Okoz: 14. 00. 00. 00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14. 01. 00. 00 Sog‘liqni saqlash / 14. 01. 01. 00 Umumiy qoidalar / 14. 01. 01. 01 Sog‘liqni saqlash sohasida boshqaruv] [tsz
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sog‘liqni saqlash sohasida boshqaruv]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sog‘liqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining tibbiy-ijtimoiy muassasalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2011-yil 23-avgustdagi 240-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 1-dekabrdagi PF-5270-son Farmoniga, “2019 — 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi aholisining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 13-fevraldagi PQ-4190-son qaroriga hamda Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2019-yil 26-martdagi 252-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining tibbiy-ijtimoiy muassasalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2011-yil 23-avgustdagi 240-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 8-son, 71-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduxakimov va O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A.Q. Shadmanov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 4-sentabr,
729-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-son qaroriga
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining tibbiy-ijtimoiy muassasalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2011-yil 23-avgustdagi 240-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Qarorda:
a) 1-bandda:
ikkinchi, uchinchi va beshinchi xatboshilardagi “nogironlar” so‘zi “nogironligi bo‘lgan shaxslar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshidagi “nogiron bolalar” so‘zlari “nogironligi bo‘lgan bolalar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2-bandning ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshilaridagi “nogironlar” so‘zi “nogironligi bo‘lgan shaxslar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 3-bandning uchinchi xatboshidagi “nogiron bolalarni” so‘zlari “nogironligi bo‘lgan bolalarni” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 4-bandning ikkinchi xatboshidagi “nogironlar” so‘zi “nogironligi bo‘lgan shaxslar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. 1-ilovada:
a) ilovaning nomidagi “nogironlar” so‘zi “nogironligi bo‘lgan shaxslar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligining (keyingi o‘rinlarda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi deb ataladi) “Saxovat” keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uylarini (keyingi o‘rinlarda “Saxovat” internat uylari deb ataladi) tashkil etish va ularning faoliyat ko‘rsatishi tartibini belgilaydi”.
v) 2-banddagi “nogironlari” so‘zi “nogironligi bo‘lgan shaxslari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 3-banddagi “Sog‘liqni saqlash vazirligining buyruqlari va farmoyishlariga” so‘zlari “Sog‘liqni saqlash vazirligining hamda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligining buyruqlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) 4-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi” so‘zlari “Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
e) 6-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi” so‘zlari “Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
j) 7-banddagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahri Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar tibbiy-ijtimoiy xizmatlar bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda tibbiy-ijtimoiy xizmatlar bo‘limlari deb ataladi)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
z) 8-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi” so‘zlari “Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
i) 11-banddagi “nogironlari” so‘zi “nogironligi bo‘lgan shaxslari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
k) 14-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“14. “Saxovat” internat uylariga yuborish, shuningdek, bittasidan ikkinchisiga o‘tkazish Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligining Maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq tibbiy-ijtimoiy xizmatlar bo‘limlari boshlig‘ining belgilangan tartibda qabul qilingan buyrug‘i asosida amalga oshiriladi.
“Saxovat” internat uylariga rasmiylashtirish uchun taqdim etilgan hujjatlarning haqqoniyligi yuzasidan mas’uliyat tibbiy-ijtimoiy xizmatlar bo‘limiga yuklanadi.”;
l) 15-bandning ikkinchi xatboshidagi “nogironining” so‘zi “nogironligi bo‘lgan shaxsning” so‘zlari bilan almashtirilsin;
m) 171-bandning ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining” so‘zlari “Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
n) 26-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“26. Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar bo‘limlari har chorakda “Saxovat” internat uylarida vasiylikka olinganlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan hisobotlar shakllarga muvofiq Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligiga taqdim etadilar”.
o) 27-bandning ikkinchi xatboshidagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahri Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi” so‘zlari “tibbiy-ijtimoiy xizmatlar bo‘limlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
p) 28-bandning to‘rtinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi” so‘zlari “Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
r) 34-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi” so‘zlari “Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
s) 42-banddagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahri Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi” so‘zlari “Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. 2-ilovada:
a) ilovaning nomidagi “nogironlar” so‘zi “nogironligi bo‘lgan shaxslar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligining (keyingi o‘rinlarda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi deb ataladi) “Saxovat” keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uylarini (keyingi o‘rinlarda “Saxovat” internat uylari deb ataladi) tashkil etish va ularning faoliyat ko‘rsatishi tartibini belgilaydi”;
v) 2-banddagi “nogironlari” so‘zi “nogironligi bo‘lgan shaxslari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 3-banddagi “Sog‘liqni saqlash vazirligining buyruqlari va farmoyishlariga” so‘zlari “Sog‘liqni saqlash vazirligining hamda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligining buyruqlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) 4 va 8-bandlardagi “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi” so‘zlari “Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
e) 9-banddagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahri Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar tibbiy-ijtimoiy xizmatlar bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda tibbiy-ijtimoiy xizmatlar bo‘limlari deb ataladi)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
j) 10-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi” so‘zlari “Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
z) 13-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“13. “Muruvvat” internat uylariga quyidagi tashxislar bilan vasiylikka olinganlar qabul qilinadi:
mo‘tadil darajadagi aqliy zaiflik;
og‘ir darajadagi aqliy zaiflik;
chuqur darajadagi aqliy zaiflik;
qoldiq shizofreniya;
demensiya.
Qabul qilish bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi”;
i) 14-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“14. Quyidagilar “Muruvvat” internat uylariga yuborishga qarshi ko‘rsatkichlar hisoblanadi:
tez-tez, har oyda 5-martadan ko‘p tutqanoq hurujlari sodir bo‘ladigan epilepsiya, seriyali tutqanoq hurujlariga, epileptik statusga, nomozshomsimon ong xiralashish holatlariga, disforiyalarga moyillik;
bemorning o‘zi va atrofdagilar uchun xavfli bo‘lgan qo‘pol va hulqiy buzilishlar sabab bo‘ladigan ruhiy kasalliklar”.
k) 16-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“16. “Muruvvat” internat uylariga yuborish, shuningdek bittasidan ikkinchisiga o‘tkazish Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi Maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq tibbiy-ijtimoiy xizmatlar bo‘limlari boshlig‘ining belgilangan tartibda qabul qilingan buyrug‘i asosida amalga oshiriladi.
“Muruvvat” internat uylariga rasmiylashtirish uchun taqdim etilgan hujjatlarning xaqqoniyligi yuzasidan mas’uliyat tibbiy-ijtimoiy xizmatlar bo‘limlariga yuklanadi”;
l) 191-bandning ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining” so‘zlari “Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
m) 30-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“30. Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar bo‘limlari har chorakda “Muruvvat” internat uylarida vasiylikka olinganlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan hisobotlar shakllariga muvofiq Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligiga taqdim etadilar”;
n) 31-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“tibbiy-ijtimoiy xizmatlar bo‘limlari ruxsati bilan;
turar joy maydoni, yashash uchun mablag‘lar va o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish imkoniyati mavjud bo‘lganda shaxsning shaxsan arizasiga binoan yoki vasiylikka olinganni ta’minlash va zarur darajada parvarishlashga qodir bo‘lgan qarindoshlarining iltimosiga ko‘ra, shuningdek, navbatdagi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda III guruh nogironligi belgilanganda (mehnat bo‘yicha tavsiyalar mavjud bo‘lganda) amalga oshiriladi”;
o) 32-bandda:
to‘rtinchi xatboshidagi “nogironni” so‘zi “nogironligi bo‘lgan shaxsni” so‘zlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi” so‘zlari “Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
p) 37-bandning uchinchi xatboshidagi “nogironni” so‘zi “nogironligi bo‘lgan shaxsni” so‘zlari bilan almashtirilsin;
r) 40-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi” so‘zlari “Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
s) 47-banddagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahri Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi” so‘zlari “Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
4. 3-ilovada:
a) ilovaning nomidagi “nogiron” so‘zi “nogironligi bo‘lgan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligining (keyingi o‘rinlarda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi deb ataladi) “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar uchun internat uylarini (keyingi o‘rinlarda “Muruvvat” bolalar internat uylari deb ataladi) tashkil etish va ularning faoliyat ko‘rsatishi tartibini belgilaydi”;
v) 2-banddagi “nogiron” so‘zi “nogironligi bo‘lgan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 3-banddagi “Sog‘liqni saqlash vazirligining buyruqlari va farmoyishlariga” so‘zlari “Sog‘liqni saqlash vazirligining hamda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligining buyruqlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) 4-bandning birinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi” so‘zlari “Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligining Maxsus komissiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
e) 5-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi” so‘zlari “Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
j) 6-banddagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar tibbiy-ijtimoiy xizmatlar bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda tibbiy-ijtimoiy xizmatlar bo‘limlari deb ataladi)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
z) 7-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi” so‘zlari “Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
i) 9-bandning oltinchi xatboshidagi, 13-bandning uchinchi xatboshidagi hamda 19-bandning ikkinchi xatboshidagi “nogiron” so‘zi “nogironligi bo‘lgan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
k) 10-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“10. “Muruvvat” bolalar internat uylariga tashhislari quyidagicha bo‘lgan vasiylikka olinadiganlar qabul qilinadi:
mo‘tadil darajadagi aqliy zaiflik;
og‘ir darajadagi aqliy zaiflik;
chuqur darajadagi aqliy zaiflik;
bolalarni ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarga qabul qilishga to‘sqinlik qiluvchi gemiparez, paraparez va tetraparez asoratlari bo‘lgan mo‘tadil darajadagi aqliy zaif bolalar tserebral falajligi;
intellektning qo‘pol buzilishiga olib kelgan bolalar shizofreniyasi;
demensiya.
Qabul qilish bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi”;
l) 11-bandda:
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi — oltinchi xatboshilar tegishli ravishda ikkinchi — beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“tez-tez, har oyda 5-martadan ko‘p tutqanoq hurujlari sodir bo‘ladigan epilepsiya, seriyali tutqanoq hurujlariga, epileptik statusga, nomozshomsimon ong xiralashish holatlariga, disforiyalarga moyillik”;
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
m) 13-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“13. “Muruvvat” bolalar internat uylariga yuborish, shuningdek, bittasidan ikkinchisiga o‘tkazish Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligining Maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq tibbiy-ijtimoiy xizmatlar bo‘limlari boshlig‘ining belgilangan tartibda qabul qilingan buyrug‘i asosida amalga oshiriladi”;
“28. Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar bo‘limlari har chorakda “Muruvvat” bolalar internat uylarining vasiylikka olinganlari va kunduzgi parvarishlash guruhidagi nogironligi bo‘lgan bolalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan hisobotlar shakllariga muvofiq Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligiga taqdim etadilar”;
p) 29-bandning birinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi” so‘zlari “Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
r) 30-banda:
to‘rtinchi xatboshidagi “nogiron” so‘zi “nogironligi bo‘lgan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi “nogironni” so‘zi “nogironligi bo‘lgan shaxsni” so‘zlari bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidagi “Sog‘liqni saqlash vazirligi” so‘zlari “Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
s) 36-banddagi “nogiron” so‘zi “nogironligi bo‘lgan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
t) 49-banddagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahri Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi” so‘zlari “Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
5. 4-ilovada:
a) ilovaning nomidagi “nogironlar” so‘zi “nogironligi bo‘lgan shaxslar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligining (keyingi o‘rinlarda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi deb ataladi) keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylarini (keyingi o‘rinlarda sanatoriylar deb ataladi) tashkil etish va ularning faoliyati tartibini belgilaydi”;
v) 2-banddagi “nogironlar” so‘zi “nogironligi bo‘lgan shaxslar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 3-banddagi “Sog‘liqni saqlash vazirligining buyruqlari va farmoyishlariga” so‘zlari “Sog‘liqni saqlash vazirligining hamda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligining buyruqlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) 4-bandning ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi” so‘zlari “Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
e) 5-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi” so‘zlari “Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri tibbiy-ijtimoiy xizmatlar bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda tibbiy-ijtimoiy xizmatlar bo‘limlari deb ataladi)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
j) 6-banddagi “Nogironlar” so‘zi “Nogironligi bo‘lgan shaxslar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
z) 9-bandda:
o‘n ikkinchi xatboshidagi “nogironlarni” so‘zi “nogironligi bo‘lgan shaxslarni” so‘zlari bilan almashtirilsin;
o‘n uchinchi xatboshidagi “nogironlar” so‘zi “nogironligi bo‘lgan shaxslar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
o‘n beshinchi xatboshidagi “bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari” so‘zlari “tibbiy-ijtimoiy xizmatlar shu’balari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
o‘n to‘qqizinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga” so‘zlari “Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
i) 14-bandning to‘rtinchi xatboshidagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahri Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi” so‘zlari “tibbiy-ijtimoiy xizmatlar bo‘limlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
k) 22-banddagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahri Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi” so‘zlari “Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
6. 5-ilovada:
a) 1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligining (keyingi o‘rinlarda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi deb ataladi) Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionatini (keyingi o‘rinlarda pansionat deb ataladi) tashkil etish va ularning faoliyati tartibini belgilaydi”;
b) 2-banddagi “nogironlari” so‘zi “nogironligi bo‘lgan shaxslar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 3-banddagi “Sog‘liqni saqlash vazirligining buyruqlari va farmoyishlariga” so‘zlari “Sog‘liqni saqlash vazirligining hamda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligining buyruqlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 4-bandning ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi” so‘zlari “Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) 5, 6 va 7-bandlardagi “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi” so‘zlari “Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
j) 11-banddagi “nogironlari” so‘zi “nogironligi bo‘lgan shaxslar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
z) 14-bandda:
birinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi” so‘zlari “Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasiga” so‘zlari “tibbiy-ijtimoiy xizmatlar bo‘limiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
i) 26-banddagi “Sog‘liqni saqlash vazirligiga” so‘zlari “Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
k) 27-bandning ikkinchi xatboshidagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahri Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasining” so‘zlari “tibbiy-ijtimoiy xizmatlar bo‘limlarining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
l) 28-bandning beshinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi” so‘zlari “Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
m) 34-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi” so‘zlari “Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
n) 41-bandga “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi” so‘zlaridan keyin “bilan kelishilgan holda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi” so‘zlari qo‘shilsin. (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)