Кattalikning qiymati – kattalik uchun qabul qilingan birliklarning ma’lum bir soni bilan kattalikning o’lchamini ifodalash.
Кattalikning sonli qiymati – kattalikning qiymatiga kiruvchi nomsiz son.
Parametr – berilgan kattalikni o’lchashda yordamchi sifatida qaraladigan kattalik.
O’lchash vositasi – metrologik tavsiflari me’yorlangan (MTM), o’lchami (belgilangan xatolik chegarasi) ma’lum vaqt oralig’ida o’zgarmas deb qabul qilinadigan, kattalikning o’lchov birligini qayta tiklaydigan va (yoki) saqlaydigan, o’lchashlar uchun mo’ljallangan texnik vosita.
Do'stlaringiz bilan baham: |