O‘LCHASHLAR BIRLIGINI TA’MINLASH VA ETALONLAR.
REJA:
1. O’lchashlar haqida.
2. O’zbekiston o’lchashlar birliligini ta’minlash tizimi rivojlanishi.
3. O’lchashlarni birliligini ta’minlash tizimi haqida.
O‘zbekiston Respublikasi davlat, xo‘jalik va boshqaruv idoralari, tadbirkorlik subyektlari o‘z vakolatlari doirasida davlat metrologik tekshiruvi va nazorati qo‘llanilmaydigan sohada «O‘zstandart»ning o‘lchashlar birliligini ta’minlash bo‘yicha me’yoriy hujjatlarini ravshanlashtiruvchi va ularga zid kelmaydigan metrologiya doirasida me’yorlar va qoidalarni o‘rnatuvchi me’yoriy hujjatlarni yaratishi va tasdiqlashi mumkin.
Metrologik xizmat — davlat idoralari va yuridik shaxslar metrologik xizmatlarining tarmoqlari va ularning o‘lchashlar birliligini ta’minlashga yo‘naltirilgan faoliyati.
O‘lchashlar birliligini ta’minlash tizimining tashkiliy asosi davlat metrologik xizmati va yuridik shaxslarning metrologik xizmatlaridan tashkil topgan.
O‘zbekiston Respublikasi davlat metrologik xizmati.
«O‘zstandart» agentligi boshqaradigan davlat metrologik xizmatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi davlat metrologik xizmat idoralari kiradi.
Yuridik shaxslarning metrologik xizmati — o‘lchashlar birliligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni bajaruvchi va ushbu korxonada (tashkilotda) metrologik tekshiruv va nazoratni amalga oshiruvchi metrologik xizmat. Yuridik shaxslarning metrologik xizmati o ‘lchashlar birliligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni bajarish va metrologik tekshiruvni o ‘tkazish zarur bo‘lgan hollarda tashkil etiladi. Atrofimizdagi hayot uzluksiz tarzda kechadigan muayyan jarayonlar, voqealar, hodisalarga nihoyatda boy bo‘lib, ularning ko‘pini aksariyat hollarda sezmaymiz yoki e’tiborga olmaymiz. Chetdan qaraganda ularning orasida bog‘liqlik yoki uzluksizlik bilinmasligi ham mumkin. Ba’zilariga esa shunchalik ko‘nikib ketganmizki, aniq bir so‘z bilan ifodalash kerak bo‘lsa, biroz qiynalib turamiz-da, 30 «...mana shu-da!» deb qo‘yamiz. Butun suhbat barchamiz bilibbilmaydigan, ko‘rib-ko‘rmaydigan va sezib-sezmaydigan kattaliklar haqida boradi.
Kattalik — sifat tomonidan ko ‘pgina fizikaviy obyektlarga (fizikaviy tizimlar, ularning holatlari va ularda o‘tayotgan jarayonlarga) nisbatan umumiy bo‘lib, miqdor tomonidan har bir obyekt uchun xususiy bo‘lgan xossadir.
Muayyan guruhlardagi kattaliklar orasida o ‘zaro bog‘liqlik mavjud bo‘lib, uni fizikaviy bog‘lanish tenglamalari orqali ifodalash mumkin. Masalan, vaqt birligidagi o‘tilgan masofa bo‘yicha tezlikni aniqlashimiz mumkin. Mana shu bog‘lanishlar asosida kattaliklarni ikki guruhga bo‘lib ko‘riladi:
-asosiy kattaliklar;
-hosilaviy kattaliklar.
Asosiy kattalik deb, ko‘rilayotgan tizimga kiradigan va shart bo‘yicha tizimning boshqa kattaliklariga nisbatan mustaqil qabul qilib olinadigan kattalikka aytiladi. Masalan, masofa (uzunlik), vaqt, temperatura, yorug‘lik kuchi kabilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |