Jismoniy daqiqa. (Tekstga qarab harakatlar qilinadi) Maqtay desak quyoshga teng
Vatanjonim bepayon – keng.
Olti davlat, olti poytaxt
Qo’shni davlat, bitta daraxt.
Olti shoxda gul mevasi
Yashnab turar teng hammasi.
Hilpiraydi olti bayroq
Gurkiraydi olti gulbog’
Ahil yashar olti o’rtoq.
Qo’shiq kuylar qo’shni o’rtoq
O bod etar olti qardosh
Mustahkamdir kuch va bardosh
So’zlashadi turli tilda
Maqsad ulug’ har bir dilda
Baxt beruvchi kitobi bor
Nur sochuvchi oftobi bor.
Biz –o’zbekning qizu-o’g’lu
Teng ochilgan baxtli guli.
Tarbiyachi: Endi navbat eng qiziqarli o’yinlarga bolajonlar. Men sizlarga qo’shni davlatlardan birini aytib to’p irg’itaman sizlar esa uni xalqini aytib to’pni menga irg’itasizlar.
To’p bilan davrada o’yin “Kim qaerda yashaydi?” Tojikiston-.........tojiklar
Qirg’iziston-.....qirg’izlar
Qozog’iston-.....qozoqlar
Turkmaniston-...turkmanlar
Afvg’oniston-.....avg’onlar
O’zbekiston-.......o’zbeklar (yana qaytarilib aytib beradi).
Tarbiyachi: Endi bolajonlar yana bir ajoyib o’yin o’ynaymiz hozir ikki guruhga bo’linib olamiz. Bitta stol ustida 6ta qo’shni davlatlar bayrog’i yana bitta stolda yana 6 ta davlat gerblari bor. Sizlar shu bayroq va gerblar qaysi davlatga mansub ekanligini topib berishlaring kerak. Qani bo’lmasam o’yinimizni musiqa ostida boshladik.
O’yin “Bayroq va gerbni qaysi Davlatniki ekanligini top!” Tarbiyachi: 1.Bolajonlar nechta qo’shni davlatlar bor ekan ?
2.Ular qaysi davlatlar ekan?
3.Biz qaerda yashaymiz?
4.Qo’shni davlatlar deganda siz nimani tushunasiz?
5.Sizlarga ko’proq nima yoqdi?
Barakalla bolajonlar! O’zbekiston Davlatimizning gullab yashnashi siz yoshlarning qo’lidadir. Uni sevishimiz, ardoqlashimiz, unga loyiq bo’lishimiz kerak.
Endi bolajonlar kelinglar, O’zbekistonimizning bayrog’ini chizamiz. Sizlarning stollaringiz ustida oq qog’oz , flamaster va qalamlar turibdi. Ishlaringizni boshlashingiz mumkin. (Bolalar musiqa ostida O’zbekiston bayrog’ini chizadilar). Tarbiyachi: Endi bolajonlar, bizning bugungi guruhimizga mulTfilm qahramonlari Masha va Ayiq tashrif buyurishmoqchi. Kelinglar mehmonlar uchun chiroyli stol bezatamiz. Chunki ularni biz chiroyli qilib kutib olishimiz kerak.
T arbiyachi: Endi bolajonlar issiq kiyimlarimizni kiyib O’zbekistonimizning tabiatidan bahramand bo’lamiz ketdik bolajonlar.