O‘lchash vositalarining metrologik xususiyatlari


Elketr o‘lchash asboblarining tasnifi



Download 255,08 Kb.
bet4/6
Sana21.05.2023
Hajmi255,08 Kb.
#941928
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
mavzu O‘lvhash usullari va vositalari reja O‘lchash turlari va

Elketr o‘lchash asboblarining tasnifi.





  1. O‘lchanadigan miqdorlarni o‘lchash usuliga qarab, elektr o‘lchash asboblari (EO‘A) bevosita baholaydigan (ko‘rsatadigan) va solishtirib o‘lchaydigan asboblarga bo‘linadi.

Bevosita baholaydigan (ko‘rsatadigan) asbob - bu oldindan darajalab qo‘yilgan va o‘lchanadigan miqdorni bevosita asbobning darajasi (shkalasi) bo‘yicha hisoblashga imkon beruvchi o‘lchash asbobi. Masalan, ampermetr, voltmeter, vattmetr, fazometr, chastotamer va h.k [4].
Solishtirib o‘lchaydigan asbob - bu o‘lchanayotgan miqdor qiymatini uning o‘lchovi bilan solishtirib o‘lchaydigan o‘lchash asbobidir. Maslan, o‘lchash ko‘prigi, potensiometr, kompensator va b.

  1. EO‘A ma'lumotlarni ko‘rsatishlariga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi:

  • bevosita ko‘rsatadigan (anologli) o‘lchash asboblari;

  • raqamli o‘lchash asboblari;

  • qayd qiluvchi o‘lchash asboblari;

  • o‘ziyozuvchi o‘lchash asboblari;

  • bosmalovchi o‘lchash asboblari;

  • integrallovchi o‘lchash asboblari;

  • jamlovchi o‘lchash asboblari.

Bevosita ko‘rsatadigan (anologli) EO‘A o‘lchash kattaliklari (miqdorlari) o‘zgarishini uzluksiz funksiya bilan aks ettiradi.
Raqamli EO‘A o‘lchash axborotini avtomatik ravishda uzuq-uzuq (uzlukli- diskret) ishoraga aylantiradi. Shuning uchun ham bu asbobning ko‘rsatishi raqam
ko‘rinishida bo‘ladi.
Ko‘rsatuvchi EO‘A o‘lchash natijasini uning ko‘rsatishidan hisoblab olish uchun xizmat qiladi.
Ko‘rsatuvchi EO‘A shunday tayyorlanishi mumkinki, birinchi holda asbob daqisi (darajalangan qismi) qo‘zg‘almas bo‘lib, uning ustida ko‘rsatuvchi mil (strelka) siljishi yoki ikkinchi holda ularning aksi bo‘lib, asbob daqisi qo‘zg‘akuvchan bo‘lib qo‘zg‘almas miliga nizbatan harakatlanuvchan bo‘lishi mumkin.
Qayd qiluvchi EO‘A o‘lchash kattaligini qayd qilish imkoniga ega.
O‘ziyozar EO‘A o‘lchash ma'lumoti signalini digramma ko‘rinishida yoza oladigan qayd qiluvchi o‘lchash asbobidir.
Bosmalovchi EO‘A o‘lchash natijasini raqam ko‘rinishida beradigan bosmalovchi qurilma o‘rnatilgan, qayd qiluvchi o‘lchash asbobidir.
Jamlovchi EO‘A ko‘rsatishi unga har xil yo‘llar (kanallar) orqali berilgan ikki yoki bir necha kattaliklarning funksional yig‘indisiga bog‘liq holda ishlatiladi. Bunga bir necha generator quvvati yig‘indisini o‘lchash uchun mo‘ljallangan asbob- vattmetr misol bo‘la oladi.

  1. EO‘A ishlatilishiga qarab elektr, mexanik, issiqlik, kimyoviy, biologik va boshqa noelektr miqdor (kattalik) larni o‘lchaydigan asboblarga bo‘linadi.

  2. EO‘A ishlatilish xususiyatiga ko‘ra ko‘chma va ko‘chirib yuritilmaydigan (statsionar) asboblarga bo‘linadi.

  3. EO‘A o‘lchanadigan kattalik turiga qarab ampermetr, voltmeter, vattametr, elektr energiya hisoblagich, ommetr, fazometr, faradametr, chastotametr va shu kabi asboblarga bo‘linadi.

  4. EO‘A ishlatilish sharoitiga qarab A, Б, B va T guruh (turkum)larga ajratiladi.


Download 255,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish