O’KTAMOVA MEHRIGIYO A’ZAMOVNA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QISH DARSLARIDA MUALLIFNING ERTAGI BILAN FOLKLOR MANBALARIGA QIYOSIY O’RGATISH METODIKASI BOSHLANG‘ICH SINF O‘QISH DARSLARIDA MUALLIFNING ERTAGI BILAN FOLKLOR MANBALARIGA QIYOSIY O’RGATISH METODIKASI
O’KTAMOVA MEHRIGIYO A’ZAMOVNA
Reja: Kirish I Boshlangʻich sinflarda ertaklarning oʻrgatishning nazariy asoslari. 1.Ertak janri tabiati. 2.Xalq ertaklarining janriy xususiyati va ularning oʻqish kitoblardagi oʻziga xos oʻrni. II boshlangʻich sinflarda Oʻtiladigan ertaklarning gʻoyaviy badiiy tahlili muammolari. 1.Ertaklar gʻoyasining oʻquvchi tarbiyasidagi oʻrnini belgilash muammolari. III Boshlangʻich sinflarda ertakni oʻtish usullari. 1 . Oʻqish darslarida ertak tanlash tamoyillari. 2.Ertaklarni oʻrganishda noanʼanaviy usullaridan foydalanish. Xulosa.
Ertak janri tabiati
Ertak umumfolklor hodisasi sifatida eng qadimgi epik janrlardan bo‘lib, M.Qoshg‘ariy o’z “Devonu lug‘otit turk” asarida turkiy xaiqlarda uning “etuk” atamasi bilan yuritilganini qayd etadi.Unga ko‘ra, etuk biror voqeani og‘zaki hikoya qilishni anglatadi. Biroq jonli so’zlashuvda O‘zbekistonning turli joylarida, chunonchi, Namangan viloyatining Janubiy qismida ”ertangi” deb yuritiladigan bu hodisa-ertangi bo’lib o‘tgan, qadimgi zamonlardan qilinajak hikoya ma’nosini anglatsa, Samarqand, Farg‘ona va Surxondaryoda bu hodisa – matal, Xorazmda-varsoqe, Buxoroda-ushuk, Toshkentda-cho‘pchak, yana boshqa bir qator maskanlarda-hikoya, hikoyat, og‘zaki hikoya, o‘trik yoki o‘tirik, afsona deb yuritilsa-da, folklorshunoslikda ertak ilmiy istilohi qabul qilingan va muhim muomalada bo‘lib, ruslardagi “skazka” istilohiga teng ekvivalentga aylangan. Zero, Alisher Navoiy asarlarining qadimgi lug‘ati sanaluvchi "Abushqa" da ham ertak istilohi uchraydi.
Ertak” so‘zi “er”, aslida “ir” yo “yir”, ”jir” hamda “tak” so’zlaridan tarkib topgan. A.Navoiy zamonida og‘zaki hikoya yo doston ma’nolarini anglatganki, bu xususda u shunday ma‘lumotlarni yozib qoldirgan.
Ey yirov, sen ham ishingni ko‘rguz,
Yotug’on birla ulug’ irni tuz.
Habibim husni vasfin uyla muhlik anglakim, bo‘lg‘ay,
Qoshingda qissayi Yusuf bir uyqu keltirur cho‘pchak.
Shuni ta’kidlash joizki, Navoiy qo‘llagan “cho‘pchak” istilohi hozir Toshkent muzofotida “cho‘pchak” va uyg‘urlarda “cho‘rek” shakllarida fonetik o‘zgarishga uchragan holda is’temoldadir.
Ertaklarning paydo bo‘lishi. Ertak xalq og‘zaki ijodining eng qadimiy, ommaviy hajmi yirik, katta-yu kichiklar uchun baravar qiziqarli bo‘lgan janrdir. Ular juda uzoq o‘tmishda ibtidoiy ajdodlarimizning mifologik dunyoqarashi, qadimiy urf-odatlari, marosimlari asosida paydo bo‘lgan.
Ertaklar janr sifatida uzoq muddatli shakllanish jarayonini kechirgan. Ular ibtidoiy odamlarning turmushdagi biror voqeani oddiygina hikoya qilishlari asosida yuzaga kelgan. Davrlar o‘tishi bilan hikoya qilish ham takomillashib borgan. So‘zga sig‘inish, ilohiy kuchlarga sig‘inish, animistik, totemistik, fetishistik e’tiqodlar, gallitsunatsiyasiga va tush ta’sirida fantastik vositalarga to‘lisha borsa, ular ishonchlariga ishonch, hayvon mahsulotlaridangina emas, balki kuchidan ham foydalanish jarayonlarida hayvonlar haqidagi ertaklar paydo bo‘la boshlaydi.
Ertaklarning o‘ziga xos janriy xususiyatlari quyidagilar:
1) og‘zaki hikoyaga asoslangan qiziqarli sujetga ega bo‘lishi;
2) voqealarning ongli tarzda xayoliy uydirmalar orqali aks ettirilishi;
3) estetik vazifaning yetakchilik qilishi;
4) o‘ziga xos badiiy shakliy qolip hamda tilga ega bo‘lishi.
5) obrazlarning ramziy ma’no tashishi;
6) sehrli vositalar, sehrli raqamlar qo‘llanilishi.
Hayvonlar haqidagi ertaklar sujetida inson ishtirok etish-etmasligiga ko‘ra ikki turlidir:
1. Inson va hayvon munosabati asosiga qurilgan ertaklar. “O‘tinchi yigit bilan she’r”, “Bo‘ri bilan mergan”, “Tulkiboy” kabi ertaklar shunday ertaklar sirasiga kiradi.
2. Insonnning mutloqo ishtirokisiz, o‘zaro hayvonlar munosabati asosida qurilgan ertaklar – “Ko‘zacha bilan tulki”, “Tulki va xo‘roz”, “Qarg‘a bilan qo‘zi” singari ertaklardir
Ertaklar g‘oyasining o‘quvchi tarbiyasidagi o‘rnini belgilash muammolari
O‘quvchilаrni mаktаbgа qаdаm qo‘ygаn kunlаridаn bоshlаb оdоb-ахlоq mе’yorlаri dаrаjаsidа tаrbiyalаsh o‘qituvchilаr zimmаsigа kаttа vаzifаlаrni yuklаydi. Chunki o‘quvchilаrning mа’nаviyati yuksаk insоn bo‘lishidа mаktаb аsоsiy o‘rin tutаdi. Аyniqsа, bоshlаng‘ich sinfdа bilim pоydеvоrini qurish bilаn birgа tаrbiya jаrаyoni hаm shаkllаntirib bоrilаdi. Chunki bоlаni yoshlikdаn tаrbiyalаb bоrilsа, uning mа’nаviyati yuksаk, оbro‘si bаlаnd, kеlаjаgi pоrlоq bo‘lаdi. Shuning uchun o‘qishning birinchi kunlаridаn bоshlаb, o‘quvchilаrgа tа’lim bеrish bilаn birgа, tаrbiya hаm bеrib bоrilishi eng аsоsiy vаzifа hisоblаnаdi. Ta‘limning maqsadi o‘quvchilarga jahon andozalariga mos bilim va malakalarni singdirishdan iborat bo‘lsa, tarbiyaning maqsadi bolalarni hayot bilan tanishtirishdan iboratdir.
Bolalarni qadimiy urf-odatlar, tarixiy-milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash ularning dunyoqarashlarini shakllantirish, insonlarga xos eng yaxshi xislatlarni singdirish kabi g‘oyalar, asosan, ular o‘qiydigan asarlarda jamuljam bo‘lishi lozim.
Boshlang‘ich sinf O‘qish kitoblaridan o‘rin olgan bir qancha xalq ertaklari shaxsga mehnatning mohiyatini chuqur anglatish, ularda mehnatga ongli munosabat, shuningdek, muayyan ijtimoiy-foydali harakat yoki kasbiy ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |