Bir o‘ramli transformatorlar 600 A va undan yuqori birlamchi tokka mo‘ljallab
tayyorlanadi; kichik toklarda birlamchi chulg‘amining magnit yurutuvchi kuchi
1
1
w
I
talab etilaigan klass aniqligida ishlash uchun etarli bo‘lmaydi.
600 A dan kichik toklarda TPL tipidagi ko‘p o‘ramli transforlar qo‘llanilib, ularning
birlamchi chulg‘ami soni kerakli magnit yurituvchi kuchga qarab, aniklanadigan bir
necha o‘ramlardan iborat.
Katta nominal birlamchi toklar uchun birlamchi chulg‘am vazifasini transformator
ichidan o‘tuvchi
shina bajaradigan tok
transformatorlari
qo‘llaniladi.
Bu
transformatorlar magnit o‘tkazgich bilan
ikkilamchi chulg‘amlari
ustiga quyilgan
xalqasimon epoksidli blokdan iborat. Tok
o‘tkazuvchi shina birlamchi chulg‘am
xisoblanadi.
Izolyasiyalovchi
blokka
ekranlovchi silumin xalka quyilgan bo‘lib,
prujina yordamida shinaga elektr jihatdan
ulangan.
Bunday
tok
transformatorlariningelektrodinamik
turg‘unligi
shina
konstruksiyasining
chidamliligi bilan aniqlanadi.
Nominal toki 2000—5000 A bo‘lgan 10
kV li kurilmalarda o‘tuvchi
shinali tok
transformatorlari TPSHL qo‘llaniladi.
Tashqi kurilmalar uchun TFN tipidagi qog‘oz - moy izolyasiyali, chinni korpusda
tayanch tipidagi tok transformatorlari ishlab chiqariladi. Moy bilan to‘ldirilgan ichi
bo‘sh chinni izolyatorlarda transformatorning magnit o‘tkazgichi bilan chulg‘amlari
joylashtirilgan.
TFN transformatorlari 0,5 klass chulg‘amli bitta magnit o‘tkazgich rele muhofazasi
uchun mo‘ljallangan chulg‘amli ikki uchta magnit o‘tkazgichga ega. Kuchlanish
qancha yuqori bo‘lsa, birlamchi chulg‘amni izolyasiyalash shuncha qiyin, shuning
62- rasm. TPOL-10 tok transformatori: a
-
chulg‘amli magnit o‘tkazgichlarning
joylashuvi; b
–
tuzilishi; 1
–
magnit
o‘tkazgich; 2 –
ikkilamchi
chulg‘am; 3 –
mahkamlovi halka; 4
–
birlamchi
chulg‘am sterjeni.
uchun 330 kV va undan yuqori kuchlanishlarga kaskad tipidagi tok transformatorlari
ishlab chiqariladi. Transformatsiyaying ikki kaskadining bo‘lishi (chulg‘amli ikkita
o‘zaklar) har bir pog‘ona chulg‘amlarining izolyasiyasini to‘la
kuchlanishga
hisoblamay, balki uning yarmiga teng qilib tayyorlash imkonini beradi.
Transformatorning har bir pog‘onasi mustaqil konstruksiyaga ega. YUqori
pog‘onaning birlamchi chulg‘ami transformatsiya koeffitsientini o‘zgartirish uchun
ikki seksiyadan iborat. Ikkilamchi chulg‘amlar to‘rtta: ulardan biri 0,5
klassdagi
o‘lchashlar uchun qolgan uchtasi rele muhofazasi uchun.
Qo‘sh
transformatsiya
tok
transformatorlarining
konstruksiyasini
murakkablashtirib, xatosini oshiradi.
35 kV va undan yuqori kuchlanishli kurilmalarda bakli Uzgichlar yoki kuch
transformatorlarining o‘tuvchi vtulkalariga joylashadigan tok transformatorlari keng
qo‘llaniladi. Bunday transformatorlarning birlamchi chulg‘ami bo‘lib vtulka sterjeni
hisoblanadi. Uncha katta bo‘lmagan birlamchi toklarda
tok transformatorlarining
aniqlik klassi 3 yoki 10 bo‘ladi. 1000—2000 A li birlamchi toklarda 0,5 klassida
ishlash ham mumkin.
Tok transformatorlarining ikkilamchi chulg‘ami
birlamchi hisoblangan tokka
muvofiq transformatsiya koeffitsientini o‘zgartirish imkonini beruvchi otpaykaga
ega.
Do'stlaringiz bilan baham: