Oy mavzusi: Buyumlar,anjomlar va asboblar
Guruh
Mavzu
|
Kichik guruhi
,,Men va mening uyim va hotira kuni”
|
Davr
|
Mayning 1-haftasi
|
Rivojlanish sohalari bo‘yicha maqsadlar
|
jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish
|
Uyinchoklarni yig‘ishtiradi, xonada tartib saklaydi.
|
ijtimoiy-hissiy (emotsional) rivojlanish
|
O‘z mashgulotlari uchun joy tayyorlaydi, mashg‘ulotlar vaktida e’tiborini saklashga kodir, gurux koidalarini bajaradi (uyinchoklarni yigishtiradi, kiyimlarni taxlaydi va x.k.) Bolalar bilan o‘yin davomida samimiy munosabat bildiradi.
|
nutq, muloqot, o‘qish va yozish ko‘nikmalari
|
Kattalar tomonidan boshlab berilgan tanish ertak, xikoyani davom ettiradi yoki yakunlab beradi.
|
bilish (anglash) orqali rivojlanish
|
Xonani o‘rganadi va makondagi o‘z joyini aniklay oladi (oldinda, orkada, yukorida, pastda, yakinda, uzokda)
|
ijodiy rivojlanish
|
Bolalar guruxi bilan birgalikda ko‘shik aytadi.
|
Rivojlanish markazlari
|
O‘quv-tarbiyaviy faoliyat
|
1.Atrofdagi olam bilan tanishtirish/ eksperimentlar – amaliy tajriba 2. Jismoniy tarbiya 3. Rasm
|
1.Musiqa 2. Sensor tarbiya/Matematika
|
1.Tabiat bilan tanishtirish/ Badiiy adabiyot 2. Rasm
|
1.Nutq o’stirish 2. Aplikatsiya/kurish-yasash 3.Musiqa
|
1 . Loy 2.Jismoniy tarbiya
|
Resurslar, izoh
|
Qurilish va konstruksiyalash markazi
|
|
Uyimiz uchun mebellar yasaymiz.
|
|
,,Uy quramiz”
|
|
Qurilish bloklari, lego, konstruktor
|
Syujet-rolli o‘yinlar va dramalashtirish markazi
|
|
|
|
|
|
Niqoblar, kiyim-bosh, atributlar
|
Til va nutq
|
|
|
|
Men yashab turgan uy
|
|
Syujetli rasmlar,AKT materiallar
|
Ilm-fan va tabiat markazi
|
Oshxona uchun , choy ichish uchun, ovqatlanish uchun idishlar
|
|
|
|
|
Syujetli rasmlar,AKT materiallar
|
San’at markazi
|
Uycha rasmini chizish.
|
,
|
Ko’p qavatli uy rasmini chizish.
|
|
Maishiy anjomlar
|
A-4 qog‘oz, rangli qog‘oz, bo‘yoqlar, tabiiy materiallar
|
Markaz : Ilm-fan va tabiat markazi
Mashg‘ulot: Atrofdagi olam bilan tanishtirish/
Mavzu : Oshxona uchun , choy ichish uchun, ovqatlanish uchun idishlar.
Maqsad : Idish tovoqlar ularning ishlatish turlari to‘g‘risida tasavurga ega bo‘ladi.
Kerakli jihozlar: “oshxona” , choyxona idishlari,idish tovoq tasvirlangan suratlar
Tarbiyachi'>Mashg‘ulotning borishi
Tarbiyachi: Bolalar ovqatni nimada pishiradi bilasizmi?
Bolalar: Qozonda,- to‘g‘ri.
Tarbiyachi: Ovqatni nimada eymiz?
Bolalar: Kosa, tarelka, qoshiqda, - to‘g‘ri.
Tarbiyachi:CHoyni nimada ichamiz?
Bolalar : Piyolada,- bakalda.
Tarbiyachi: Bolalajonlar bularning barchasi oshxona anjomlariga kiradi.
O‘zi bitta , qulog‘i to‘rtda. (Qozon)
Tarbiyachi:Siz bolajonlar suratdagi oshxona anjomlari shaklini menga aytasizmi
Bolalar :Kosa, payola, qozon- aylana shaklida. Qoshiq-uzun. Tarelka-doira shaklida, - juda to‘g‘ri.
Jismoniy daqiqa
Kuzda shamol esadi
Daraxt bargin to‘kadi
Quyosh boradi boqib
Tush ko‘rar endi yotib
Bolalar naxorgacha
Ayiqlar bahorgacha
Tarbiyachi: Bolalar biz qanday idishlar bilan tanishdik?
Bolalar: Oshxona idishlari
Tarbiyachi: Ular qaysilar?
Bolalar: Qozon, qoshiq, kosa, tarelka, payola,
Tarbiyachi: endi sizlar bilan “Do‘konda” o‘yinini o‘ynaymiz.
Markaz: Nutq va savotxonlik markazi
Mashg‘ulot: Nutq o‘stirish
Mavzu: “Men yashab turgan uy” hikoya tuzish
Maqsad: YAshab turgan uy haqida kichik qisqa hikoya tuzish, savollarga javob berishga o‘rgatish.
Kerakli jihozlar: Uy tasvirlangan rasmlar
Mashg‘ulotning borishi:
Tarbiyachi: Bolalar hozir men sizga bir she’r aytaman.
Qator-qator uylarning
Birinchisi bizniki
Mehmon bo‘lib kelsangiz
Uyimizning to‘ri sizniki
Bu she’r uyimiz haqida bormoqda.
Tarbiyachi: Bolalar sizlar manabu surtga qarang “men yashab turgan uy” deb nomlanadi. Uylar chiroyli ekanmi.
-Ha
Kelinglar, surat asosida hikoya tuzamiz.
-Uylar nimadan qurilgan?
G‘ishtdanmi, toshdanmi, yog‘ochdanmi.
-Uylar necha qavat?
Bir qavatmi, ko‘p qavatmi.
-Uylarni kimlar quradi?
Quruvchi, ustalar.
- Uylar tomi qanday shaklda?
Uchburchak
-Uyning ko‘rinishi qanday shaklda?
To‘rtburchak
-Uyimiz kattami-kichik?
Katta.
Tetiklashtiruvchi mashq.
O‘yin: “Baland-past”
O‘yin borishi: Bolalar doira bo‘lib oladi. Mening uyim baland desa qo‘llarini yuqoriga ko‘taradi. Mening uyim past desa o‘tiradi. Mening uyim yorug‘ desa qo‘llarini ushlaydi. Mening uyim qorong‘u desa bir joyda to‘planadi. Mening uyim kichik desa barmoqlarini birlashtiradi. Mening uyi katta desa qo‘llarni quchoq oladi. Mening uyim yo‘lning o‘ng tomonida desa o‘ngga buriladi, chapda desa chapga buriladi.
Savotga tayyorlash bo‘yicha amali mashq.
SHamol shuvillab shovqin soladi.
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar.
Biz suratdanimalarni ko‘rdik?
Mening uyim qanday?
Kim tez aytishni aytib beradi?
Markaz nomi: San’at markazi.
Mashg’ulot nomi: Rasm.
Mavzu: Uycha rasmini chizish.
Maqsad: Qalam bilan ishlashda to’g’ri foydalanishga o’rgatish. Bolalarni uy chizish borasidagi malakalarini mustahkamlash.
Kerakli jihozlar: Oq qog’oz, rangli qalamlar, uycha sur’ati.
Mashg’ulotning borishi: Bolajonlar hozir o’lkamizda qaysi fasl? Bahor faslida ob-havo qanday bo’ladi? Goh quyosh, goh yomg’ir yog’ar ekan-a. Yomg’ir yoqqanda ustimiz ho’l bo’lib qolmasligi uchun uychalarimizga berkinib olar ekanmiza. Keling bolajonlar biz sizlar bilan rasm mashg’ulotida qishning ayozli,yozning jazirama issiq kunlarida bizga boshpana bo’luvchi uycha rasmini chizamiz. Bolajonlar men sizlarga birinchi uycha rasmini chizib ko’rsataman. Uychamizning tomini uchburchak shaklida chizib olamiz. Devorlarini esa kvadrat shaklida chizamiz. Shakllarni chizayotganda mo’yqalamlardan to’g’ri foydalanamiz.
Qani endi barchamiz birgalikda uycha rasmini chizishni boshlaymiz. Bolajonlar qo’llarimiz toliqib qolmadimi? Hozir birgalikda dam oluvchi mashqimizni bajarib olamiz.
Qo’lni qaychi qilamiz,
G’irch-g’irch-g’irch.
O’tiramiz turamiz,
Yana qarsak cholamiz.
Bolajonlar qo’llarimiz dam oldimi.? Endi uycha rasmini chizishda davom ettiramiz. Uychamizning eshik va derazalarini ham bormi? Kelinglar unda biz ham uychamiz uchun eshik va derazalarni chizamiz. Mana bolajonlar uychamiz ham tayyor bo’ldi.
Endi sizlar bilan biz “yomg’ir va quyosh” o’yinini o’ynaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |