1-tajriba. Kalsiy fosfatlarning olinishi. Uchta probirka olib, ularning biriga uchlamchi natriy fosfat, ikkinchisiga ikkilamchi natriy fosfat va uchinchisiga birlamchi natriy fosfatlarning suyultirilgan eritmasidan 5 ml dan quying. Har qaysi probirkaga kalsiy xlorid eritmasidan 1 ml dan qo`shib chayqating. Nimani kuzatdingiz? Uchlamchi, ikkilamchi va birlamchi kalsiy fosfatlarning suvda eruvchanligi haqida xulosa chiqaring. Reaksiyalarning tenglamalarini yozing.
1- tajriba. Bariy gidrofosfatning olinishi. Probirkaga 4-5 ml dan bariy xlorid va natriy gidrofosfat (Na2HPO4) eritmalaridan quying. Ajralib chiqqan cho’kmaning rangini belgilang. Gidrofosfat hosil bo’lishini hisobga olib, reaksiyaning molekulyar va ionli tenglamalarini yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |