llashni esa vazifa-optimum deb qarash mumkin bo’ladi. Bu texnologiya salomatlikni muhofaza qilish bilan birga o’quvchilarda sog`lom turmush tarzi odatlarini tarkib toptiradi va salomatligini mustahkamlaydi, ularda salomatlik madaniyatini shakllantiradi, shu bilan bir qatorda o’qituvchilarning ham salomatligini asrab, ularda ongli ravishda o’zi va atrofidagilarning salomatligiga g`amxo’rlik qilish madaniyatini shakllantiradi. Salomatlikni muhofaza qilish pedagogikasining printsiplari quyidagilardan iborat: 1. Zarar etkazmaslik printsipi. 2. O’qituvchi va o’quvchilarning salomatligini asorashning ustivorligi printsipi. Bu ta`lim muassasasida ro’y beradigan barcha voqea-hodisalar – ishchi o’quv reja, ish rejalarining ishlab chiqilishidan tortib to ularni bajarilishini tekshirish, darslarning tashkil etilishi, tanaffuslarning vaqtida bo’lishi, o’quvchitlarning darsdan tashqari ishlarini tashkil etish, pedagogik kadrlarni tayyorlash, ota-onalar bilan ishlash va boshqalar o’qituvchi va o’quvchilar psixofiziologik holati va salomatligiga ta`siri nuqtai nazaridan o’rganilishini nazarda tutadi. 3. Salomatlik to’g`risida uchyoqlama yagona tasavvur hosil qilish printsipi (jismoniy, ruhiy va ma`naviy-axloqiy salomatlikning yagonaligi). 8 4. Uzluksizlik va vorisiylik printsipi (salomatlikni muhofaza qilish ishi ta`lim muassasasida har kuni, har bir darsda muntazam ravishda amalga oshirilishi nazarda tutiladi). 5. O’quvchilar bilan sub`ekt-sub`ekt munosabatlarini yo’lga qo’yish printsipi (bunda ta`lim jarayonining salomatlikni muhofaza qilish xususiyati o’quv dasturlari mazmuniga singdirilgan bo’lishi nazarda tutiladi). Pedagoglar ta`lim jarayonining salomatlikni muhofaza qiluvchi shart-sharoitlarini ta`minlaydi, o’quvchilarning o’zi ham ularga bu umumiy vazifani bajarishga yordam beradi. O’quvchilarda o’z sog`ligiga nisbatan mas`uliyat tarbiyalanadi. Har bir o’quvchiga individual yondoshiladi. 6. Ta`limning o’quvchilar yosh xususiyatlarini anglagan va himobga olgan holda tashkil etilishi prinrtsipi. O’quv yuklamasi hajmi va mazmunining o’quvchi shaxsiy imkoniyatlariga mos bo’lishi. Bunda predmetlararo o’zaro aloqaga kompleks yondashuv inson salomatligini asrash samaradorligining asosi sifatida qaraladi. Pedagoglar, psixologlar hamda tibbiyot xodimlari o’rtasida o’zaro kelishuv va hamkorlik asosida ish olib boriladi. Bunda ijobiy ta`sirlarning salbiy omillardan ustivorligiga amal qilinadi. 7. Muhofaza qiluvchi va mashq qildiruvchi strategiyaning uyg`unligi printsipi. Bunda maktab o’quvchilarning salomatligi bilan bog`liq quyidagi vazifalarni amalga oshiradi: o’quvchilarning charchab qolishiga olib keladigan o’quv yuklamalarini olib tashlash o’quvchilarning jismoniy faolligini ta`minlash, profilaktika ishlari maktabda bo’lgan vaqtlarida o’quvchilarning to’g`ri ovqatlanishlarini ta`minlash o’quvchilarning salomatligiga zarar etkazdigan ta`lim jarayoni bilan bog`liq omillarning oldini olish o’quvchilarning ruhiy salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlash (maktab stresslari, bolalar orasida tarqalgan zararli odatlarning oldini olish) o’quvchilarda salomatlik madaniyatini, o’qituvchilarda esa salomatlik va sog`likni asrash borasidagi kompetentlikni shakllantirish o’quvchilarning salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlash borasida ularning ota-onalari bilan hamkorlik qilish. Ta`lim muassasalarida ta`lim oluvchilarning salomatligin muhofaza qilish borasida o’qituvchi nimalarni bilishi va bajara olishi lozim? Bunga quyidagicha javob beramiz: 1. Pedagogik vaziyatni salomatlikni muhofaza qilish pedagogikasi shartsharoitlari nuqtai nazaridan tahlil qilish. 2. Sog`lom turmush tarzi asoslarini egallagan bo’lish. 3. O’quvchilar jamoasi bilan aloqa o’rnata olish. 4. Verbal va noverbal xatti-harakatlarni kuzatish va izohlash. 5. O’z o’quvchilari rivojlanishini prognoz qila olish. 9 6. O’zaro munosabatlarni salomatlikni muhofaza qilish pedagogikasi shartsharoitlariga moslab modellashtirish. 7. SHaxsiy namunasi asosida o’quvchilarni o’zi va atrofidagilar salomatligiga g`amxo’rlik qilishga o’rgatish. YUqorida sanab o’tilgan ko’nikmalarning barchasi o’zaro chambarchas bog`langan bo’lib, ular ta`lim jarayonida salomatlikni muhofaza qilish pedagogikasi metod, usul va vositalarini samarali qo’llashga yordam beradi. Pedagog-o’qituvchi salomatlikni muhofaza qiluvchi muhitni yaratishi va bolalar salomatligini mutahkamlab borishi uchun yil boshida tibbiyot xodimlari tomonidan berilgan o’quvchining sog`ligi to’g`risida ma`lumotnoma va shu asosda darslarning tabaqalashtirilishi, ota-onalar bilan hamkorlikda shifokor ko’rsatmalariga amal qilinishini ta`minlab borishning o’zi etarli emas. Eng avvalo pedagog salomatlikni muhofaza qilish masalalarida o’z tarbiyalanuvchilari uchun namuna bo’lishi kerak. Agar sog`lom turmush tarzi o’qituvchi uchun odatiy me`yorga aylansa va faqat shundagina o’quvchilar o’z o’qituvchisiga ishonadilar, unga ergashadilar va salomatlikni muhofaza qilish pedagogikasini kerakli darajada qabul qiladilar. Aholi sog`ligi har qanday davlatda milliy boylikning muhim elementi hisoblanadi. O’quvchilar sog`ligini saqlash va mustahkamlash mavzusining dolzarbligi esa ular shaxsida ijtimoiy faollik, ijodiylik va samarali mexnat motivlarini tushunish, kullab kuvatlash bilan bog`liq muammolarni hal etish bilan belgilanadi.
Maktab o’quvchilari salomatligini muhofaza qilish va uni rivojlantirish yoshlar umumiy salomatligi diagnostikasi, profilaktikasi hamda bevosita davolanishi sohalarida amaliy ta`sirga ega muhim bir bo’g`in hisoblanadi. O’rta umumta`lim maktablarida o’quvchilarga individual yondashish o’ziga xos psixo-pedagogik jarayon bo’lib, u quyidagi asoslarda o’z aksini topadi: - o’quvchi uchun unga xos bo’lgan barcha jihatlar, albatta, shaxsiy mazmunda bo’lib, unga qo’pol aralashib bo’lmaydi; - axloqiy va huquqiy jihatdan barcha o’quvchilar, albatta, teng huquqlidir; - o’quvchilarning har biriga ularni ajratmasdan ishonch, hurmat va samimiylik bilan muomalada bo’lish; - hech kim hech qachon o’quvchidan o’z maqsadi yo’lida g`arazli foydalanishga haqqi yo’q; - har bir o’quvchi har qanday masalada erkin tanlash imkoniga ega bo’lishi kerak; 10 - maktab o’quvchisi shaxsining yuksalishiga to’siq bo’lmay uni rivojlantirishi kerak. O’quvchi salomatligini muhofaza qilish muhitini yaratishning bosh maqsadi uni tashqi salbiy ta`sirlardan (yomon axloqiy muhitdan, avtoritar munosabatlardan, ma`lum bir bezori guruh bosimidan, jinoiy xarakterdagi zo’ravonlikdan, qiziqarli, lekin salbiy axborot ta`sirlaridan, bolalarni o’ziga tortuvchi zararli odatlardan) himoya qilish zarur bo’ladi. SHu bilan birga o’quvchilarni ko’zga ko’rinmasada, lekin ular tarbiyasini va albatta sog`ligiga zarar etkazuvchi ma`naviy-ruxiy qusurlardan (xudbinlik, kibru-havo, nafs balosi, xudbinlik, jaholatparastlik, ma`naviy noqislik, axloqiy buzuqlik, laganbardorlik v.h.k.z ) himoya qilish ham, albatta, muhim ahamiyatga ega bo’ladi. O’quvchilar sog`ligi shakllanishi va rivojlanishiga ta`sir etuvchi omillar tabiiy, ijtimoiy, psixofiziologik, tashkiliy pedagogik va ma`muriy-boshqaruv yo’nalishlarda bo’ladi. Undagi tashkiliy pedagogik ishlar asosan o’quvchilarda sog`lom rivojlanish, sog`lom turmush tarzi ko’nikmalarini shakllantirishga qaratilgan bo’ladi. Pedagogik faoliyatda esa u quyidagi vazifalar ijrosida amaliy namoyon bo’ladi: - tozalik, tartib-intizom va o’ziga ishonch tuyg`ularini shakllantirish; - o’quvchilarda salomatlik motivatsiyasi, o’z sog`ligining qadriga etish, salomatlikka oid bilimlarga qiziqish, sog`likka foydali ma`lumotlarni to’plab o’z hayotida unga rioya etishni o’rgatish; - o’quvchilarda tabiiy mavjud bo’lgan sog`lik imkoniyatlarini anglab, uni ko’paytirib borishlariga ularni yo’naltirish. O’quvchilar salomatligini muhofaza qiluvchi va uni mustahkamlashga qaratilgan shart-sharoit maktablarda kuyidagilardan iborat bo’lishi mumkin: - maktabda mo’`tadil insonparvar muhit yaratilishi; - o’quvchilar individual xususiyatlarini hisobga olib borish; - maktabda erkin ijod muhitini yaratish; - profilaktika ishlarini tegishli talablar asosida to’g`ri yo’lga qo’yish; - o’quvchilar imkoniyatlarini yuzaga chiqarish uchun etarli sharoitlar yaratish; - sanitariya-gigiena me`yorlarini doim saqlash; - jismoniy tarbiyani samarali tashkil etish; - o’quvchilar sog`ligidagi o’zgarishlarni doimiy kuzatib borish, aniqlash va tegishli choralarni ko’rish; - o’quvchilar salomatligini muhofaza qilish bo’yicha qiziqarli musobaqalar, sayohatlar va badiiy kechalar dasturlarini ishlab chiqish. Bularning barchasi juda keng ko’lamdagi ishlarni taqozo etgani sababli unga tashkiliy echimi jihatidan diferrentsial yondoshish maqsadga muvofiq bo’ladi. Unda birlamchi tashkiliy yo’nalishlar ta`lim jarayonida va tarbiya jarayonidagi individual yondashishlardan iborat bo’ladi. Ta`lim jarayonida o’quvchilar salomatligini muhofaza qilish jarayoni muayyan vazifalar ijrosi orqali ta`minlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev parlamentga taqdim etgan Murojaatnomasida yoshlar masalasiga alohida urg‘u berdi.
Ushbu murajaatnomada yoshlar haqida keltirilgan maqtovlar va biz yoshlarga bo‘lgan ishonch kuchimizga-kuch hamda g‘ayratimizga- g‘ayrat qo‘shdi, desam mubolag‘a bo‘lmaydi.
Murojaatnomada yoshlarni sog‘lom va barkamol tarbiyalash borasida belgilangan chora-tadbirlar, xususan, Nukus shahrida Olimpiya va milliy sport turlariga ixtisoslashtirilgan oliy sport mahorati maktabi, Urganchda “Yoshlik” sport majmuasi, Toshkent, Andijon, Samarqand, Buxoro shaharlarida universal sport komplekslari, Qarshi shahrida sport-sog‘lomlashtirish majmuasi, ko‘p tarmoqli yopiq suzish havzasi barpo etilishi kelgusida sport sohasida ko‘plab yoshlarimizni yurtimiz bayrog‘ini ko‘klarga ko‘tarishga zamin yaratishi shubhasiz.
Chetda ishlayotgan va tahsil olayotgan yoshlar borasida Yurtboshimiz tomonidan berilgan takliflar O‘zbekiston yoshlari xalqaro assotsiatsiyasini tuzish va uning samarali faoliyat yuritishi uchun tegishli sharoit yaratish, Samarqand shahrida Markaziy Osiyo yoshlari forumini o‘tkazish hamda chet ellarda yashayotgan va ishlayotgan vatandoshlarimiz bilan o‘zaro hamkorlik sohasida davlat siyosati konsepsiyasini ishlab chiqish kabilar, o‘ylaymanki xorijdagi yurtdoshlarimiz bo‘lmish yoshlarni vatanparvarlik tuyg‘usini saqlab qolish bilan bir qatorda tajriba almashish maydonini xosil qilishda poydevor vazifasini o‘taydi.
Shuningdek, yosh tadbirkorlar uchun 2018 yilning “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilinishi ayni muddao bo‘ldi. Murojaatnomada kelasi yildan boshlab, tadbirkorlik sub’ektlari uchun bojxona ko‘rigida xavf-xatardan ogoh etish tizimi, ya’ni, tadbirkorlar qanchalik halol ekaniga qarab, ularni “yashil” va “qizil” yo‘laklar orqali o‘tkazish joriy etilishi, barcha tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tekshirish ikki yilga to‘xtatilishi, internet tarmog‘ida elektron savdolar va auksionlar orqali yer uchastkalarini, jumladan, tadbirkorlar uchun ajratishning yagona tartibi o‘rnatilib, 2018 yildan elektron savdo maydonlari orqali davlat aktivlarini sotish bo‘yicha elektron tizim tashkil etilishi va shu kabi bir qator imtiyozlar berilgani tadbirkorlar, ayniqsa yosh va yangi innavatsion g‘oyalar bilan o‘zining mustaqil tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan yoshlarimiz uchun ulkan imkoniyatlar eshigini ochdi.
Fikrim xulosasi o‘rnida shuni ta’kidlash lozimki, ushbu murojaatnoma barcha soha vakillarini va har bir yurtimiz fuqarosini ertangi kunga bo‘lgan ishonchini oshirish bilan bir qatorda, tadbirkorlik sohasiga havasini uyg‘otib, hayotda biror yutuqqa erishish uchun harakat qilish hamda mehnat qilish vaqti kelganini ayon etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |