O’lchash ishlari asosan o’lchash vositalari yordamida amalga oshiriladi. O’lchash vositalari qo’llanilishi bo’yicha o’lchashlar, qayta o’zgaruvchan o’lchashlar, o’lchash asboblari, o’lchash qurilmalari va o’lchash tizimlariga bo’linadi. O’lchashning bir qancha ta’riflari mavjud bo’lib, ularga quyidagilar kiradi: - O’lchash-sinov yo’li bilan asbob-uskunalar yordamida fizik kattaliklarni aniqlashdir;
- O’lchashlar-asosan bir ko’rinishli va ko’p ko’rinishlilarga bo’linadi. Fizik o’lchov birliklari faqatgina bir o’lcho vga aks ettirilsa, unda bir ko’rinishli o’lchash deyiladi. Misol uchun: turli og’irlikdagi toshlar;
- «Mutlaq o’lchash »-bir yoki bir necha asosiy kattaliklarni bevosita o’lchashlarga va doimiylik qiymatlarini qo’llashga asoslangan o’lchash;
- «Nisbiy o’lchash»-kattalikning birlik vazifasini bajaruvchi nomdosh kattalikka nisbatini yoki kattalikni boshlang’ich deb qabul qilingan nomdosh kattalikka nisbatan o’zgarishini o’lchash;
Do'stlaringiz bilan baham: |