1- tajriba. Kadmiy gidroksidning olinishi. Kadmiy tuzlarining birorta eritmasidan olib, uning ustiga ishqor eritmasidan oz miqdorda quying. Cho’kma Cd(OH)2 ni hosil bo’lishini kuzating. Hosil bo’lgan cho’kmaning rangiga e’tibor bering. Reaksiya tenglamasini yozing. Olingan cho’kma Cd(OH)2 ni ikkita probirkaga bo’lib, birinchisiga suyultirilgan xlorid kislota, ikkinchisiga ortiqcha miqdoda ishqor eritmasidan quying. Kuzatilgan xodisalarni izohlang. Kadmiy gidroksid qanday xossalarni namoyon qilishini tushuntirib, reaksiya tenglamalarini yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |