Birlamchi o’lchash o‘zgartkichi — o’lchash o'zgartkichi ishining birinchi bosqichi b o’lib , unda o’lchanayotgan fizik kattalik qiymati boshqa fizik kattalik qiymatiga o‘zgartiriladi, masalan, deformatsion manometrning naysimon prujinasi. Birlamchi o’lchash o‘zgartkichi yordamida o’lchanadigan kattalik yoki o‘zgartiriladigan fizik kattalik boshqa o‘zgartkichga yoki o’lchash asbobiga uzatilishi mumkin.
Oraliq o’lchash o‘zgartkichi — o’lchashzanjirida birlamchi o‘zgartkichdan keyingi o‘rinni egallagan o’lchash o‘zgartkichi b o’lib , o’lchanayotgan fizik kattalikni unifikatsiyalashgan (bir xil) signalga o‘zgartirishga mo’ljallangan o‘zgartkichdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |