Окоз: 02. 00. 00. 00 Давлат бошқаруви асослари / 02. 01. 00. 00 Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси (шунингдек, 01. 11. 00. 00га қаранг) / 02. 01. 06. 00 Вазирлар Маҳкамасининг комиссиялари ва бошқа органлари. Захира жамғармаси; 2



Download 56 Kb.
Sana10.04.2017
Hajmi56 Kb.
#6499
[ОКОЗ:

1.02.00.00.00 Давлат бошқаруви асослари / 02.01.00.00 Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси (шунингдек, 01.11.00.00га қаранг) / 02.01.06.00 Вазирлар Маҳкамасининг комиссиялари ва бошқа органлари. Захира жамғармаси;

2.02.00.00.00 Давлат бошқаруви асослари / 02.04.00.00 Маҳаллий ижроия органлари (Ҳокимликлар) (шунингдек, 01.15.03.00га қаранг) / 02.04.01.00 Умумий қоидалар;

3.16.00.00.00 Хавфсизлик ва ҳуқуқ тартибот муҳофазаси / 16.04.00.00 Жамият хавфсизлиги / 16.04.03.00 Ахборот хавфсизлиги (шунингдек, 12.08.00.00 га қаранг);

4.16.00.00.00 Хавфсизлик ва ҳуқуқ тартибот муҳофазаси / 16.09.00.00 Маъмурий жавобгарлик / 16.09.15.00 Маъмурий ҳуқуқбузарлик тўғрисидаги ишларни кўришга ваколатли бўлган органлар (мансабдор шахслар)]

[ТСЗ:



1.Давлат ва жамият қурилиши / Давлат ҳокимияти органлари. Давлат ва хўжалик бошқаруви органлари]

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

qarori

VOYaGA ETMAGANLAR IShLARI BO’YIChA KOMISSIYaLAR FAOLIYaTINI TAKOMILLAShTIRISh HAQIDA



Voyaga etmaganlar o’rtasida huquqiy-tarbiyaviy ishlar susaytirib yuborilganligi, ular ustidan bo’lgan nazoratning bo’shligi, ish bilan ta’minlash va boshqa muammolar qoniqarli darajada hal etilmayotganligi oqibatida ko’plab yoshlar tomonidan huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etish, giyoxvandlik va ichkilikbozlikka berilish, diniy aqidaparastlik yoki turli zararli oqimlar, guruhlar ta’siriga tushib qolish kabi salbiy holatlar uchrab turibdi.

Yoshlarni ijtimoiy mehnatga jalb etish, tarbiyalash, ular o’rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga mutasaddi bo’lgan o’zini o’zi boshqarish organlari, o’quv muassasalari va boshqa idoralarning faoliyatini muvofiqlashtiruvchi mahalliy hokimliklar huzuridagi mavjud komissiyalar o’z faoliyatini deyarli to’xtatib qo’ygan.

Voyaga etmaganlar o’rtasida tarbiyaviy ishlarni kuchaytirish, ular tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish, bu yo’nalishda mas’ul bo’lgan davlat idoralari, jamoat tashkilotlari hamda voyaga etmaganlar ishlari bo’yicha komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish va yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

(1-band O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 17 yanvardagi 13-sonli qaroriga muvofiq o’z kuchini yo’qotgan — O’R QHT, 2011 y., 3-son, 23-modda)

2. Belgilab qo’yilsinki, voyaga etmaganlar ishlari bo’yicha komissiyalar voyaga etmaganlar o’rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi bo’yicha o’z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiruvchi organlar hisoblanadi.

(2-band O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 17 yanvardagi 13-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2011 y., 3-son, 23-modda)

3. Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklari o’z tasarrufidagi mavjud voyaga etmaganlar ishlari bo’yicha komissiyalar faoliyatini ko’rib chiqib, ularning yangi tarkiblarini tuzsinlar.

Komissiyalar faoliyati izchil amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida ularning tarkibida mahalliy byudjet hisobidan alohida mas’ul kotib lavozimi joriy etilsin.

