Elektroliz qonuni. Elektrolit eritmadan ajralgan moddaning miqdoriga va elektrolitning ekvivalentiga asoslanib Faradey o‘zining qonunlarini yaratdi.
Katodda qaytarilgan, hamda anodda oksidlangian har qaysi moddaning miqdori eritmadan o‘tgan elektr miqdoriga va moddaning kimyoviy ekvivalentiga proporsionaldir.
1g - ekv moddaning katodda qaytarilishi va anodda oksidlanishi uchun elektrolit orqali 96500 q elektr o‘tishi kerak.
E
m = -- = Q
96500
Quchli 1a bo‘lgan toq sekundiga 1 k. elektr o‘tishiga muvofiq kelishi ma'lum bo‘lsa
m =
96500
m- tokkuchi, t tok o‘tish vaqti, sek.
Akkumulyatorlar. Kerak bo‘lganda elektr energiyasiga aylantiriladigan kimyoviy energiyani to‘plash maqsadida ishlatiladigan asboblar akkumulyatorlar deyiladi. Har qanday tesqari gal'vaniq element akkumulyator vazifasini bajara oladi.
Eng ko‘p ishlatiladigan akkumulyatorlardan kislotali (qo‘rg‘oshinli) va ishqorli temir- nikelli, kadmiy-nikelli, kumush-ruhli) larga bo‘linadi.
Bulardan tashqari kosmik kemalarda yonilg‘i elementlardan ham foydalaniladi.
Qo‘rgoshinli akkumulyator, qo‘rgoshin pastasi to‘ldirilgan panjara shaklidagi qo‘rgoshini plastinkalardan tuziladi. Plastinkalar sul'fat kislotaning zichligi ( 1,18-1,22 g/sm 3 bo‘lgan 25-30 % li eritmasiga botirilgan bo‘ladi. PbO + H2SO4 = PbSO4 + H2O
Akkumlyatorda kimyoviy energiyani to‘plash uchun uni zaryadlash kerak.
Buning uchun akkumulyator doimiy tokka ulanadi, natijada elektroliz natijasida elektr energiyasi kimyoviy energiyaga aylanadi:
PbSO4 + 2e- = Pbo+ SO42-
anod PbSO4 - 2e- +2H2O = PbO2 + 4H+ + SO42- Umumiy holda
2PbSO4 + 2H2O = Pb + PbO2 +4H+ + 2SO42-
Gal'vanik juftni quyidagicha yozish mumkin:
(-) Pb | H2SO4 | PbO2 (+)
Ishqoriy akkumulyatorlar Temir nikelli akkumulyatorlar katta amaliy ahamiyatga ega.Katod Feo – 2e- +2OH- = Fe(OH)2 Anod Ni(OH)3 + e- = Ni(OH)2+OH- Elektrolit sifatida QOH ning 1,21 g/sm3 bo‘lgan 23 % li eritmasidan foydalaniladi.
Zaryadsizlanish
Feo + 2Ni(OH)3 Fe(OH)2 + 2Ni(OH)2
Zaryadlanish
Temir-nikelli akkumulyatorlar 1,35v quchlanishli elektr toki beradi.
Avtomobil akkumulyatorlarining e.yu.k 12V ga teng. Avtomobil haraktlangianda akkumulyator generatordan zaryadlanadi. Avtomobil to‘htaganda yoki starterni o‘chirganda akkumulyator zaryadini yo‘qotadi yoki "o‘tirib" qoladi. U vaqtda akkumulyatorni doimiy tok bilan zaryadlaydi. Zaryadsizlanishda elektrolitning zichligi ( sul'fat kislotaning) kamayadi. Akkumulyatorning holati areometr yordamida sinab turiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |