O’lchashlar birliligi – o’lchash natijalari rasmiylashtirilgan kattaliklar birliklarida ifodalangan va o’lchashlar xatoligi berilgan ehtimollik bilan belgilangan chegaralarda joylashgan o’lchashlar holati.
O’lchashlar birliligini ta’minlash – O’BT Qonunlar, shuningdek o’lchashlarning birliligini ta’minlashga qaratilgan davlat standartlari va boshqa me’yoriy hujjatlarga muvofiq o’lchashlar birliligiga erishish va saqlashga qaratilgan metrologik xizmatlar faoliyati.
Metrologik xizmat– MX o’lchashlar birliligini ta’minlash ishlarini bajarish va metrologik tekshiruv va nazoratni amalga oshirish uchun qonunga muvofiq tashkil etiladigan xizmat.