Tayyorladi: Isomiddinova Dilruh Reja: - Mif va uning turlari haqida umumiy tushuncha
- Qadimgi yodnomalarda mifologik tasavvurlar
- Turkiy mifologiyada afsonaviy obrazlar talqini
- Dunyo va xudolarning paydo bo`lishi haqida yunon afsonalari
Mif nima? - Mif (yunoncha mithos —rivoyat, afsona, asotir) — qadimgi odamning olam haqidagi ibtidoiy tasavvurlari majmui boʻlib, koinotning yaralishi, samoviy jismlarning paydo boʻlishi, inson, hayvonot va nabotot dunyosining vujudga kelishi, tabiiy hodisalarning sabab va mohiyati, afsonaviy qahramonlar, iloh va maʼbudlar haqidagi eʼtiqodiy qarashlarni oʻz ichiga olgan. Miflar odamning voqelikka nisbatan ongsiz emotsional munosabati ifodasi boʻlib, tabiat va jamiyat hayotining turli qirralari mohiyatini tushuntiruvchi eng qadimiy tasavvurlar silsilasidir.
- Mifologik tasavvurlar muayyan voqelik mohiyatini xayoliy uydirma vositasida izohlasa-da, miflar yaratilgan va ommalashgan joyda oʻz ijodkori va ijrochilari tomonidan hayotda boʻlib oʻtgan haqiqiy voqealar bayoni sifatida qabul qilingan. Qadimiy odamning olam to`g`risidagi tasavvurlarini oʻzida aks ettirgan va avloddan avlodga yetkazishga moʻljallangan miflarning ommalashish usullari ham turlicha. Ular, asosan, ogʻzaki ijro orqali hikoya qilingan. Mifologik tasavvurlar ibtidoiy urf-odat va marosimlarning asosini tashkil etuvchi ramziy xatti-harakatlardan iborat ritual oʻyinlar sifatida ham namoyish qilingan. Qadimiy tasavvurlar asosida yaratilgan osori-atiqalar hamda xalq hunarmandchiligi namunalaridagi ramziy chizgilarda ham mifik syujetlar aks etgan.
Mif quyidagi turlarga bo`linadi: - ibtido haqidagi miflar (olamning yaratilishi va yerda hayotning paydo boʻlishi toʻgʻrisida);
- samoviy miflar (osmon jismlari va tabiat hodisalarining paydo boʻlishi haqida);
- antropogenik miflar (gʻayrioddiy xislatga ega afsonaviy pahlavonlar: Gerakl, Gilgamesh, Odami Od, Hubbi va boshqalar);
- sigʻinish – e’tiqod miflari (muayyan eʼtiqodiy ishonchlar bilan bogʻliq: xreildorlik, suv, oʻsimlik, olovga sigʻinish haqida);
- etnogenetik miflar (urugʻ-qabilalarning kelib chiqishi bilan aloqador: 92 oʻzbek urugʻlarining paydo boʻlishi);
- kalendar miflar (yil, oy, kun hisobi bilan bogʻliq: ayamajuz, ahmandahman, chilla, toʻqson hisobi bilan bogʻliq miflar);
- esxatologik miflar (olamning intihosi haqidagi: oxirzamon to`g`risidagi miflar).
Qadimgi yodnomalarda mifologik tasavvurlar - Ibtidoiy inson o‘zini tabiiy olamdan aniq ajrata bilmagan, shu bois tabiiy obyektlarga o‘z insoniy xususiyatlarini ko‘chiravergan - tabiiy obyektlar inson kabi hayot kechiradi, ulaming insondagi kabi his-tuyg‘ulari bor, ongli, ma’lum maqsadga yo'naltirilgan xo'jalik faoliyatini yuritadi, deb bilgan. Shuningdek, inson ibtidoiy bosqichda mavhum fikrlashni bilmagan. Mifning barcha turlari manbai ana shu fikrlashda. Fetishizm, animizm va totemizm kabi e’tiqodlar ham aslida atrof muhitni “insonlashtirish”dan kelib chiqqan. Turkiy miflar ham ayni shu xususiyatlar va jarayonlami bosib o‘tgan.
- Miflar, mifologik taffakkurning insoniyat tarixidagi ulkan ahamiyati hech kimga sir emas. ”Fan mifdan tug‟ilmaydi, - deb yozgan edi taniqli faylasuf olim A.F. Losev, - ammo mifsiz ham yashay olmaydi. Zero, fan doimo miflashgan”. Mifologik mushohadalarning badiiy ifodasi og’zaki ijod namunalari hamda ayrim mifologik obrazlar mohiyatida bizning kunlarimizgacha saqlanib qolgan.
“Mifologik tafakkur tasavvur hukmronligida paydo bo’lgan tafakkurdir, - deydi Ya. Golosovker. - Tasavvur oddiy faoliyat natijasi emas, balki oliy tafakkur shakli, ayni paytda ham ijod, ham bilim xususiyatiga ega bo’lgan shakldir. Bu hodisa mifologik obrazlar tabiatiga ham xos. Shuning barobarida xalqimiz tasavvurida mifologik obrazlar (dev, jin, yalmog`iz kampir, pari, humo, qaqnus, semurg` va boshqalar) bilan bog`liq bir qancha an’ana-odatlar, marosimlar hamda xalqimiz tarixining muhim sahifasi bo`lib kelayotgan arxeologik topilmalar, etnografik ma’lumotlar mavjudki, bu mazkur obrazlar faqatgina badiiyat mahsuli emas, balki o`zlarining tarixiy asosiga ega ekanligidan ham dalolat beradi. Shunga muvofiq, mifologik obrazlarning tarixiy ildizlarini o`rganish, ularning mifologik va tarixiy xususiyatlarini xalq og`zaki ijodi va yozma manbalar asosida qiyosiy tahlil etish o`rinlidir. - “Mifologik tafakkur tasavvur hukmronligida paydo bo’lgan tafakkurdir, - deydi Ya. Golosovker. - Tasavvur oddiy faoliyat natijasi emas, balki oliy tafakkur shakli, ayni paytda ham ijod, ham bilim xususiyatiga ega bo’lgan shakldir. Bu hodisa mifologik obrazlar tabiatiga ham xos. Shuning barobarida xalqimiz tasavvurida mifologik obrazlar (dev, jin, yalmog`iz kampir, pari, humo, qaqnus, semurg` va boshqalar) bilan bog`liq bir qancha an’ana-odatlar, marosimlar hamda xalqimiz tarixining muhim sahifasi bo`lib kelayotgan arxeologik topilmalar, etnografik ma’lumotlar mavjudki, bu mazkur obrazlar faqatgina badiiyat mahsuli emas, balki o`zlarining tarixiy asosiga ega ekanligidan ham dalolat beradi. Shunga muvofiq, mifologik obrazlarning tarixiy ildizlarini o`rganish, ularning mifologik va tarixiy xususiyatlarini xalq og`zaki ijodi va yozma manbalar asosida qiyosiy tahlil etish o`rinlidir.
Tarixi eski, katta millatlarda asotirli, ya’ni mifologik manbalar juda mo`ldir. Bu jihatdan boy va mahobatli tarixga ega bo`lgan turkiy xalqlarning qadimgi yodnomalari katta qiymatga ega. O`tgan asrlar davomida ko`p harakatli katta urushlar, begona madaniyatlar va begona dinlar bilan munosabatlar turkiy xalqlar asotirlariga bir qator ta’sir ko`rsatdi. Bu ta’sirlarning izlari, turkiylar madaniyatining barcha sohalarini qamrab olgan holda aytish mumkinki, xitoyliklar, hindlar va eronlar bilan munosabatlarda bo`lgan ko`kturklarda va uyg`urlarda hamda to`g`ri janubga tushayotib arablar bilan duch kelib qolgan shumerlarda ko`rinadi. Oltoyliklar, yoqutlar, hatto qirg`izlar yuqoridagilar bilan qiyoslanilsa, hali-hanuz ta’sirlardan xolidirlar. Lekin har qalay bu munosabatlar namunalarga boy, manbalari ko`p, tangrilari o`ziga xos bo`lgan turkiy xalqlar mifologiyasining qiyofasini o`zgartira olmadi. Boshqa bir qator millatlarning madaniy hayotida keng o`rin egallagan mifologik tasavvurlar, obrazlar va asotirli mavzular esa turkiy xalqlar madaniyati ta`sirida shakllangani shak-shubhasizdir. - Tarixi eski, katta millatlarda asotirli, ya’ni mifologik manbalar juda mo`ldir. Bu jihatdan boy va mahobatli tarixga ega bo`lgan turkiy xalqlarning qadimgi yodnomalari katta qiymatga ega. O`tgan asrlar davomida ko`p harakatli katta urushlar, begona madaniyatlar va begona dinlar bilan munosabatlar turkiy xalqlar asotirlariga bir qator ta’sir ko`rsatdi. Bu ta’sirlarning izlari, turkiylar madaniyatining barcha sohalarini qamrab olgan holda aytish mumkinki, xitoyliklar, hindlar va eronlar bilan munosabatlarda bo`lgan ko`kturklarda va uyg`urlarda hamda to`g`ri janubga tushayotib arablar bilan duch kelib qolgan shumerlarda ko`rinadi. Oltoyliklar, yoqutlar, hatto qirg`izlar yuqoridagilar bilan qiyoslanilsa, hali-hanuz ta’sirlardan xolidirlar. Lekin har qalay bu munosabatlar namunalarga boy, manbalari ko`p, tangrilari o`ziga xos bo`lgan turkiy xalqlar mifologiyasining qiyofasini o`zgartira olmadi. Boshqa bir qator millatlarning madaniy hayotida keng o`rin egallagan mifologik tasavvurlar, obrazlar va asotirli mavzular esa turkiy xalqlar madaniyati ta`sirida shakllangani shak-shubhasizdir.
Turkiy mifologiyada afsonaviy obrazlar talqini - I.V. Stebleva ajdodlarimizning mifologik tasavvurlariga tayangani holda turkiy yodnomalar mohiyatidagi asotirli motivlarga diniy mifologik tizim sifatida yondashadi. Uning ta’kidlashicha, qadimgi turkiylar madaniyatidagi diniy-mifologik tizim turli shakl va mazmundagi matnlarda uchraydi.
- Eng qadimgi asotirlarda bo‟lgani kabi Tangri turkiy yodnomalarda ham eng ko`p tarqalgan mifologik obraz sanaladi. Yodnomalarda Tangri asosan, yaratuvchi va homiy vazifasini bajaradi. Chunonchi, qadimgi turkiylar olamning yaralishida asosiy, muhim qismlar deb tangri, ya’ni osmon va yerni tushunganlar.Eng arxaik davrga aloqador tasavvur-tangrini ota, yerni ona deb tasavvur qilish yodnomalarda bosh o`rinda turadi. Tangri va yerning qadimgi turkiy yodnomalardagi vazifasi orqali, bir tomondan ilk odamzodning fazoni anglash darajasini, ikkinchi tomondan, oila - nikoh munosabatlarining tabiiy obyektlarga ko`chirilganini anglash mumkin. Chunki yer va osmon qadimgi turkiylar tasavvurida kosmogonik jarayonning asosiy boshlang`ich nuqtasi sanalar edi.
Olamning yaratilishi borasidagi bir shumer afsonasiga ko`ra, Op-su degan ichimlik suv bilan Tiamat degan sho`r suv timsoli-urg`ochi bir devdan ko`klar va yerlar bunyod bo`lgani, undan keyin ko`k tangrisi Onu, Havo tangrisi Enlil, dengiz tangrisi Eo (Enki) ning yaratilgani, bu uch tangrining ham quyoshni, oyni, yulduzlarni yaratganligi tasvirlanadi. Boshqa bir turkiy afsonaga ko`ra esa, Qora Xon (Qoyra Xon) suvlarni, dunyoni, insonni yaratgandan keyin o`n yetti qavat Ko`kni yaratgandir. - Olamning yaratilishi borasidagi bir shumer afsonasiga ko`ra, Op-su degan ichimlik suv bilan Tiamat degan sho`r suv timsoli-urg`ochi bir devdan ko`klar va yerlar bunyod bo`lgani, undan keyin ko`k tangrisi Onu, Havo tangrisi Enlil, dengiz tangrisi Eo (Enki) ning yaratilgani, bu uch tangrining ham quyoshni, oyni, yulduzlarni yaratganligi tasvirlanadi. Boshqa bir turkiy afsonaga ko`ra esa, Qora Xon (Qoyra Xon) suvlarni, dunyoni, insonni yaratgandan keyin o`n yetti qavat Ko`kni yaratgandir.
- Yuqorida keltirilgan qadimgi turkiy asotirlardan farqli o`laroq yodnomalarda Tangri obrazi mifologik mazmunidan tashqari, yerning tomi ma’nosida uchraydi:
Yuz yashayin. Tangrim ochuk bizga. Yuz yil yashayin. Tangrim tomdir bizga. - Kul Tigin yodnomasining tugallanmasida Tangri olamning, butun borliqning yaratuvchisi, hech narsa abadiy emasligi to`g`risida aytiladi. Tangri va yer ibtidoiy fikrlash bosqichida jonli deb tasavvur qilingan. Ayniqsa, Kul Tigin yodnomasining boshlanishida bu jarayonni aniqroq kuzatish mumkin. Inson o`z faoliyati va xatti-harakatidan andoza olib, o`z harakatlarini fazoviy jismlarga (osmon va yer) ko`chirgan. Ibtidoiy davrda tashqi olamda qanday harakat bajarilsa, inson ham shuni takrorlagan. Bunday takror takrorlanuvchi tafakkurning natijasidir. Uning uchun obyekt (Tangri) ham, subyekt (Ota) ham farqsiz bo`lgan, inson ikkovining o`rtasiga chegara qo`ya bilmagan. Inson Tangri va yerga o`z faoliyatini ko`chirib, bu obyektlarni totemlashtirgach, asta-sekin ilohiy tus olavergan.
“Devonu lug`atit-turk”ga ham Tangri xuddi O`rxun yodnomalaridagi singari she’riy parchalarning aksariyati bilan zamondosh bo`lgani uchun ham Tangrining vazifasida ham umumiyliklar bor: - “Devonu lug`atit-turk”ga ham Tangri xuddi O`rxun yodnomalaridagi singari she’riy parchalarning aksariyati bilan zamondosh bo`lgani uchun ham Tangrining vazifasida ham umumiyliklar bor:
Tangri ajun torutti, Chigri iz tizginur. Yulduzlari yorkashib, Tun kun uza burkanur. - Xudo olamni yaratdi, falak doimo aylanib turadi. Yulduzlar saf tortib, tun kunduz uzra burkanadi.
- “O`g`uznoma” da ham Tangrining yaratuvchilik vazifasi yaqqol ko`rinadi. “O`g`iz qag`an bir yarda tangrini yalbarg`ida idi – O`g`iz Hoqon bir yerda osmonga yolvorar edi. Tangrining mazkur vazifasiga asoslanib, “O`g`iznoma”ning yaratilgan davri haqida xulosa chiqarib bo`lmaydi, balki bu o`rinda mifologik obrazlarning an’anaviyligi, inson aqliy faoliyatining tayyor qolipiga tayanish to`g`risida gapirish o`rinlidir. Tangrining yaratuvchilik vazifasi to`g`risida so`z ketar ekan, uning ildizlari aslida turkiy afsonalarda qayd etib o`tish joizdir.
Mifologiya osoyishta yashash hamda yovuz kuch ustidan g`alaba qila oluvchi zo`r kuch va qudrat haqidagi orzu-umidlarning in’ikosidir. “Kishilar yaxshilik, baxt-saodat, quyosh nuri va issiqlikni sovuqqa qarama-qarshi qo`yib, baxt o`lkasi va baxtsizlik o`lkasi degan miflarni yaratganlar. Go`yo tabiatda ulug` va foydali kuchlar-quyosh va suv abadiy bo`lgan o`lka hamda ofat keltiruvchi kuchlar - zulmat va kulfat abadiy bo`lgan o`lka bor emish. Ko`pchilik mifologik obrazlar mana shu ikki o`lka va ular o`rtasidagi kurash fonida gavdalanadi”. - Mifologiya osoyishta yashash hamda yovuz kuch ustidan g`alaba qila oluvchi zo`r kuch va qudrat haqidagi orzu-umidlarning in’ikosidir. “Kishilar yaxshilik, baxt-saodat, quyosh nuri va issiqlikni sovuqqa qarama-qarshi qo`yib, baxt o`lkasi va baxtsizlik o`lkasi degan miflarni yaratganlar. Go`yo tabiatda ulug` va foydali kuchlar-quyosh va suv abadiy bo`lgan o`lka hamda ofat keltiruvchi kuchlar - zulmat va kulfat abadiy bo`lgan o`lka bor emish. Ko`pchilik mifologik obrazlar mana shu ikki o`lka va ular o`rtasidagi kurash fonida gavdalanadi”.
Dunyo va xudolarning paydo bo`lishi haqida yunon afsonalari - Antik madaniyatning barcha Yevropa xalqlari taraqqiyotiga ko`rsatgan ta’siri mutlaqo shak-shubhasizdir. Shuni e’tirof etish kerakki, mo`jazgina grek xalqining miflari umumbashariy madaniyat asosini tashkil etgan holda ohanrabo qudratiga molik bo`lib, u hozirgi zamon kishisining tasavvuri va tafakkuri tarziga juda chuqur kirib borgandir. Badiiy adabiyotda kuchli inson Gerkules (greklarda Gerakl)ga, jasur va barqaror ayol amazonkaga o`xshatiladi. Rassomlar, shoirlar va haykaltaroshlarni dastavval mifik timsollarning teranligi va badiiyligi jalb etadi. Odamlarga ta’sir etadigan o`sha kuch-qudrat izohi faqat yunon mifologiyasida mujassamdir deyish tamoman o`rinli emas. Chunki mifologiya qadimgilarning yerda hayotda paydo bo`lishini, tabiatdagi stixiyali hodisalarning yuz berishi sabablarini tushuntirishga bo`lgan urinishi sifatida, inson o`z atrof-muhitidagi o`rnini aniqlashga ojiz bo`lgan davrda paydo bo`lgan edi.
Miflar yaratilishining o`zi insonning ijodga va o`z-o`zini bilib olishga qo`tgan ilk qadami edi. Tadrijiy suratda yunon zaminining turfa viloyatlarida vujudga kelgan ayrim asotirlardan qahramonlar va ularga homiylik qilgan ma’budlarning taqdirlari haqida butun boshli turkumlar tarkib topgan. Elma-el kezib yurgan aed – qo`shiqchilar tomonidan ijro etilgan barcha afsonalar, madhiyalar va qo`shiqlar zamonlar o`tishi bilan Homerning “Iliada” va “Odisseya”, Hesiodning “Teogoniya” hamda “Mehnat va kunlar”, bizning davrimizgacha yetib kelmaganjuda ko`p narsalar katta epik dostonlarga aylanib ketgan. Miloddan avvalgi V asrda yashagan qadimgi buyuk yunon shoir-dramaturglari – Esxil, Sofokl, Yevripidlar o`z tragediyalarini xudolar va qahramonlar haqidagi qadimgi asotirlar mazmuniga asoslanib yaratgan edilar. - Miflar yaratilishining o`zi insonning ijodga va o`z-o`zini bilib olishga qo`tgan ilk qadami edi. Tadrijiy suratda yunon zaminining turfa viloyatlarida vujudga kelgan ayrim asotirlardan qahramonlar va ularga homiylik qilgan ma’budlarning taqdirlari haqida butun boshli turkumlar tarkib topgan. Elma-el kezib yurgan aed – qo`shiqchilar tomonidan ijro etilgan barcha afsonalar, madhiyalar va qo`shiqlar zamonlar o`tishi bilan Homerning “Iliada” va “Odisseya”, Hesiodning “Teogoniya” hamda “Mehnat va kunlar”, bizning davrimizgacha yetib kelmaganjuda ko`p narsalar katta epik dostonlarga aylanib ketgan. Miloddan avvalgi V asrda yashagan qadimgi buyuk yunon shoir-dramaturglari – Esxil, Sofokl, Yevripidlar o`z tragediyalarini xudolar va qahramonlar haqidagi qadimgi asotirlar mazmuniga asoslanib yaratgan edilar.
- Qadimgi yunonlar faol, qat’iyatli, serg`ayrat xalq bo`lib, garchi unda insonga tahdid soladigan, unga dushman bo`lgan jonzotlar mavjud bo`lsa-da, real dunyoni bilib olishdan tap tortishmasdi. Lekin ushbu dunyoni bilib olishga bo`lgan cheksiz tashnalik noma’lum, ko`zga ko`rinmas xavf-xatar oldidagi qo`rquvdan ustun kelardi. Odisseyning sarguzashtlari, argonavtlarning oltin mo`ynani qo`lga kiritish uchun qilgan yurishi – bularning barchasi inson hayot kechirayotgan yer haqida iloji boricha ko`proq bilishga bo`lgan o`sha intilishlarning she’riy shaklda ifodalanishidir. Inson irodasiga bo`yin egmaydigan dahshatnok kuchlardan himoyalanish maqsadida yunonlar ham boshqa xalqlar singari keyinchalik ularning juda ko`plab xudolarini tasvirlagan mahobatli haykallarda saqlanib qolgan ilohiylik – fetishizm jonsiz tabiatning ilohiyligiga sig`inishni boshidan kechirdi. Ularning diniy e’tiqod va rivoyatlarida animizm, eng dag`al xurofotlarning mavjudligini ham payqash mumkin.
Ammo yunonlar o`z xudolarini kishilar timsoliga o`xshatib yaratarkanlar, antromorfizmga ancha erta o`tishdi, ayni zamonda ularga go`zallik, istagan qiyoaga kirish san’ati, o`zgarmas va o`tkinchi bo`lmagan sifatlarni, eng asosiysi – umrboqiylik ato etishdi. Qadimgi yunon ma’budlari har jihatdan odamlarga o`xshash bo`lib, mard, oliyjanob va rahmdil, lekin goho ko`p hollarda zolim, qasoskor va dog`ulidirlar. Inson hayoti muqarrar o`lim bilan tugardi, xudolar esa umriboqiy bo`lib, o`z istaklarini amalga oshirishda chegara bilishmasdi, biroq baribir taqdir ilohalari – moyralardan o`tib, o`z qismatini hech kim o`zgartirolmasdi. Shunday qilib, umriboqiy ma’budlar qismatini ham foniy odamlar taqdiri bilan o`xshash deb bilardilar. Chunonchi, Gomerning “Iliada”sida qahramonlar Gektor va Axilles kurashning nihoyasi qanday bo`lishini Zevs ham hal qilishga haqli emas. U oltin tarozi pallalariga har ikkala qahramon taqdirini bilish uchun qur’a tashlaydi. Gektorning o`limini ko`rsatuvchi qur’a pastga tushadi, natijada Zevsning barcha ilohiy hukmi o`z suyuklisiga yordam berishga ojizlik qiladi. Zevsning istagiga zid ravishda taqdir taqozosiga muvofiq shavkatli Gektor Axilles nayzasidan halok bo`ladi. - Ammo yunonlar o`z xudolarini kishilar timsoliga o`xshatib yaratarkanlar, antromorfizmga ancha erta o`tishdi, ayni zamonda ularga go`zallik, istagan qiyoaga kirish san’ati, o`zgarmas va o`tkinchi bo`lmagan sifatlarni, eng asosiysi – umrboqiylik ato etishdi. Qadimgi yunon ma’budlari har jihatdan odamlarga o`xshash bo`lib, mard, oliyjanob va rahmdil, lekin goho ko`p hollarda zolim, qasoskor va dog`ulidirlar. Inson hayoti muqarrar o`lim bilan tugardi, xudolar esa umriboqiy bo`lib, o`z istaklarini amalga oshirishda chegara bilishmasdi, biroq baribir taqdir ilohalari – moyralardan o`tib, o`z qismatini hech kim o`zgartirolmasdi. Shunday qilib, umriboqiy ma’budlar qismatini ham foniy odamlar taqdiri bilan o`xshash deb bilardilar. Chunonchi, Gomerning “Iliada”sida qahramonlar Gektor va Axilles kurashning nihoyasi qanday bo`lishini Zevs ham hal qilishga haqli emas. U oltin tarozi pallalariga har ikkala qahramon taqdirini bilish uchun qur’a tashlaydi. Gektorning o`limini ko`rsatuvchi qur’a pastga tushadi, natijada Zevsning barcha ilohiy hukmi o`z suyuklisiga yordam berishga ojizlik qiladi. Zevsning istagiga zid ravishda taqdir taqozosiga muvofiq shavkatli Gektor Axilles nayzasidan halok bo`ladi.
Qadimgi yunonlar hayotda yuz beradigan barcha mushkul hodisalarni bevosita idrok etishardi, binobarin, ularning asotirlari qahramonlari ham umidsizlikka tushganda va quvonganda o`sha dulvarlikni namoyon etadilar. Ular soddadil, oliyjanob va ayni zamonda dushmanlarga nisbatan beshafqatdirlar. Bu qadimgi real hayot va real insoniy siyratlarning aks etishidir. Xudolar va qahramonlar hayoti jasorat, g`alaba va iztirozblar bilan to`lib-toshgandir. O`zining sohibjamol ma’shuqi Adonisdan judo bo`lgan Afrodita g`amga botadi, zulmat saltanati xudosi Aid suyukli qizi Persefonani o`g`irlab ketganligi uchun Demetra azobda. Olimpdan odamlar uchun ilohiy olovni o`g`irlagani tufayli bahaybat qoyaga zanjirband qilingan va Zevsning burguti tomonidan iztirob tortayotgan titan Prometeyning azob-uqubatlari chidab bo`lmas darajada. Uchchala farzandi ham Apollon va Artemida kamon o`qlaridan halok bo`lgan Nioba g`am-alamdan hushi boshidan uchgan. Troya urushining eng jasur qahramonlaridan biri Agamemnon jang-jadaldan qaytgan zahotiyoq xotini Klitemnestra tomonidan xiyonatkorona o`ldiriladi. - Qadimgi yunonlar hayotda yuz beradigan barcha mushkul hodisalarni bevosita idrok etishardi, binobarin, ularning asotirlari qahramonlari ham umidsizlikka tushganda va quvonganda o`sha dulvarlikni namoyon etadilar. Ular soddadil, oliyjanob va ayni zamonda dushmanlarga nisbatan beshafqatdirlar. Bu qadimgi real hayot va real insoniy siyratlarning aks etishidir. Xudolar va qahramonlar hayoti jasorat, g`alaba va iztirozblar bilan to`lib-toshgandir. O`zining sohibjamol ma’shuqi Adonisdan judo bo`lgan Afrodita g`amga botadi, zulmat saltanati xudosi Aid suyukli qizi Persefonani o`g`irlab ketganligi uchun Demetra azobda. Olimpdan odamlar uchun ilohiy olovni o`g`irlagani tufayli bahaybat qoyaga zanjirband qilingan va Zevsning burguti tomonidan iztirob tortayotgan titan Prometeyning azob-uqubatlari chidab bo`lmas darajada. Uchchala farzandi ham Apollon va Artemida kamon o`qlaridan halok bo`lgan Nioba g`am-alamdan hushi boshidan uchgan. Troya urushining eng jasur qahramonlaridan biri Agamemnon jang-jadaldan qaytgan zahotiyoq xotini Klitemnestra tomonidan xiyonatkorona o`ldiriladi.
- Yunonistonning eng buyuk qahramoni, odamlarga ularga hujum qilib, yerlarini payhon etgan bir talay bahaybat maxluqlardan xalos qilgan Gerakl bag`oyat dahshatli iztiroblar bilan gulxan ichida jonidan judo bo`ladi. Bilmasdan yo`l qo`ygan jinoyatlaridan talvasaga tushgan jafokash Edip shoh ikkala ko`zini o`yib, yunon zaminida qizi Antigona bilan hech joyda osoyish topmay sarson-sargardon kezadi. Shunday baxti qaro kishilar ko`pincha qachondir bobokalonlari yo`l qo`ygan jinoiy harakat tufayli jazoga mahkum etiladilar. Garchi buning hammasi oldindan, taqdirul azaldan shunga mahkum etlgan bo`lishsa-da, ular o`zlari ham sherik bo`lgan biror hodisa uchun xudolarning jazosini kutmasdan o`zlarini o`zlari jazolaydilar. Yunon miflarida kishilarga o`z oldidagi mas’uliyat hissi, yaqinlari va vatanga bo`lgan munosabati tuyg`ulari xosdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR - N.A.Kun “Qadimgi yunon afsona va rivoyatlari”. “Zarafshon” nashriyoti, Samarqand, 2005.
- “Turkiy folklorda miologik obrazlar talqini”. Yo`ldoshev S. Bitiruv malakaviy ishi, 2016.
- Meletinskiy Ye. M., Poetika mifa, M., 1976; Stebl i n - Kamenski y M. I., Mif, L., 1976; Mifi narodov mira. V dvux tomax, M., 1991; Joʻrayev M., Shomusarov Sh., Oʻzbek mifologiyasi va arab folklori, T., 2001.
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- Рахмонова Д. Ш., Матьязова Н. С. Qadimiy afsonalar // Молодой ученый. — 2016. — №9.5. — С. 96-99
- https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Mif
Do'stlaringiz bilan baham: |