Vabo — o’tkir infektsion kasallik bo’lib, vabo vibrioni (Vibrio cholere) bakteriyalari tufayli rivojlanadi va odatda og’riqsiz va suvsimon ich ketishiga olib keladi. Ba’zi bemorlarda ich ketishi shunchalik jiddiy bo’ladiki, natijada o’g’ir suvsizlanish rivojlanadi va u hatto o’limga ham olib kelishi mumkin. Ko’p odamlar vabo vibrionini bakteriyalar bilan ifloslangan oziq-ovqat yoki suv iste’moli natijasida yuqtirib olishadi. Alomatlar yengil bo’lishi mumkin bo’lsa-da, ba’zi avval sog’lom bo’lgan odamlarda bakteriyani yutganlaridan so’ng 1-5 kun o’tib kuchli ich ketishini rivojlanadi. Vabo tez tibbiy yordam talab qiladi. Bemor hayotini saqlab qolishda gidratatsiya (og’ir hollarda vena ichiga) va antibiotiklar muhim o’rin tutadi. JSST ma’lumotlariga ko’ra, yiliga taxminan 1,4 — 4,3 mln. kishi vabo kasalligiga chalinadi va o’lim darajasi qariyb 28,000-142,000 kishini tashkil qiladi. Vabo kasalligiga chalingan 10 nafar kishidan faqat bittasi odatiy alomatlar va belgilarni namoyon qiladi.
Vabo qo’zg’atuvchisi birinchi bo’lib 1854 yilda olim Filippo Pachini tomonidan ajratib olingan, lekin bakteriya 30 yil o’tib, mustaqil ishi davomida Robert Kox tomonidan aniqlangach va unga qarshi kurashish choralari kashf qilingach keng tanildi.
Vabo alomatlari — suvsimon ich ketishi, shuningdek axlatda oqimtir materiallarning (shilliq va oshqozon-ichak trakti hujayralari) mavjudligidir. Axlat guruch qaynatmasiga o’xshaydi. Diareya miqdori juda ko’p bo’lishi mumkin; ich ketish suyuqligi hajmi 24 soat davomida taxminan 250 sm3 / kg yoki kattalar uchun taxminan 10-18 litr bo’lishi mumkin. Odamlar quyidagi alomatlardan birini yoki bir nechtasini boshdan kechirishi mumkin:
Suvsimon ich ketishi (ba’zan katta hajmlarda);
Guruch-suvsimon axlat;
Axlatdan baliq hidini eslatadigan hid kelishi;
Qayt qilish;
Yurak urishining tezlashishi;
Teri elastikligining yo’qolishi;
Shilliq pardalar qurishi (og’izning qurishi);
Qon bosimi pastligi;
Chanqoqlik;
Muskullarda tortishish (masalan, oyoq tortishib qolishi);
Xavotir yoki bezovtalik (ayniqsa bolalarda);
Noodaity uyquchanlik yoki charchoq.
Ko’pincha kasallikning og’ir shakllarida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan boshqa alomatlar quyidagilarni o’z ichiga oladi:
Qorin og’rig’i (tortishishlar);
Rektal og’riqlar;
Isitma;
Og’ir qayt qilish;
Suvsizlanish;
Siydik chiqarishning kamayishi yoki yo’qligi;
Vazn yo’qotish;
Tutqanoqlar;
Shok;
O’lim.
Kasallangan kishilarda ushbu alomatlar rivojlanishini oldini olish uchun ular darhol suvlantirishga muhtoj, chunki bu belgilar va alomatlar insonning suvsizlanishi va og’ir vaboning rivojlanishi mumkinligini ko’rsatadi. Vaboning og’ir shakllarida (taxminan 5% -10%) bemorlarda buyrak yetishmovchiligi, elektrolit muvozanatining buzilishi (ayniqsa, natriy va kaliy) va komaga olib keladigan og’ir suvsizlanish rivojlanishi mumkin. Agar suvsizlanish bartaraf qilinmasa, bu tezda shok va o’limga olib kelishi mumkin. Jiddiy suvsizlanish ko’pincha birinchi ich ketishi kuzatilganidan 4 — 8 soat o’tgach yuzaga keladi va bemorga tegishli yordam ko’rsatilmasa, 18 soatdan bir necha kun o’tgach bemorning o’limi bilan yakun topadi. Epidemik chaqnashlarda tibbiy yordam yaxshi rivojlanmagan davlatlarda o’lim ko’rsatkichi 50-60% gacha yetishi mumkin. Vabo alomatlari — suvsimon ich ketishi, shuningdek axlatda oqimtir materiallarning (shilliq va oshqozon-ichak trakti hujayralari) mavjudligidir. Axlat guruch qaynatmasiga o’xshaydi. Diareya miqdori juda ko’p bo’lishi mumkin; ich ketish suyuqligi hajmi 24 soat davomida taxminan 250 sm3 / kg yoki kattalar uchun taxminan 10-18 litr bo’lishi mumkin. Odamlar quyidagi alomatlardan birini yoki bir nechtasini boshdan kechirishi mumkin:
Suvsimon ich ketishi (ba’zan katta hajmlarda);
Guruch-suvsimon axlat;
Axlatdan baliq hidini eslatadigan hid kelishi;
Qayt qilish;
Yurak urishining tezlashishi;
Teri elastikligining yo’qolishi;
Shilliq pardalar qurishi (og’izning qurishi);
Qon bosimi pastligi;
Chanqoqlik;
Muskullarda tortishish (masalan, oyoq tortishib qolishi);
Xavotir yoki bezovtalik (ayniqsa bolalarda);
Noodaity uyquchanlik yoki charchoq.
Ko’pincha kasallikning og’ir shakllarida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan boshqa alomatlar quyidagilarni o’z ichiga oladi:
Qorin og’rig’i (tortishishlar);
Rektal og’riqlar;
Isitma;
Og’ir qayt qilish;
Suvsizlanish;
Siydik chiqarishning kamayishi yoki yo’qligi;
Vazn yo’qotish;
Tutqanoqlar;
Shok;
O’lim.
Kasallangan kishilarda ushbu alomatlar rivojlanishini oldini olish uchun ular darhol suvlantirishga muhtoj, chunki bu belgilar va alomatlar insonning suvsizlanishi va og’ir vaboning rivojlanishi mumkinligini ko’rsatadi. Vaboning og’ir shakllarida (taxminan 5% -10%) bemorlarda buyrak yetishmovchiligi, elektrolit muvozanatining buzilishi (ayniqsa, natriy va kaliy) va komaga olib keladigan og’ir suvsizlanish rivojlanishi mumkin. Agar suvsizlanish bartaraf qilinmasa, bu tezda shok va o’limga olib kelishi mumkin. Jiddiy suvsizlanish ko’pincha birinchi ich ketishi kuzatilganidan 4 — 8 soat o’tgach yuzaga keladi va bemorga tegishli yordam ko’rsatilmasa, 18 soatdan bir necha kun o’tgach bemorning o’limi bilan yakun topadi. Epidemik chaqnashlarda tibbiy yordam yaxshi rivojlanmagan davlatlarda o’lim ko’rsatkichi 50-60% gacha yetishi mumkin.