4. Quyidagilar voyaga etmaganlar ishlari bo’yicha komissiyalarning asosiy vazifalari etib belgilansin:

voyaga etmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash, voyaga etmaganlarning nazoratsizligi, qarovsiz qolishi, huquqbuzarligi va boshqa g’ayriijtimoiy xatti-harakatlariga olib keluvchi sabablar hamda shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

davlat organlari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarning voyaga etmaganlar o’rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi masalalari bo’yicha faoliyatini muvofiqlashtirish;

voyaga etmaganlar o’rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar va muassasalarda voyaga etmaganlarni saqlash, tarbiyalash va ularga ta’lim berish sharoitlarini nazorat qilish;

voyaga etmaganlarning ongini va tafakkurini shakllantirish va darajasini oshirish, dunyoqarashini kengaytirish, shuningdek huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni faollashtirish;

jazoni ijro etish joylaridan ozod bo’lib kelgan yoki maxsus o’quv-tarbiya muassasalaridan qaytgan voyaga etmaganlarni turar joy va ish bilan ta’minlashda yordam berish, shuningdek voyaga etmaganlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish bo’yicha qonunda nazarda tutilgan boshqa funktsiyalarni amalga oshirish.

(4-band O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 17 yanvardagi 13-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2011 y., 3-son, 23-modda)

5. O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi voyaga etmaganlar to’g’risidagi qonunlar ijrosi yuzasidan nazoratni kuchaytirsin, voyaga etmaganlar o’rtasida sodir etilayotgan huquqbuzarliklar va jinoyatlarning kelib chiqishi sabablari va shart-sharoitlarini puxta o’rganish va bartaraf etish chora-tadbirlarini ko’rsin.

(5-band O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 17 yanvardagi 13-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2011 y., 3-son, 23-modda)

6. O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi voyaga etmaganlar o’rtasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasi bo’linmalari ishlari samaradorligini oshirsin, ichki ishlar organlarining voyaga etmaganlar o’rtasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasi har bir inspektori va profilaktika inspektoridan o’z tasarrufidagi hududda sodir etilgan huquqbuzarlik va jinoyatlar uchun mas’ul ekanligini qat’iy talab qilsin.

(6-band O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 17 yanvardagi 13-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2011 y., 3-son, 23-modda)

7. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Respublika Ma’naviyat va targ’ibot markazi, O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasi, «Sog’lom avlod uchun» Xalqaro hukumatga qarashli bo’lmagan xayriya jamg’armasi, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari bolalarni tarbiyalash va o’qitish ishlari yuzasidan nazoratni kuchaytirsinlar, yashash joylarida ijtimoiy notinch ahvoldagi voyaga etmaganlar va oilalarni aniqlash, ular bilan yakka tartibda profilaktika ishlari olib borish masalalarini doimiy nazoratga olsinlar.

(7-band O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 17 yanvardagi 13-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2011 y., 3-son, 23-modda)

8. O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki intellektual-irodaviy faoliyatga ta’sir ko’rsatadigan boshqa moddalarni muntazam iste’mol qiluvchi voyaga etmaganlarni aniqlash, hisobga olish, tekshirish va tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish, rivojlanishi va xulq-atvorida nuqsonlari bo’lgan voyaga etmaganlarga ixtisoslashtirilgan diagnostika va davolash-tiklash yordami ko’rsatish ishlarini qat’iy yo’lga qo’ysinlar.

(8-band O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 17 yanvardagi 13-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2011 y., 3-son, 23-modda)

9. O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, hokimliklar, ichki ishlar organlari mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda jazoni ijro etish muassasalaridan ozod bo’lib kelgan yoki ixtisoslashtirilgan o’quv-tarbiya muassasalaridan qaytgan voyaga etmaganlarni turar joy va ish bilan ta’minlashda amaliy yordam ko’rsatsinlar va ularning bu masalada bevosita mas’ul ekanliklari belgilab qo’yilsin.

(9-band O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 17 yanvardagi 13-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2011 y., 3-son, 23-modda)

10. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi voyaga etmaganlar ishlari bo’yicha komissiya har yarim yilda voyaga etmaganlar o’rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish hamda huquqiy-tarbiyaviy ishlarning ahvolini muhokama etib, bu borada mutasaddi idoralar rahbarlarining va quyi komissiyalarning hisobotlarini eshitib borsin.

11. O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida taklif kiritsin.

12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O’. Komilov va Bosh vazir o’rinbosari H. Karomatov zimmasiga yuklansin.

Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2000 yil 21 sentyabr,

360-son


(1-ilova O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 17 yanvardagi 13-sonli qaroriga muvofiq o’z kuchini yo’qotgan — O’R QHT, 2011 y., 3-son, 23-modda)
Download 56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish