O’lchashlar xaqida ma’lumotlar O’lchash asboblari


-rasm. Magnitoelektrik logometrlar: a) oddiy prinsipial chizmasi; b) logometrlardan birining elektr chizmasi



Download 45,41 Kb.
bet2/3
Sana11.01.2022
Hajmi45,41 Kb.
#339780
1   2   3
Bog'liq
Lagometrlar

2.1-rasm. Magnitoelektrik logometrlar: a) oddiy prinsipial chizmasi; b) logometrlardan birining elektr chizmasi.

Ikkala ramka EB kuchlanishli doimiy tok umumiy manbayi B dan ta’minlanadi. 1 ramka bilan ketma-ket doimiy qarshilik Rk, 2 ramka bilan esa ketma-ket termometr Rt ulanadi. Rp qarshilik bilan 1 ramkada oqib o‘tadigan tok kuchi quyidagiga teng:

i1 = EA/(Rcp + Rk)

2 ramkada

i2 = EB/X/( R2p + Rk) (2.1)

ramkalarda hosil qilingan magnitoelektrik momentlar quyidagilarga teng:

M1 = k1B1i1,

M2 = k2B2i2 , (2.2)

Bunda: k1 va k2 — ramkalarning o‘lchamlari va ulardagi sim o‘ramlari soni bilan aniqlanadigan o‘zgarmas koeffitsiyentlar; B1 va B2 — ramkalar joylashgan joydagi magnit induksiyalari; i1 va i2 — ramkalardan o‘tayotgan tok kuchlari.

Tirqish bir tekis qilinmagan, shuning uchun magnit induksiyasi qiymatlari uning turli nuqtalarida (ramkalar va strelkaning burilish burchaklari turlicha bo‘lganda) turlicha bo‘ladi. Induksiyalar B1/B2 nisbati biriktirib mahkamlangan ramkalar uchun ramkalarning burilish burchagiga bog‘liq: j = f1(B1/B2).

Muvozanat holatida ramkalarning magnitoelektrik momentlari bir-biriga teng:

k1B1i1 = k2B2i2

yoki

B1/B2 = (k1i2)/(k1i2). (2.3)



Bundan ramkalarning burilish burchagi

j=f2(i2/i1)=f2[(Rcp + Rk)/( Rcp + Rt)] (2.4)

yoki Rcp, R2p, Rk amalda bir xil bo‘lishini inobatga olinsa,

j = F (Rt). (2.5)

Nazariy jihatdan, B batareyaning kuchlanishi ramkalarning burilish burchagiga ta’sir qilmaydi. Amalda kuchlanishning o‘zgarishi nominal hisobiy qiymatidan ± 20 % dan yuqori og‘ishlarida seziladi.

Real chizmalarda sezgirlikni orttirish uchun logometrning ramkalarini Rcp va R2p ni o‘zgarmas qarshiliklari R1, R2 bo‘lgan muvozanatlashtirilmagan ko‘prikning diagonaliga ulanadi. Manganinli R4 va misli R5 qarshiliklar logometrning umumiy harorat koeffitsiyentini kamaytirish uchun xizmat qiladi (atrof-muhitning harorati o‘zgarishida). Termometr Rt liniya qarshiligi RL bilan uch simli chizmaga ko‘ra ulanishi mumkin. Termojuft zanjiriga normada qisqa tutashtirish qarshiligi Rk ulanadi. Logometr ishining nazoratida Rk dan qisqa ulash simi olib tashlanadi va Rt termometr qisqa ulanadi, bunda chizmaning e va f nuqtalari ulanadi. Logometrning strelkasi bunda ma’lum ko‘rsatkichni ko‘rsatadi.

Logometrning turli xillari mavjud. Ular shakliga ko‘ra, ramkalarning joylashishiga, har xil konstruktiv detallari va ulanish chizmalariga ko‘ra farqlanadi.

Ko‘chma asboblar uchun logometrlarning aniqlik klassi 0,2; 0,5 va 1,0 ni, shchitda o‘rnatiladigan statsionar asboblar uchun 0,5; 1,0; 1,5; 2,0 va 2,5 ni tashkil etadi. Logometrlar ko‘rsatuvchi, o‘ziyozar bo‘lishi, shuningdek, signal berish va boshqarish uchun qo‘shimcha qurilmalari bo‘lishi mumkin.

O‘lchanayotgan kattalikning son qiymatini olish usuliga ko‘ra barcha texnik o‘lchashlarni bevosita va bilvosita usullarga ajratish mumkin. Laboratoriya (tajribaxona) amaliyotida va ilmiy tekshirish jarayonlarida birlashtirib va birgalikda o‘lchash usullaridan foydalaniladi. Bevosita o‘lchash deb shunday o‘lchashga aytiladiki, unda o‘lchanayotgan kattalikning izlanayotgan qiymati tajriba ma’lumotlaridan bevosita aniqlanadi. Masalan, haroratni termometr bilan, bosimni manometr bilan o‘lchash. O‘lchanayotgan natijani bilvosita usul yordamida olish o‘lchanayotgan kattalik bilan ma’lum munosabat yordamida bog‘langan kattalikni o‘lchashga asoslangan.

y = f(x1, x2, ..., xn), (2.6)

Bunda: y — o‘lchanayotgan kattalikning izlangan qiymati; x1, x2, ..., xn — bevosita o‘lchanayotgan kattalikning son qiymatlari.

Bilvosita o‘lchashga o‘tkazgichning solishtirma elektr qarshiligini uning qarshiligi, uzunligi va ko‘ndalang kesimi yuzi bo‘yicha topish, jism zichligini uning massasi va hajmini o‘lchash natijalari bo‘yicha topish misol bo‘la oladi. O‘lchashlar o‘lchash prinsipini belgilab beradigan fizik hodi salarga asoslanib olib boriladi. Masalan, haroratni moddaning kengayishi bo‘yicha o‘lchash, vakuumni muvozanatlashtiruvchi suyuqlik ustunining kotarilishi bo‘yicha o‘lchash. O‘lchashning biror prinsipini amalga oshirish uchun turli texnik vositalar qo‘llaniladi. O‘lchashlarda qo‘llaniladigan va normalangan metrologik xossalarga ega bo‘lgan texnik vositalar o‘lchash vositasi deyiladi. O‘lchash prinsipini va vositasini belgilab beradigan usullar majmuyi o‘lchash usuli deyiladi. O‘lchashlarda bevosita (to‘g‘ridan-to‘g‘ri) baholash, differensiallab, o‘lchash bilan taqqoslash va nol (kompensatsion) usullar keng tarqalgan.

O‘lchash vositalari o‘lchashlarda ishlatiladi va ular normalangan metrologik xossalarga, ya’ni ma’lum sonli qiymatlarga hamda o‘lchash natijalarining aniqligi va ishonchligini ifodalovchi xossalarga ega bo‘ladi. O‘lchash vositalarining asosiy turlariga o‘lchashlar, o‘lchash asboblari, o‘lchash o‘zgartgichlari va o‘lchash qurilmalari kiradi.

O‘lchash asboblari:



  • Ko‘rsatuvchi

  • Qayd qiluvchi

  • Kombinatsiyalangan

  • Integrallovchi

  • Jamlovchi asboblarga bo‘linadi.


Download 45,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish