1-tajriba. Ammoniy xloridning sublimatlanishi. Probirkaga ammoniy xloriddan no`xat kattaligida soling, uni qisqich yordamida qiya holda tutib gaz alangasida qizdiring. Ammoniy xlorid parchalanib, bir ozdan keyin probirka tubida hech narsa qolmaydi, probirkaning yuqori sovuq qismida esa oq qirov hosil bo`ladi. Yangidan hosil bo`lgan oq modda nima bo`lishi mumkin? Tegishli reaksiya tenglamalarini yozing.
1- tajriba. Yengil metallar nitratlarining parchalanishi. Bu tuzlar nitratlar bilan kislorodga ajraladi. Probirka hajmining 1/3 qismiga qadar kaliy nitrat solib, shtativ qisqichiga vertikal holatda o’rnatiladi. Tuz suyuqlantiriladi va suyuqlanmada kislorod pufakchalari paydo bo’lishi bilan probirkaga bir bo’lak ko’mir tashlanadi, ko’mir yallig’lanib yonadi va suyuqlangan nitrat yuzasida yugurib yuradi. Endi probirkaga oltingugurt bo’lagi tashlanadi, u ko’zni qamashtiradigan darajada ravshan yonadi. Agar selitra va oltingugurt ko’proq olinsa, probirka suyuqlanib, uzilib tushishi mumkin. Shu sababli, ehtiyot uchun probirka tagiga qumli kosacha qo’yish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |