O‘lchov tok transformatorlari.
Reja:
1. Tok transformatorlar va ularning vazifalari.
2. Tok transformatorlarining xatoliklari.
3. Tok transformatorlarining turlari va ularning tuzilishi.
Kalit so‘zlar: O‘zak, birlamchi, ikkilamchi, hatolik, o‘tkazgich, aniqlik sinfi.
Tok transformatori birlamchi tokning kattaligini o‘lchov
priborlari va rele
uchun eng qulay kattalikkacha kamaytirish, shuningdek, o‘lchov zanjirlarini
birlamchi yuqori kuchlanish zanjirlaridan ajratish va
himoya qilish uchun xizmat
kiladi.
Tok transformatori yopik magnit o‘tkazgich 2 (61-rasm) hamda ikkita
birlamchi 1 va ikkilamchi 3 chulg‘amlarga ega.
Birlamchi chulg‘am o‘lchanayotgan tok
1
I
zanjiriga ketma-ket ulanadi, ikkilamchi
chulg‘amga
2
I
tok o‘tadigan o‘lchov priborlari
ulanadi.
Tok transformatori
nominal transformatsiya
koeffitsienti bilan xarakterlanadi:
,
I
I
K
ном
ном
2
1
1
bunda
ном
I
1
- birlamchi nominal tok,
ном
I
2
-
ikkilamchi nominal tok.
Tok transformatorlarining ikkilamchi nominal toki qiymati 5 va 1 A deb
qabul qilingan.
Tok transformatorining transformatsiya koeffitsienti qat’iy o‘zgarmas
miqdor bo‘lmay, balki magnitlovchi tokniig mavjudligidan kelib chiqadigan
xatolik sababli nominal miqdordan farq qilishi mumkin.
Transformatorning tokni
transformatsiyalash xatosining qiymati quyidagi ifodadan aniklanady:
.
I
I
I
K
%
I
100
1
1
2
1
Tok transformatorining xatosi uning konstruktiv xususiyatlari; magnit
o‘tkazgich kesimi, magnit o‘tkazgich materialining magnit singdiruvchanligi,
magnit yo‘lining o‘rtacha
uzunligi,
1
1
w
I
miqdorga bog‘liq. Tok transformatorlari
ularga qanday talab qo‘yilishiga qarab 0,2; 0,5; 1; 3; 10 klass aniqliklarida ishlab
chiqariladi. Ko‘rsatilgan raqamlar birlamchi chulg‘am 100—120% tok bilan
yuklanilganda (oldingi uchta klass uchun) va 50—120% tok bilan yuklanilganda
(oxirgi ikkita klass uchun) nominal tokka nisbatan
protsentda ifodalangan tok
transformatorining xatosini ifodalaydi. 0,2; 0,5 va 1 klassidagi tok
transformatorlari uchun ham burchak xatosi normalanadi.
Tok transformatorining xatosi ikkilamchi yuklama (priborlari, o‘tkazgich,
kontaktlarning qarshiliklari) va birlamchi tokning nominal tokka karraligiga
bog‘liq. Nagruzka bilan tok karraligining ortishi xatoning ortishiga olib keladi.
61-rasm. Tok transformatorinig
ulanish
sxemasi
Nominal tokdan ancha kichik bo‘lgan birlamchi toklarda ham tok
transformatorining xatosi ortadi.
0,2 klassdagi tok transformatorlari aniq laboratoriya priborlarini ulashda,
0,5 klassdagilari esa - pul hisoblaydigan schyotchiklarda; 1 klassdagilari - hamma
texnik o‘lchov priborlari uchun; 3 va 10 klassidagilari rele muhofazasi uchun
ishlatiladi.
Ko‘rib
chiqilgan klasslardan tashqari, yana ikkilamchi chulg‘amlari D
(differensial muhofaza uchun), Z (yerga ulab muhofaza qilish uchun), R (boshqa
rele muhofazalari uchun) tipdagi tok transformatorlari ishlab chiqariladi.
O‘lchov priborlari va relening tok zanjirlari kichik qarshilikka ega
bo‘lganligi ucho‘n, tok transformatori q. t. rejimiga yaqin rejimda normal ishlaydi.
Agar ikkilamchi chulg‘am uzilsa, magnit o‘tkazgichdagi magnit oqim keskin
ortadi, chunki uning kattaligi endi birlamchi chulg‘amning magnit yurituvchi kuchi
(m.yu.k.) bilan aniqlanadi. Bu rejimda magnit o‘tkazgich haddan tashqari yuqori
temperaturagacha qiziydi, uzilgan ikkilamchi chulg‘amda esa, ayrim hollarda, bir
necha o‘n kilovoltlarga etadigan yuqori kuchlanish hosil bo‘ladi.
Aytib o‘tilgan hodisa sababli birlamchi chulg‘amdan tok o‘tayotganda tok
transformatorining ikkilamchi chulg‘amini uzishga ruxsat etilmayda. O‘lchov
pribori yoki releni o‘zgartirish zarurati tug‘ilsa, tok transformatorining ikkilamchi
chulg‘ami avval qisqa tutashtiriladi (yoki rele, priborning chulg‘ami shuntlanadi).