O'tgan asrning 70-yiIlari oxirida, yana ham aniqrog'i 1978-yilning 1-kvartalida AQSHdagi bir qator tadqiqotchilar, gomoseksualist
erkaklar orasida pnevmosistalar tomonidan chaqirilgan
pnevmoniya (PP) va Kaposhi sarkomasi (KS) kabi kasalliklarning
nihoyatda ko'payib, guruh-guruh bo'lib uchrayotganiga ahamivat
qaratdilar (Joffe H, W.; Bregmon D. I.; Scler R. М.; Yloos A. R..
Bacchetti P..Gorman VI. et. al.; Osmend D. et. al.). Ilgarilari KS kasalligi AQSHda 10 mln kishiga 2-6 bemorni tashkil qilar edi. Shuningdek, bu kasallik, asosan, keksalarda uchrab, uzoq vaqt davom etar, vaqti-vaqti bilan remissiyaga uchrar. toshmalar ko'pincha qo'l va oyoqlarda paydo boMar edi. Gomoseksualistlarda uchrayotgan KS esa. asosan, vosh va o'rta yoshli kishilarda. 20-45 yoshlar orasida kuzatilib, o'ta agressiv kechar, toshma elementlari boshda, badanda. og'iz shilliq qavatlarida paydo bo'lar, tezda yaraga avlanib. metastazlar berar edi. Bu bemorlarda bir vaqtning o'zida xuddi shunday toshma elementlari oshqozonda. o ‘pkada va boshqa ichki a'zolarda aniqlanar edi. Ko'pincha kasallikka tez fursatda ikkilamchi yiringli infeksiyalar qo'shilib. qisqa vaqt ichida o'limga olib kelar edi. Bunday xastalikka giriftor bo'lgan gomoseksualist bemorlarni tekshirish natijasida. ularning barchasining immun tizimida shu paytgaqadar kuzatilmagan o'ziga xos o'zgarishlar aniqlandi.
KSning bu yangi shakli AQSHning yirik shaharlari - Los-Anjelos,
San-Fransisko. Nyu-York va boshqalarda ko'chkisimon ravishda
tez tarqala boshladi va keyinchalik boshqa shaharlarda ham kuzatildi.
OIV morfologiyasi va morfogenezi Elektron mikroskop ostida ko'rilganda. OIV dumaloq shaklga
ega bo'lib, diametri 100-120 nm ga teng. Preparatlarda ko'pincha
oichami kichik bo'lgan (60-70 nm) viruslar uchraydi. ularni
ba'zan minishakldagi OIV deb ataydilar. Fiksatsiva qilinmagan
preparatda virusning qobig’i yumshoq xilvirab turuvchi qopsimon
ko’rinishga ega. Virionning tashqi membranasi (bu membrana
xo‘jayin-hujayra membranasi bilan bir xil, ya'ni uni xo'jayin-hujayradan olgan. yangi paydo bo'lgan virionlar ≪tug'ilavotgan≫
paytda qobiqni o'rab olib tug‘iladilar. bu jarayonni budding (kurmaklanish) deb yuritiladi) virusning o'ziga qarashli bo'lgan ikkita oqsil bilan birikkan. ularni qobiq oqsillari (envelope) deb yuritiladi.
Ulardan birinchisi transmembran glikoprotein bo'lib, molekular
og'irligi 41 kD ga teng (1 kilodalton - 1 ta vodorod molekulasining
og'irligiga teng) -gp41 (glycoprotein 41 kD) deb yuritiladi.
Ikkinchisi sof tashqi oqsil bo'lib. og'irligi 120 kD ga teng bo'lgan
glikoproteindir. uni gp 120 deb yuritiladi. Bu ikkala oqsil virus qobig'ida o'simtalar hosil qilib joylashadi. ikkinchi oqsil (gp 120) birinchisi (gp41) ustida shlvapaga o'xshab joylashgan. O'simtalarning uzunligi 9-10 nm, diametri 8 nm. ≪shlyapa≫sining kengligi 15 nm. Yangi paydo bo'lgan virusda 72 ta shunday o'simtalar mavjud bo'ladi. Har bir ≪shlyapa≫ 3 ta gpl 20 dan tashkil topgan. gpl 20 ning gp41 bilan birikmasi labil bo’lib. uning ancha qismi ajralib qonga chiqib oqib ketishi kuzatiladi. bu jarayonni shedding deb ataladi (inglizcha shedding - chiqib ketish so'zidan olingan).
OIV/OITSni oldini olish
OIVning oldini olish, davolash, parvarish qilish va qo'llab-quvvatlash bo'yicha yuqori darajadagi muolaja butun davlar bo'ylab mavjudligi Muammolar
UNICEF Ơzbekiston hukumati bilan birgalikda mamlakat miqyosida OIV/OITSning oldini olish, davolash, g’amxơrlik qilish va kơmaklashishning yuqori standartlari mavjudligini ta'minlash maqsadida hamkorlik qilmoqda. Tashkilot ona va bola salomatligi muhofazasining asosiy komponenti sifatida OIVning onadan bolaga ơtishining oldini olish, OIV/OITS bilan kasallangan bolalarga yuqori sifatli tibbiy yordam kơrsatishni ta'minlash axborot xizmatlarini takomillashtirish va birinchi darajadagi tibbiy yordamni kơrsatishda kơmaklashadi.
BMTning boshqa agentliklari bilan bir qatorda UNICEF OIV/OITS sohasida me'yoriy hujjatlarni, shu jumladan, klinik protokol va qơllanmalarni modernizasiyalashni qơllab – quvvatlaydi. Hukumat bilan hamkorlikda UNICEF havf-xatarga uchrashi mumkin bơlgan voyaga etmagan yoshlarning talablarini qondirish maqsadida yoshlarga dơstona xizmatlarni tashkil qilish va foydalanishni ilgari suradi. Shu bilan birga Ơzbekiston Respublikasining oltita viloyatida OIV/OITS bilan kasallangan bolalar va ularning oilalariga psixologik kơmak berishni ta'minlash maqsadida kun davomida maxsus xizmat kơrsatish markazlarini tashkil qilish va ularning faoliyatini yơlga qơyishda kơmak berilmoqda.
Yechim
OIVning onadan bolaga ơtish profilaktikasi va pediatrik OIV xizmatlarini ona va bola salomatligi muhofazasi xizmatlari va tibbiy ta'lim dasturi tarkibiga qơshish orqali yaxshilash;
Voyaga etmagan bolalar va ơsmirlar orasida sog’lom hayot tarzini ilgari surish orqali OIV kasalligining oldini olish;
Hukumat va barcha hamkorlarni OIV bilan kasallangan odamlarga nisbatan kamsitish va diskriminasiyani bartaraf qilishda, hamda jamiyatda teng huquqli shart - sharoitlar bilan ta'minlashda kơmaklashish;
Ambulatoriya markazlari orqali OITS bilan kasallangan bolalar va ularning oilalariga davolanish, himoyalanish va psixologik xizmatlar kơrsatishga imkoniyatlar berishni kuchaytirish;
Yangi tug’ilgan chaqaloqlar orasida OITS dastlabki diagnostikasi borasida Kuruq qon tomchisi metodologiyasi orqali innovativ diagnostika qilishni olg’a surish.
Resurslar
UNICEF oilaviy shtfokorlarning OITS/Bolalar kasalliklarini kompleks boshqaruvi bơyicha salohiyatini oshirish tadbirlarini qơllab – quvvatladi. Ushbu modul tibbiyot oliy ơquv yurtlarining ta'lim dasturiga kiritildi;
OITS bilan kasallangan bolalarni davolovchi pediatrlarga va tibbiy yordam kơrsatuvchi xizmatlarga kơmaklashish va dastlabki diagnostika va tezkor davolanishga imkoniyatlar yaratish maqsadida pediatrik OITS boshqaruvi bơyicha ơqituvchilar milliy guruhi tashkil qilindi;
Sifatli profilaktika xizmati kơrsatish maqsadida Ona va bola salomatligi muhofazasi sohasida kơp sonli sog’liqni saqlash mutaxassislari OITS kasalligining onadan bolaga ơtish profilaktikasining samarali perinatal yordamiga birlashtirilgan holda tashkil qilindi.
Havf-xatarga uchrashi mumkin bơlgan voyaga etmagan yoshlar orasida OIV/OITS bơyicha ixtiyoriy maslahatlar olish, davolash va yordam xizmatlarini yaxshilash maqsadida yoshlarga dơstona munosabatdagi tibbiy xizmatlar konsepsiyasi tibbiy ta'lim dasturiga kiritildi;
UNICEF tomonidan qơllab – quvvatlangan kun davomida maxsus xizmat kơrsatuvchi ettita markazda 3000 dan ziyod OITS bilan kasallangan bolalar va ularning oilalari psixologik va ijtimoiy kơmak oldilar.