O‘lchash vositalarining metrologik xususiyatlari


O‘lchash vositalarining metrologik tavsiflari



Download 255,08 Kb.
bet2/6
Sana21.05.2023
Hajmi255,08 Kb.
#941928
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
mavzu O‘lvhash usullari va vositalari reja O‘lchash turlari va

O‘lchash vositalarining metrologik tavsiflari


Har qanday o‘lchash asbobini tanlashda eng avvalo uning metrologik tavsiflariga e'tibor berishimiz lozim bo‘ladi. O‘zDSt 8.010.2:2003 “O‘zbekiston Respublikasining o‘lchashlar birliligini ta'minlash davlat tizimi. Metrologiya. Atamalar va ta'riflar. 2-qism. O‘lchash vositalari va ularning parameterlari” standartida o‘lchash vositalari (O‘V) ning metrologik tavsiflari ko‘rsatib berilgan. Quyida o‘lchash vositalarining ayrim metrologik tavsiflari va ularning izohlarini keltirib o‘tamiz.


Shkala bo‘linmasi (ing. scale division) - o‘lchash vositasining shkalasidagi yondosh ikkita belgi o‘rtasidagi oraliq.
Shkala bo‘linmasining qiymati yoki bo‘linma qiymati (ing. scale interval) - kattalikning o‘lchash vositasi shkalasidagi ikkita yondosh belgiga mos keluvchi qiymatlari farqi.
Shkalaning boshlang‘ich qiymati (ing. value, minimum scale) - o‘lchash vositasining shkalasi bo‘ylab o‘lchanadigan kattalikning eng kichik qiymati.
Shakalaning oxirgi qiymati (ing.value, maximum scale) - o‘lchash vositasining shkalasi bo‘ylab o‘lchanishi mumkin bo‘lgan kattalikning eng katta qiymati.
O‘zgartirish funksiyasi - buni analogli o‘lchash asboblarida shkala tenglamasidan ham bilishimiz mumkin. Tanlanayotgan asbobda o‘zgartirish funksiyasi chiziqli bo‘lishi qaydnomalarni olishni osonlashtiradi, sub'ektiv xatoliklarni esa kamaytiradi.
Sezgirligi - bu o‘lchash vositasining tashqi signalga nisbatan ta'sirchanligi, sezuvchanligidir. Umumiy holda sezgirlik o‘lchash vositasining chiqish signali orttirmasini, kirish signali orttirmasiga nisbatidan aniqlanadi:
S = Lim AY/AX - \YAX;
X (5.1)
Bevosita ko‘rsatuvchi asboblar uchun sezgirlik asbob qo‘zg‘aluvchan qismining og‘ish burchagini o‘lchanadigan kattalik bo‘yicha birinchi hosilasi bo‘lib, quyidagicha ifodalanadi:
S' = da /dx, (5.2)
bu yerda: da - asbob qo‘zg‘aluvchan qismining og‘ish burchagi.
Masala. Richagli-tishli indikatorning ko‘p aylanishli o‘lchash uchligi (sezgir elementi) AX=200 mkm siljiganda indikatorning ko‘rsatuvchi strelkasi 0,5 aylanish hosil qiladi. Strelka radiusi R=30 mm. Indikatorning sezgirligini aniqlang. Ishlanishi. Sezgirlik quyidagi formula orqali aniqlanadi:
S = AL/AX. (5.3)
bu yerda: AL - o‘lchash vositasi ko‘rsatkichining siljish kattaligi; AX - o‘lchanayotgan kattalikning o‘zgarish qiymati.
Strelkaning aylanish burchagi graduslarda: a0 = 0,5*3600 = 1800. Aylanish burchagining radianlardagi qiymati:
а = а^л/180 = 180^/180 = л rad « 3,141 rad.
AL ni qiymatini aniqlasak: AL = R^a = 30^3,141 « 92,25 mm. Indikatorning sezgirligi quyidagiga teng:
S = AL/AX = 94,25 mm / 0,2 mm = 471.
Sezuvchanlik bo‘sag‘asi - o‘lchash vositasining kattalikni o‘lchash boshlash mumkin bo‘lgan eng kichik o‘zgarish qiymati ko‘rinishidagi tavsifi.
Sezuvchanlik bo‘sag‘asi bu o‘lchanadigan kattalikning shunday boshlang‘ich qiymatiki, u o‘lchash asbobining chiqish signalini sezilarli o‘zgarishiga olib keladi.
(5.4)
bu yerda, Xmin - o‘lchanadigan kattalikning eng kichik (boshlang‘ich) qiymatidir.
Agar tarozi milining siljishiga sabab bo‘lgan massaning eng kam o‘z-garishi 10 mg ni tashkil etsa, u holda tarozining sezuvchanlik bo‘sag‘asi 10 mg bo‘ladi.
Asbob ko‘rsatishining variatsiyasi - o‘lchanayotgan kattalikning biror
qiymatini, o‘lchash sharoitini o‘zgartirmagan holda, takror o‘lchaganda hosil bo‘ladigan eng katta farqdir va u quyidagicha aniqlanadi:

Y = (Ao' - Ао”)/Ахтах '100 %
(5.5)

bu yerda, AO‘, A0"- o‘lchanayotgan kattalikning (namunaviy asbob yordamida) takror o‘lchashdagi qiymatlari. Variatsiya asosan qo‘zg‘aluvchan qismi tayanchga o‘rnatilgan asboblarda ishqalanish hisobiga kelib chiqadi.
Nolning siljishi - kirish signali nolga teng bo‘lganida o‘lchash vositasining noldan farqli ko‘rsatuvi.
Ko‘rsatuvlar ko‘lami - o‘lchash vositasining o‘lchanadigan kattalikning bir qiymatiga tegishli eng katta va eng kichik ko‘rsatuvlari orasidagi ayirma.
O‘lchash vositasining xatoligi - o‘lchash vositasining ko‘rsatuvi bilan o‘lchanadigan kattalikning chin (haqiqiy) qiymati o‘rtasidagi farq.
Xususiy energiya sarfi. Bu tavsif ham muhim hisoblanib, asbobning o‘lchash zanjiriga ulanganidan so‘ng kiritilishi mumkin bo‘lgan xatoliklarini baholashda ahamiyatli sanaladi. Ayniqsa, kam quvvatli zanjirlarda o‘lchashlarni bajarishda bu juda muhimdir.
Xususiy energiya sarfi o‘lchash asbobining tizimiga va konstruktiv ishlanishiga bog‘liq bo‘lib, ayniqsa, kichik quvvatli zanjirlarda o‘lchashlarni bajarishda juda muhimdir.
Ishonchliligi (chidamliligi) - o‘lchash vositasining ma'lum o‘lchash sharoitida, belgilangan vaqt mobaynida o‘z metrologik xususiyatlarini (ko‘rsatkichlarini) saqlashidir. Bu ko‘rsatkichlarni chegaradan chiqib ketishi asbobning layoqatligi pasayib ketganligidan dalolat beradi. O‘lchash asbobining ishonchliligi, odatda, buzilmasdan ishlash ehtimolligi bilan baholanadi va taxminan quyidagicha topiladi:
Т = n / Пит , (5.6)
bu yerda: n - ishonchlilikka sinalgan asboblar soni;
num- umumiy (ko‘p seriyali) ishlab chiqarilgan asboblar soni.

Download 255,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish